Temir yo‘l transporti muhandisligi” fakulteti tvv-6 guru


Download 45.5 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1699116
Bog'liq
O.O. Raximov DEKANAT VA KAFEDRA TAVSIYANOMASI


Toshkent davlat transport universiteti
Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti TVV-6 guruh talabasi Raximov Og‘abek Otabekovich nomzodini Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga tavsiya etish boyicha dekanat va kafedra
TAVSIYANOMASI


Raximov Og‘abek Otabekovich 2021 yil Oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlaridan yuqori ball tо‘plab, Toshkent davlat transport universitetining 1 – bosqichiga о‘qishga qabul qilingan. “Temir yo‘l transporti muhandisligi” fakultetining TVV-6 guruhida о‘qish davomida о‘zini tartib-intizomli, mas’uliyatli va harakatchan talaba sifatida namoyon etmoqda. Universitet va fakultet tomonidan uyushtirilgan barcha tadbirlarda faol qatnashib keladi. Universitetdagi ikki yillik о‘qish davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etish bilan bir qatorda о‘qish va izlanishga qiziqishi juda yuqori. Universitet va Respublika miqyosida о‘tkaziladigan zakovat о‘yinlari, shaxmat musobaqalari, insholar tanlovlarida faol qatnashib sovrinli о‘rinlarni qо‘lga kiritgan. Har yili an’anaviy tarzda о‘tkaziladigan “Talabalik bahori” festivali, “Tafakkur sinovlari” va “Zukko kitobxon” musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqda.
2022 yilning sentabr oyidan boshlab O.O. Raximov “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi texnika fanlari doktori, professor R.V. Raximov ilmiy rahbarligida “Vagonlarning konstruksiyalarini takomillashtirish orqali ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash” mavzusidagi ilmiy ish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ilmiy ish natijalari bо‘yicha 1 ta monografiya, 6 ta xorijiy maqolalar nashr ettirgan va 4 ta EHM uchun dasturiy mahsulot Rossiya Federatsiyasida ro‘yhatga olingan.
O.O. Raximov doimo о‘zining professional darajasini takomillashtirishga harakat qiladi. Universitet о‘qituvchi va talabalari orasida hurmat qozongan, guruh faoli sifatida barcha bilan tez chiqishib ketadigan fe’l-atvorga ega, xushfe’l, atrofdagilarga hurmat bilan murojaat etadi. Kamtar, doimo dо‘stlariga о‘qish va ishlarida yordam berishga oshiqadi. Ta’lim olish mobaynida о‘qish tartib-intizom va ma’naviy-ahloqiy meyorlarni buzmagan. A’lo о‘qishlari va na’munali intizomi bilan doimo kursdoshlariga о‘rnak bо‘lib kelgan.


O.O. Raximovni na’munali iqtidorli talaba deb hisoblaymiz, chunki u katta intellektual va ilmiy potensialga ega. Ishonamizki, u о‘z potensialini tо‘g‘ri yо‘lda samarali ishlata oladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Raximov Og‘abek Otabekovichni nomzodini Abu Rayhon Beruniy nomli davlat stipendiyasiga davogar talaba sifatida tavsiya etamiz.
Temir yo‘l transporti muhandisligi” fakulteti
dekani, t.f.n., dotsent D.O. Radjibayev

Vagonlar va vagon xo‘jaligi”


kafedrasi mudiri, t.f.d., professor R.V. Raximov
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling