O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet22/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Nazorat uchun test savollari

1. Erning quyosh atrofida aylanish yo‘li nima deb ataladi ?


A) Afeliy
V) Kabisa
S) Orbita
D) Perigeliy
E) Ellips

2. Qaysi qatorda asosan qattiq tog‘ jismlardan tashkil topgan sfera nomi to‘gri ko‘rsatilgan ?


A) Litosfera
V) Atmosfera
S) Gidrosfera
D) Biosfera
E) Noosfera

3. O‘zbek maktablari nechanchi yildan keyin sinf-dars sistemasiga o‘tgan ?


A) 1917 y
V) 1924 y
S) 1947 y
D) 1956 y
E) 1932y

4. «Innovatsiya» suzining ma’nosi ?


A) O‘rganish, bilish
V) Yangilik, yangilik kiritish
S) Predmetli dars
D) Eskursiya darsi
E) Oquv uchastka darsi


6-MAVZU. Tabiatshunoslikdan o`quv ishlarini tashkil etish shakllari.


Respublikamiz xalq ta'limi o`ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o`ziga xoslik, eng avvalo, ta'lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya'ni o`zimizning juda boy o`tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o`z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo`lgan milliy urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo`lgan yosh avlodni o`qitish baxtiga muyassar bo`lganimizda ko`rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g‘urur hislarini to`lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko`tarinkilik bilan jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o`zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarai amalga oshirib bo`lmaydi.
Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o`z tushunchalari, “tili” bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas, albatta.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling