O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘i umumiy o‘rta ta’lim muassasasining metodik kengashi to‘G‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Metodik kengashning tarkibi va uning faoliyatini tashkil qilish


Download 18.33 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi18.33 Kb.
#1406156
1   2   3   4
Bog'liq
Metod birlashma to`g`risidagi nizom

3-bob. Metodik kengashning tarkibi va uning faoliyatini tashkil qilish
6. Metodik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan shakllantiriladi.
7. Metodik kengash umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini pedagogik kengash qarorlarini bajarishga yo‘naltiradi.
8. Metodik kengash a’zoligiga umumta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosarlari, uslubiy birlashmalar rahbarlari, oliy, birinchi va ikkinchi toifali o‘qituvchilar kiritiladi. Metodik kengash umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari soni va o‘quvchilar kontingentidan kelib chiqib 5 — 15 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
9. Metodik kengash raisi umumta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Metodik kengash kotibi o‘qituvchilar orasidan tayinlanadi.
10. Metodik kengashning faoliyati umumta’lim muassasasi direktori tomonidan nazorat qilinadi.
11. Metodik kengash faoliyati yillik ish reja asosida tashkil etiladi. Ish reja metodik kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va umumta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga asosan umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
12. Metodik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Metodik kengash bayonnomasi kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma metodik kengash raisi, kengash a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Bayonnomalarning raqami, sanasi va yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar metodik kengash bayonnomalarini qayd etish daftariga yozib boriladi. Bayonnomalarni qayd etish daftari raqamlanadi, ip o‘tkazib tikiladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan imzolanib muhrlanadi.
Metodik kengashda o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, xo‘jalik va boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar muhokama qilingan taqdirda, mazkur yo‘nalish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs muhokama jarayoniga jalb etiladi.
4-bob. Metodik kengashning huquq va majburiyatlari
13. Metodik kengash quyidagi huquqlarga ega:
umumta’lim muassasasining o‘quv jarayonini takomillashtirishda ishtirok etish;
pedagog xodimlarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va amaliyotga joriy etishga oid masalalarni ko‘rib chiqish;
o‘quv yili yakunida o‘quvchilarni keyingi sinfga ko‘chirish yoki sinfda qoldirish masalalari bo‘yicha maktab pedagogika kengashiga tavsiyalar berish;
umumta’lim muassasasi rahbariyatiga o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlarida faol ishtirok etgan pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida taklif kiritish;
pedagog xodimning malaka toifasini oshirish bo‘yicha taklif berish;
pedagog xodimlarga malaka oshirish shakllari bo‘yicha tavsiyalar berish;
fan olimpiadalari, tanlovlar va turli musobaqalarda qatnashish uchun o‘qituvchilar va o‘quvchilar nomzodini tavsiya etish;
umumta’lim muassasasi faoliyatiga oid ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish, uning natijalaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
14. Metodik kengash quyidagilarga majbur:
har chorakda faoliyati yuzasidan umumta’lim muassasasining pedagogik kengashiga hisobot topshirish;
ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va pedagogik kengashga taqdim etish;
o‘quv rejasini ishlashda ishtirok etish;
yangi axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik izlanishlar olib borish;
iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida reja asosida ishlashni tashkil etish;
pedagog xodimlarga umumiy o‘rta ta’limga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlar yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berish.

Download 18.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling