O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Ko`rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan


Download 1.08 Mb.
bet36/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Ko`rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish. Inson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo`ladi. Atrof olamda o`zini to`g‘ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog‘liq bo`lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko`cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Qabul qilish - odam tomonidan atrof olam jismlari va hodisalarini sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilishi natijasida his etishidir.
Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining qabul qilishini rivojlantirish ustida doimo ish olib borish kerak, toki u maqsadga yo`nalgan va tashkil qilingan kuzatish jarayoniga aylansin. Sezgini qabul qilishning rivojlangan bo`lishida tabiatshunoslik darslarida tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini to`g‘ri shakllantirish maqsadida qo`llaniladigan ko`rgazmali qurollarga katta o`rin ajratiladi.
Tabiatshunoslik bo`yicha o`quv qurollari g‘oyat xilma-xildir. Ulardan bir xillari (tabiiy jismlar va ularning ko`rgazmali tasvir-lari) darslarda o`rganish ob’ekti hisoblanadi, boshqalari xizmat ko`rsatuvchi vazifasini bajaradi - ularni o`quvchilar o`rgan-maydilar. Darslarda o`rganish obyektlari hisoblangan qurollarni ikki gurahga: tabiiy jismlar va o`qitish uchun maxsus tayyorlan-gan jism va hodisalarning tasvirlariga ajratish mumkin. Tabiiy jismlarga tog‘ jinslari, metallar, tuproq namunalari, o`simliklar, hayvonlar kiradi. Ko`rgazmali qurollar sathli (suratlar, diafilmlar, diapozitivlar) va hajmli (modellar, maketlar, mulyajlar)ga bo`linadi. Unisi ham, bunisi ham harakatsiz va harakatchan bo`lishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o`qitishda globus ham muhim ahamiyatga ega. Agar plan yer yuzasining katta bo`lmagan qismini yirik masshtabli tasvirlashdan xaritadagi mayda masshtabli tasvirlashga o`tishga imkon bergan bo`lsa, globus Yerning eng to`g‘ri shakli va yuzasining tasvirini beradi. Shuningdek, ekran vositalaridan samarali foydalanish tabiatshunoslikni o`qitishda katta rol o`ynaydi. Ekran vositalariga diafilm, diapozitiv va kinofilmlar kiradi (tabiatshunoslik dasturlarida ularning ro`yxati bor).

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling