O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslik darsda o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta'minlovchi muhim vositadir.
Tabiatshunoslik darsliklari ham ta'lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular o`zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga o`lgan holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo`yicha 1 sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo O`zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo`ladi. Shunga ko`ra birinchi darslar yozgi kuzatishlarga yakun yasashga bag‘ishlanadi, buning uchun darsliklardan yozda tabiatda olib borilgan kuzatishlarni aks ettiruvchi mavzular qarab chiqiladi. Shu sababli tabiatshunoslikni o`rganish yozgi kuzatishlarni: kun yarmida quyosh balandligi, yoz oxirida kun va tunning uzunligi, kechqurunning iliqligi, tunning salqinligi; mevalarning mo`lligi, ularning yetilish muddatlari; g‘o`za chigitining unib chiqishi, gullashi, ko`saklashi; yozda hayvonlar hayoti; yoz davrida odamlarning mehnat faoliyati va hokazolarni sistemalashtirishdan boshlanadi. “Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflar) darsliklari matnlarining mazmuni deyarli o`lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof tabiatni, unda kuzatiladigan har xil obyekt va hodisalar hamda odamlar mehnat faoliyati o`rtasidagi o`zaro aloqalarni bir-biriga bog‘lagan holda o`rganish imkonini beradi. Darslik bilan ishlashda quyidagi uslublardan foydalaniladi: matn bilan ishlash; savol va topshiriqlar bilan ishlash; darslikdagi rasmlar bilan ishlash. Yangi mavzuni tushuntirish va olingan bilimlarni mustahkam-lashda ish darslik matni bilan o`tkaziladi. U shu tarzda boradi: mavzu bo`yicha kirish suhbati, o`quvchining mavzu matnini to`liq yoki qismlari bo`yicha o`qishi, o`qilgan mavzular mazmuni bo`yicha suhbat, o`qituvchining tushuntirishi, yangi atama va nomlarni (o`qituvchining doskaga, o`quvchilarning daftarlariga) yozishlari. o`qituvchi ishga rahbarlik qila turib, unga barcha o`quvchilarni jalb etadi, ularning javoblarini qiziqarli ma'lumotlar bilan to`ldiradi; jadval, surat, diapozitiv, diafilmlar namoyish qiladi. Shu asosda o`quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilinadi, bu sa'y-harakatlar tushunchani shakllantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Dastlabki darslarda o`qituvchining o`zi o`quvchilar uchun qiyin bo`lgan so`z yoki jumlalarni tanlaydi va ularning ahamiyatini tushuntirishni taklif qiladi. Kelgusi darslarda bu so`zlarni vaqti-vaqti bilan takrorlash lozim. O`quvchilar asta-sekin tushunarli bo`lmagan so`zlarning ahamiyatini aniqlab, tushuna boshlaydilar. Darsliklardagi har bir mavzuga o`quv materiali bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantiruvchi, o`quvchilarning fikrlash faoliyatlarini rag‘batlantiruvchi va yo`naltiruvchi savollar hamda topshiriqlar beriladi. Savol va topshiriqlar sabab-oqibatlariga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Bilimlarni mustahkamlash uchun (O`zbekistonda qanday g‘alla o`simliklari o`stiriladi? G‘alla poyasi nima deb ataladi? G‘allaning mevasi nima? Tarvuz, oshqovoq, ya'ni poliz ekinlarining mevasi boshqa o`simliklar mevasidan qanday farqlanadi? Siz yashaydigan joyda qaysi qushlar zararkunanda hasharotlarni qiradi? Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?). 2. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun (Nima uchun o`simliklar barglarini to`kadi? Nima uchun barglarning rangi kuzda xira bo`ladi? o`simliklar nima uchun ko`paytiriladi? Nima uchun qushlar issiq o`lkalarga uchib ketadilar? Nima uchun yer haydash vaqtida dalada zag‘chalar ko`p bo`ladi? Nima uchun kuz oylarida kunlar asta-sekin soviy boshlaydi? Nima uchun ba'zi hayvonlar qishki uyquga ketadilar?). 3. Kuzatish yarayonida olingan bilimlarni qo`llash uchun (g‘o`za barglari g‘alla o`simliklari barglaridan qanday farqlanadi? G‘alla o`simliklari poyasi nima deb ataladi? G‘o`za mevasi nima deb ataladi? Ko`sak-mevalar qanday rangga ega? Ular nima bilan to`lgan? Urug‘lari nima bilan qoplangan? G‘o`za chigitini tolalardan tozalang va oq qog‘oz orasiga olib ezing. Qog‘ozda nima qoldi? Har xil boshoqli o`simliklar mevalarini ko`rib chiqing. Ularning donlari bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?). 4. Tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun o`Plan xaritadan qanday farqlanadi? Qushlarning bahordagi hayoti ularning boshqa fasllardagi hayotidan qanday farqlanadi? g‘alla o`simliklarining mevalarini qarab chiqing. Ularning o`lchamini taqqoslang. Ular bir-biridan farqlanadimi?). unki ular o`quvchilarning bilish faoliyatlarini yo`naltiradi va sinfda hamda uyda tasvirlar ustida mustaqil ishlashga yordam beradi, Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling