O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet30/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Bilimlarni yozjna tekshirish. Tekshirishning bu turi savollarga yozma javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o`tkaziladi. Yozma ishlar uchun o`iganilgan obyektlarni sanab berish bilan bog‘liq bo`lgan: 1) tabiat hodisalari, landshaftlarning ayrim elementlari va odamlarning xo`jalik faoliyatlari o`rtasidagi aloqa yoki o`zaro bog‘liqlikni ochib berish;
2) bolalarning tabiatshunoslik tushunchalarini bilib olganliklarini aniqlash;
3) tabiatdagi kuzatish va natijalarni ta'riflashni mo`ljallash, tabiiy obyekt yoki jarayonlami rasmlar chizish yordamida tasvirlash;
4) tabiat obyektlarini tanib olishga oid savollar taklif qiiinadi. Misol tariqasida “Dala o`simliklari” mavzusi (3- sinf) bo`yicha tekshirish ishi uchun savollar keltiramiz: 1. Paxta urug‘i nima deb ataladi? 2. g‘allaning poyasi nima deb ataladi? 3. Poliz simliklarining qaysilarini bilasiz? 4. Uzum qanday ko`paytiriladi? 5. Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?
Yozma ish uchun tezis tipidagi dasturlashtirilgan topshiriqlar, raqamli diktantlar, dasturlashtirilgan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Bilim, o‘quv va ko 'nikmalarni baholash. o`quvchilarning og‘zaki javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o`qituvchi tomonidan har bir o`quvchining qanday o`zlashtirayotganligini, u o`quv materialini qanchalik egallaganligini ko`rsatuvchi baholar bilan qadrlanadi. Shuning bilan biiga ular ma'lum darajada o`qitishning sifatini ham aniqlaydi, chunki o`quvchilar bilimi uning asosiy o`lchovidir.
Bilimlarni baholash intensivligini oshirish uchun bir necha o`quvchiga bir vaqtda so`rash uslubini qo`llash mumkin. Masalan, bir o`quvchi sinf oldida o`qituvchiga javob beradi, 2-3 o`quvchi didaktik dasturlashtirilgan kartochkalar bilan ishlaydi.
O`quvchilar bilimini baholashda materialni ular qanchalik aniq va ravon tushunganliklari, javobning aniq va to`liqligi, shuningdek, shakli, ya'ni bilimni bayon qilishning izchilligi va to`g‘riligi hisobga olinadi. Tabiatshunoslik bo`yicha o`quvchilar bilimlarini baholashning o`lchovlarini sinflar bo`yicha keltiramiz.
1- sinf. 1- sinf yakunida o`quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
Tabiat: jonli va jonsiz tabiat. Yovvoyi va madaniy o`simliklar, daraxtlar, butalar, maysalar. Yovvoyi va uy hayvonlari; hasharotlar, baliqlar, qushlar, hayvonlar.
Yil fasllarining asosiy belgilari: yashab tuigan joydagi himoyaga olingan ba'zi o`simlik va hayvonlar.
Tabiatda o`zini tutish qoidalari, o`zining shahri (qishlog‘i) haqidagi asosiy ma'lumotlar, manzili, transport turlari, ayniqsa, ko`p tarqalgan kasb-hunarlar, odam tanasining a'zolari, shaxsiy gigiyena qoidalari, turli fasllarda sog‘liqni saqlash xususiyatlari, ko`cha harakati qoidalari, ota-onaning ism-familiyasi, iltimos qilish, jamoat joylarida o`zini qanday tutishi kerakligi. o`zbekiston shaharlarining nomlari, dunyo mamlakatlaridan ayrimlarining nomlari. Shunday qilib, birinchi sinfda o`quv yilining oxiriga kelib, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini, bir nechta buta, o`t o`simliklarining nomlarini bilishlari va ularni taniy olishlari; tabiatda o`zini tutish qoidalarini bilishlari hamda bajarishlari kerak.
Ikkinchi sinfda “5” baho yil fasllarining ayrim belgilarini bilganlarga; 3-4 daraxt, buta, o`t o`simliklari va xona o`simliklarini, shuningdek, qushlar va hasharotlarning 3-4 turini bilgan va farqiga bora olganlarga qo`yiladi. Bolalar, shuningdek, tabiatda muntazam kuzatishlar olib borgan va ularni “Kundalik kuzatish daftari”da qayd qila olgan bo`lishlari; xona o`simliklarini to`g‘ri sug‘ora olishlari va parvarish qilishni bilishlari; shaxsiy gigiyena qoidalarini, kun va ovqatlanish rejimini bilishlari hamda bajarishlari kerak.
“4” baho ham “5” bahodagi o`lchovlar bo`yicha qo`yiladi, hamma javobda ba'zi noaniqliklarga yo`l qo`yilgan bo`ladi.
“3” baho tabiatidagi o`z kuzatishlarini qayd qila olish, ular to`g‘risida ravon so`zlab bera olish uquvlarini yetarli egallamagan o`quvchilarga qo`yiladi.
Salbiy baho qo`yilmaydi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling