O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Bolalar bilimlarini bilish uchun savollar


Download 206.48 Kb.
bet25/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Bolalar bilimlarini bilish uchun savollar
Toychoq qanday kishnaydi?
Toychoq onasini qanday chaqiradi?
«Toychoq» she’rini kim aytadi?
23-mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin «Topshiriq»
Maqsad: Bolalarni topshiriqni oxirigacha eshitish va uni bajarishni o’rgatish.
Vazifalar:
Bog’langan nutqni rivojlantirish.So’zlarni aniq va burro aytish.
So’zlayotganda to’g’ri nafas olishni rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarni topshiriqni eshitib bajarishga o’rganadilar.
Kerakli jihozlar: Turli o’yinchoqlar.
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiyachi: bolalarga oddiy topshiriqlar beradi. Bajarilgan topshiriqni so’z bilan ifodalashga undaydi.
Masalan:
-Qo’g’irchoqqa yurishga yordam ber. Sen nima qilding?
-Qo’g’irchoqni belanchakga yotqiz va uxlat. Sen nima qilding?
-Qo’g’irchoqga alla ayt. «a-a-a-a» Sen nima qilding?
-Choynakdan piyolaga choy quy. Sen nima qilding?
-Qo’g’irchoqqa pechenye ber. Sen nima qilding?
Ayiqchani olib mashinaga o’tqaz. Sen nima qilding?
O’yin shu tariqa davom etadi. Tarbiyachi bolalarni topshiriqni oxirigacha eshitib, uni bajarishini kuzatishi, kerak bo’lganda yordamini berish kerak.
24-mashg’ulot
Mavzu: «Bolalar baliqni ovqatlantiryaptilar» surati ustida suhbat.
Maqsad: Bolalarga baliqni kuzatishni o’rgatish kuzatish davomida baliqning alohida belgilarini, harakatlarni qayd etish (dumi bilan harakat qiladi, oziqni yutadi, suzadi).
Vazifalar:

  • kuzatish vaqtida tartibni saqlash (shovqin qilmaslik, akvarium devorlariga taqillatmaslik).

  • Bolalar nutqini quyidagi so’zlar bilan faollashtirish: oynasi, akvarium, suzyapti, oziqni og’zi bilan yutyapti, baliqning dumi ularga suzishga yordam beradi.

Kutilayotgan natijalar: Tarbiyachining savollari yordamida surat ustida hikoya tuzishga o’rganadilar.

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling