O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASASINING METODIK KENGASHI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining metodik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 31-mart,
3-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2016-yil 31-martdagi 3-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi metodik kengashi to‘g‘risidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (bundan buyon matnda umumta’lim muassasasi deb yuritiladi) metodik kengashining maqsadi, asosiy vazifalari va uning faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Metodik kengash umumta’lim muassasasining ta’lim, metodik va innovatsion faoliyatini ta’minlash yuzasidan metodik xizmatni amalga oshiradigan jamoaviy organ hisoblanadi. Metodik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Mazkur Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Metodik kengash pedagogik jamoaning innovatsiya, tajriba-sinov, ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirishda uslubiy birlashmalarning ishini muvofiqlashtiradi.
3. Metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta’lim muassasasining ustaviga amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |