O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet40/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

D) psixologik talablar. Tabiatshunoslik darsining reja va konspektini tuza turib, o`qituvchi har bir o`quvchining psixologik xususiyatlarini, ya'ni:
tafakkur tipini (ijodiymi yoki yo`qmi);
xotira turini (ixtiyoriy yoki beixtiyoriy);
tanib olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash uquvini;
diqqatning mavjudligini (o`iganilayotgan narsaga fikrlarini jamlash qobiliyatini), xayolini (ijodiy qobiliyatini), irodasini (o`z oldiga uzoq va yaqin maqsadlar qo`ya olishi va ulaiga erisha bilishini), hissiy faolligini hisobga olishi kerak.
Shu bilan bir qatorda o`qituvchining psixologik holati darhol o`quvchilarga ta'sir ko`rsatishini ham hisobga olish kerak. Bunday psixologik holat ekskursiyalar, kuzatishlar, amaliy ishlar, o`qituvchining hayajonli hikoyalari vaqtida vujudga keladi. Shunga ko`ra o`quvchilar shaxsiga ta'sir ko`rsatish, ularni bajaigan ishlarida idrokiy xursandchilik va qanoatlanish beruvchi o`quv faoliyatiga jalb qilish darsda o`qituvchi faoliyatining zarur tomonidir. o`qituvchining kayfiyati, uning saranjomli, e'tiborli bo`lishi yoki aksincha serzarda, parishonxotir bo`lishi bolalarga ta'sir etadi. Shunga ko`ra pedagogik odobga rioya qilish darsning pedagogik muvaffaqiyatini ta'minlovchi muhim talablardan biridir.
E) gigiyenik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritish me'yoriga va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o`qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan charchashining oldini olish uchun o`quv ishidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo`lishidan ehtiyot bo`lish, nazariy materialni har xil sezgi a'zolarini ishga jalb etish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak.
Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqlar ko`rgazmali qurol, tarqatma materiallarni ishlatish, darslik bo`yicha murakkab bo`lmagan topshiriq va mashqlarni bajarish bilan almashinishi kerak. Shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarishda shaxsiy gigiyena masalalariga alohida e'tibor berish zarur.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling