O`quvchilar bilimini tekshirishga umum metodik talablar. Darsga tayyorlana turib o`qituvchi o`quvchilar bilimlarini hisobga olishning mazmuni, metod va shakllarini yaxshi o`ylashi kerak. o`qituvchi payqagan bilimlardagi xato va kamchiliklar individual topshiriqlarning bajarilishida bartaraf etilishi lozim. Hajman katta bo`lmagan kontrol (nazorat) ishlar o`quvchilarni ortiqcha band qilmasin (orfografik xatolar tekshirish paytida tuzatilib boriladi va ona tili darslarida ishlab chiqiladi). o`quv materialini o`zlashtirilishini tekshirishda bolalar bilimlarini faqat o`tgan dars topshirig‘i bo`yicha emas, balki butun mavzu materiali bo`yicha aniqlash lozim. o`qituvchi qo`ygan savollar ayrim tabiat obyektlari va hodisalari o`rtasidagi sababiy aloqa hamda o`zaro bog‘lanishlarni ochib bermog‘i zarur.
Nazorat uchun test savollari
1. 3-sinf tabiatshunoslik darsligining mualliflari kimlar?
A) P.G`ulomov, Sh.Mirzaxmetova.
B) P.G`ulomov, A.Baxromov. *
C) Akbar Baxromov.
D) Sh. Mirzaxmetova, A.Baxromov.
Sayyoralar qaysi qatorda to`g`ri tartibda berilgan?
A) Merkuriy,Yer,Mars,Neptun,Yupiter,Saturn,Uran,Venera.
B) Merkuriy ,Mars,Venera,Yer, Yupiter, Uran ,Saturn,Neptun.
C) Merkuriy,Venera,Yer,Mars,Yupiter,Saturn,Uran,Neptun.*
D) Merkuriy,Yer,Mars,Venera,Yupiter,Saturn, Neptun ,Uran.
8-mavzu. Tabiatshunoslik o`qitish vositalari.
Reja:
Tabiatshunoslikni o`qitish vositalari.
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash.
Ko`rgazmali qurollar (tabiiy jismlar va suratlar).
Plan, xarita, globuslar
Tabiatshunoslikni o`qitish vositalari. Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarini tashkil etilishi, avvalo, unda o`quv qurollari vositalaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Tabiatshunoslikni o`qitish vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash.
2. Ko`rgazmali qurollar (tabiiy jismlar va suratlar).
3. Plan, xarita, globuslar.
4. Ekran vositalari.
5. Modellar va modellashtirish bo`yicha mashg‘ulotlar.
6. Sinf doskasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |