Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari (taqvimi). Birinchi sinfda kuzatishlar o`quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab olib boriladi. Ob-havoning o`zgarishlarini kuzatish g‘oyat muhimdir. Osmonning holatlarini kuzatish jarayonida “ochiq”, “bulutli”, “kam bulutli” tushunchalari; Quyoshni kuzatishda - “sovuq”, “juda sovuq” (“ayoz”), “iliq”, “issiq”; shamolni kuzatganda - “kuchli”, “kuchsiz” tushunchalari shakllanadi. Shu vaqtning o`zida bolalar yog‘inning har xil turlari - yomg‘ir, qor, do`l, tuman, qirov, buldurug‘ haqida tasavvuiga ega bo`ladilar.
Bolalar asta-sekin ob-havoni kuzatish natijalarini kundaliklari va sinf tabiat kalendarida har kuni belgilab borishga odatlanadilar. Ob-havo va shamolning kuchi, sekundiga necha metr tezlikda esgani darslikda keltirilgan shartli belgilar bilan belgilanadi.
Ob-havoni kuzatishdan tashqari o`quvchilar o`simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy hodisalarni payqashga o`rganib boradilar. Bolalar o`simliklar faqat tabiatni bezatib qolmasdan, balki odamlar va hayvonlar uchun zarur ekanligini bilib oladilar: ular oziq beradi, havoni hayot uchun zararli gaz va changlardan tozalaydi.
Kichik yoshdagi maktab o`quvchilari turg‘un, ixtiyoriy diqqatga ega emaslar, shuning uchun ular kuzatishga birdaniga bir necha obyektni qamrab ololmaydilar.
Doskaga chaqirilgan o`quvchi ob-havoni batafsil ta'riflaydi, tabiat va odamlar mehnatida ko`rgan qiziqarli narsalar haqida gapirib beradi. Uning javobini o`rtoqlari to`ldiradi va aniqlashtiradi (javobalbatta jurnalda baholanadi), keyin bu axborotning asosiylari kalendarga yozib qo`yiladi.
Umumlashtirilgan, tabiat va mehnat kalendarida qayd etilgan kuzatishlardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika (hisoblashlar, masalalar tuzish, diagrammalar chizish), ona tili (insho, tabiatni yoki yil faslini ko`rsatish uchun qiziqarli she'rlar va nasriy asarlardan parchalar tanlash), mehnat ta'limi (o`quv-tajriba maydonida o`simliklarni parvarish qilish, tajribalarni umumlashtirish) darslarida ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |