O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet37/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Model ko`rgazmali qurol sifatida. Tabiatshunoslik darslarida modellar ko`rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo`llaniladi. Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi, ularga o`xshash hajmli tasvirdir. Modellarning idrokiy ahamiyati g‘oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o`iganilayot-gan narsa to`g‘risida fazoviy tasavvur beradi.
Tabiatshunoslik bo`yicha dastur materiali o`zlashtirib olinishi uchun zarur bo`lgan modellarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga Yer yuzasi shakllarining: tog‘, tepalik, daiyo vodiylari, daryo va uning irmoqlari, o`pirilish, jarlarning geografik modellari kiradi. Bu modellar, agar tasviri ifodalangan predmet ekskuisiyada o`iganilgan bo`lsa, alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruhga har xil qurilma va inshootlar: shaxta, domna pechi, suv va shamol harakatlantiruvchilari kabilarning modellari kiradi.
Tabiatshunoslik bo`yicha mashg‘ulotlarda qumdan, plas-tilindan yoki loydan yasalgan modellar qo`llaniladi, ular bolalarda hajmli hamda fazoviy tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, obyektni tabiiy holda ko`rsatish mumkin bo`lmagan taqdirda muhimdir. Modellar tabiat, tabiiy inshootlar to`g‘risidagi tasavvurlarni mustahkamlash vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Modellashtirish bo`yicha mashg‘ulotlarni sinf yoki geografiya maydonchasidagi tabiatshunoslik va mehnat darslarida o`tkazish mumkin. Modellashtirishdan ilgari o`zlashtirilganlarni mustahkamlash va yangi material bilan tanishtirish, shuningdek, ekskursiyada olingan bilimlarni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Chunonchi, bolalarga ekskursiyada kuzatilgan Yer yuzasining o`sha shakllarini plastilin bilan (qog‘oz yoki kartonga) yopishtirish topshirig‘ini berish lozim. o`qituvchi plastilin bilan tepalikni ifodalab uning pasti va uchini, yotiq va tik yon-bag‘irliklarini yoki tekislikni ko`rsatishni; jarlik, daryo va uning qismlari, dengiz modellarini tayyorlashni taklif qilishi mumkin. Uy vazifasi sifatida joyning relyefini yopishtirish va qog‘oz yoki kartondan tayyorlangan o`simlik va hayvon modellarini maketda joylashtirishni taklif qilsa bo`ladi. Maketning qismlarini mehnat darslarida yasash mumkin.
4-sinfda “Tabiatining xilma-xilligi” mavzusini o`rganishda o`quvchilar qumtepa, dasht, cho`llarning o`simlik va hayvonlari bilan maket hamda modellarini, o`rganilgan tabiiy zonalardan istaganining flora va faunasi applikatsiyalarini tayyorlashlari mumkin. Bunday ishlar o`quvchilarning predmetga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi, ular tafakkurini faollashtiradi, o`rganilayotgan hodisani ko`rgazmali ravishda tasavvur qilishga, binobarin, bilimlarni ishonchli ravishda mustahkamlashga yordam beradi. Tabiatshunoslik darslarida o`qitish vositalaridan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega bo`lib, o`quvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling