O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet31/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

3- sinf. Bu sinf o`quvchilari o`quv yili oxirida quyidagilarni bilishlari kerak:

    • tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlar, belgilar, jonli va jonsiz tabiatning o`zaro aloqasi. 2- sinfda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;

    • jonsiz tabiatning, havo, suv, tuproq, foydali qazilmalarning nomlari va farqli belgilari;

    • mahalliy o`simliklarning nomlari va farqlari (beshtadan kam
      bo`lmagan daraxtlar, butalar, o`tlar);

    • qishloq xo`jalik o`simliklariga ishlov berish usullarining elementar biologik asoslari;

    • suv o`tlari guruhlari, moxlar, paporotniklar, xushbo`y hidligullovchi o`simliklarning ayrim farqli ko`rinishlari, o`simlikshunoslik - qishloq xo`jaligining asosiy qismi;

    • hayvonlar guruhi: hasharotlar, o`rgimchaksimonlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, hayvonlar va ularning farqli tomoniari;

    • hayvon gurahlari o`rtasidagi o`xshash va farqli belgilar;
      mahalliy sharoitda keng tarqalgan hayvonlarning hayot tarzi va tashqi tuzilishi;

    • o`rganilgan hayvonlarning tabiat, hayot va inson xo`jalik faoliyatidagi ahamiyati;

    • o`simliklarning o`simliklar bilan, hayvonlarning o`simliklar bilan, hayvonlarning hayvonlar bilan o`zaro aloqalari, insonning jonli va jonsiz tabiat bilan o`zaro aloqasi;

    • insonlarning tabiatga sovuqqonlik bilan qarashlari, tabiat muhofazasi, tabiatda o`zini tutish qoidalari;

    • inson tana a'zolarining joylashishi, tuzilishi va nomlari;

    • tana tuzilishi, a'zolarning vazifalari haqida oddiy tasavvur;

    • chekish va alkogol ichimliklarni iste'mol qilishning organizmga zararli ta'siri;

    • sanitar - gigiyenik qoidalar.

“5” baho o`z joyida eng ko`p tarqalgan mavsumiy hodisalar to`g‘risidagi to`liq bilimlarga, ular o`rtasida sabab-oqibat bog‘lanishlarini ko`rsatish bilan va o`zining tabiatdagi kuzatishlariga tayanib hikoya qila olish uquviga, o`z joyida ko`proq tarqalgan o`simlik va hayvonlar, ularning yashash sharoitlari to`g‘risida (darslik va tabiatni kuzatish kundaligi hajmida) hikoya qila olish o‘quviga; o`z joyidagi odamlarning yil fasllari bo`yicha mehnatlari to`g‘risida aytib bera olish uquviga qo`yiladi.
o`quvchilar odam organizmi va uning salomatligini saqlash to`g‘risida aniq tasavvurga ega bo`lishlari, tabiatda muntazam kuzatish olib borishlari va ularni “Kundalik kuzatish daftari”da qayd qilib borishlari; havo haroratini to`g‘ri o`lchay olishlari, gerbariylarni rasmiylashtira bilishlari, kundalik materiallarga oid kuzatishlariga yakun chiqara olishlari kerak.
“4” bahoni qo`yishda ham o`sha talablarga rioya qilinadi, biroq bunda bir oz noaniqlikka yo`l qo`yilgan bo`ladi.
“5” va “4” baholari o`quvchilarga faqat darslik materialini bilganlarigagina emas, balki o`quv-tajriba maydonidagi, shuningdek, ekskursiya vaqtidagi faol ishlariga, kuzata olishlariga hamda tabiatning o`zidan bilim ola bilishlariga ham qo`yiladi.
“3” baho tabiat to`g‘risidagi noaniqlik, uzuq-yuluq bilimlarga, sabab-oqibat aloqalarini aniqlay olmaslikka, tabiatning mahalliy hodisalari, o`simlik va hayvonlari, tabiatdagi odamlar hayoti haqida bilim yetarli bo`lmaganda, tabiatda kuzatishlarni muntazam olib bormaganda va kuzatishlar kundaligini muntazam yuritmaganda qo`yiladi.
Salbiy baho qo`yilmaydi.
4- sinf. Bu sinf o`quvchilari o`quv yili yakunida quyidagilarni bilishlari kerak:

  • yashash joyi tabiatining xususiyatlari (tekislik, tuproq, foydali qazilmalar, suv havzalari, o`simlik va hayvonlar)ni;

  • kishilar mehnatini;

  • foydali qazilma (temir va mis rudasi)ning fizik xossalarini;

  • tabiat zonalari xaritasida o`zbekistonning geografik joylashishi, o`rnini;

  • turli tabiiy sharoitlar va ularning kishilar tomonidan o`zlashtirilishini;

  • tabiatni muhofaza qilish bo`yicha o`zbekistondagi asosiy tadbirlarni;

  • tabiatda o`zini tutish qoidalarini;

  • yerning tuzilishi xossalari, uning tepaliklari (globus, geografik xarita)ni;

  • quruqlik va okeanlar nomlarini. o`quvchilar bajara olishlari shart:

  • yarim sharlar, tabiiy zonalar, fizik xarita va globusdan o`zbekiston Respublikasini chegaralab so`zlab berishni;

  • globus va xaritada ufq tomonlarini aniqlash, o`rganilgan zonalarni topish va ko`rsatishni;

  • tabiatdagi o`zaro bog‘liqlik, tabiat va inson o`rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirishni;

  • tabiiy iqlim, o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy sharoitlar, odamlar mehnati o`rtasidagi bog‘liqlikni keltira bilishni;

  • “Kundalik kuzatish daftari”ga ob-havo kuzatishlarining natijasini belgilab borishni;

  • tabiat atrofni muhofaza qilish chora-tadbirlarini qo`llash, tabiatda o`zini tuta bilishni.

  • “5” baho o`quvchiga dasturning asosiy mavzulari bo`yicha aniq bilimlarga - reja bilan xaritaning, joyida ufq tomonlarning farqiga borishiga, kompasdan foydalanishiga, o`z oikasi tabiati to`g‘risida (darslik yoki mahalliy o`lkashunoslik qo`llanmasi hajmida) gapirib berishiga, o`z kuzatishlaridan amalda foydalanish uquvlariga, shuningdek, Vatanimiz tabiati to`g‘risida to`g‘ri, to`liq hikoya qila bilishiga, har xil zonalar tabiatidagi sabab-oqibat aloqalarini ko`rsata olishiga; tabiatni avaylab-asrash nimadan iboratligini va odamlarning tabiatni qanday asrayotganliklarini tvfchuntira olishiga; amaliy ishlarni to`g‘ri bajarishi va “Kundalik kuzatish daftari”ni muntazam yuritishiga qo`yiladi.

“4” baho o`sha bilimlar uchun qo`yiladi, ammo javob berishda uncha katta bo`lmagan noaniqlikka yo`l qo`yilgan bo`ladi.
“3” bahosi bilimlarning noaniqligi, to`la emasligi, o`quv materialining bo`sh ekanligi, hikoyada o`z kuzatishlaridan
foydalana olmaganligi amaliy ishlar va kuzatishlar kundaligi yuritishni sifatsiz bajaiganligi uchun qo`yiladi.
“2” bahosi o`quvchi kerakli narsani topolmagan va uning xususiyatlarini to`g‘ri ta'riflay olmagan, shuningdek, shu guruhning xarakterli belgilarini ko`rsata olmagan, hodisalarni tushuntirolmagan va aniq misollar keltirolmagan, tajriba o`tkazolmagan, xulosalarni ifodalay olmagan hollarda, shuningdek, javob berishda adashib, biroq materialni tushunganida qo`yiladi.
“1” bahosi o`quvchi butunlay javob bermagan yoki “taxminan” javob bergan, materialni tushunmagan hollarda qo`yiladi.
O`qituvchi bu me'yorlardan foydalana borib, har bir o`quvchining individual xususiyatlarini, uning o`quv materialini o`zlashtirishga ishtiyoqini, o`zining kamchiliklari va qiyinchiliklarni bartaraf qilish qobiliyatini hisobga olishi zarur.
Baho sinfdagi yoki joylardagi amaliy ishlar uchun ham qo`yilishi mumkin. Bunda ishning izchil va puxta bajarilishi, o`quvchining mustaqillik darajasi, olingan xulosalarning to`g‘riligi, ularni ifodalana olishi hisobga olinadi. Har oyda kamida bir marta o`quvchilarning “Kundalik kuzatish daftari”dagi ishlar baholanadi. Baholashda kuzatishlarning mustaqilligi, o`z vaqtida o`tkazilganligi, ob-havoni qayd qilishning to`g‘riligi hisobga olinadi. “Kundalik kuzatish daftari”da o`quvchilar yo`1 qo`ygan imlo xatolari albatta tuzatiladi, ammo tabiatshunoslik bo`yicha baho qo`yishda bu hol hisobga olinmaydi, ammo uni bartaraf etishni e'tiboiiga olish zarur.
O`quv choragi yoki yili uchun yakuniy baho qo`yishda o`qituvchi o`quvchilarning dastur talablarida ko`rsatilgan bilim, o`quv va ko`nikmalarni qanchalik egallaganliklarini hisobga olishi lozim. Bunda o`quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy faoliyatlari va “Kundalik kuzatish daftari”ni yuritish sifati hisobga olinadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling