O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o’quv metodika


Download 206.48 Kb.
bet7/40
Sana21.01.2023
Hajmi206.48 Kb.
#1106870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
Nutq o\'stirish qo\'llanma

Kutilayotgan natija: Bolalar kichik she’rlarni yod ayta oladilar. Har bolaning cho’zib (uzoq) nafas chiqarishni bilib olishga erishiladi.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga chumchuq o’yinchog’ini ko’rsatadi. Bu nima? To’g’ri bu o’yinchoq chumchuq. Tirik haqiqiy chumchuq hovlida, ko’chada, qafasda bo’ladi. Men sizga chumchuq haqida she’r aytib beraman.
Chumchuq churq-churq etadi,
Tutni cho’qib ketadi,
Cho’qigani mayli-ya
Nega to’kib ketadi.
She’rni bir necha marta bolalar bilan birgalikda aytishni taklif kiladi. Tarbiyachi bolalarga chumchuq churq-churq,tutni cho’qib ketadi so’zlarini takrorlashni so’raydi.
O’yin: «Kimning qushchasi uzoqqa uchadi?»
O’yinga metodik ko’rsatma: bolalar yupqa qog’ozdan tayyorlangan qushchalarni puflaganlarida bir nafas chiqarishda harakatlantirish kerak. Tarbiyachi qushchani puflaganda ketma-ket puflash mumkin emasligini aytadi va o’zi qushchani puflab ko’rsatadi.
O’yinning borishi:
Ikkita stulchaning qirralariga qushchalar qo’yiladi, stulchalar bir-biridan 30sm. Uzoqlikda turishi kerak. To’rtta bola chaqirilib har biri stulchaning qirrasida turgan qushchalarning to’g’risiga turg’izib qo’yiladi. «Qushchalar uchishdi»deyilgan signal berilgach, bolalar shakllarni puflashadi, boshqalari esa kimning qushchasi uzoqqa uchganligini kuzatadilar.
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so’zlar bilan rag’batlantiradi.
Bolalar bilimlarini mustahkamlovchi savollar.
Chumchuq qanday ovoz chiqaradi?
Chumchuqcha nimani cho’qidi?
7-mashg’ulot
Mavzu: Ta’limiy o’yin "Qo’g’irchoq Lolaning kiyimini ko’rish"
Mashg’ulotning maqsadi: Qo’g’irchoqni tasvirlashga o’rgatish, savollarga javob berish, kattalar yordamida kiyimlarning nomini to’g’ri aytishga o’rgatish.
Vazifalar: Buyumlarning rangini to’g’ri aytishga, qarama- qarshi ma’nodagi so’zlardan foydalanishga, "o" tovushini to’g’ri talaffuzini mustahkamlash (alohida, tovush birikmalarida, so’zlarda).

Download 206.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling