O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


O`quv-tajriba maydonchasidagi dars


Download 1.08 Mb.
bet43/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

O`quv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki aniq uquv va ko`nikmalarni egallashda ham o`quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. o`quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o`iganishga, o`simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo`jaligi ish qurollari bilan ishlashga o`rgatish imkoniyatini beradi.
Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilish elementlari - tashkiliy qism, o`qituvchining yo`1-yo`riq berishi, o`quvchilarning mustaqil ishlashidir.
1-2- sinf o`quvchilari o`quv-tajriba maydonchasidagi darslarni mehnat ta'limi bilan bog‘liq holda, 3-4- sinflar - yana tabiatshunoslik kursini o`rganish bilan bog‘liq holda o`tkazadilar.
Boshlang‘ich sinflarning o`quvchilari o`quv-tajriba maydon-chasida sabzavot va manzarali o`simliklar bilan ish olib boradilar. Tajribalar va ular bilan bog‘liq bo`lgan kuzatishlar, ekskursiyalar, agrotexnik va texnik-texnologik ma'lumotlar, shuningdek, o`quv-chilar olishi kerak bo`lgan zarur o`quv va ko`nikmalar dasturda ko`rsatilgan. Tajribalarni o`tkazish rejasi tabiatshunoslik darsligida aks ettirilgan, shunga ko`ra o`quv-tajriba maydonchasidagi darslar-ning eng muhim xususiyatlarini belgilab o`tamiz.
Bu tipdagi darslar boshqa har qanday dars kabi puxta o`ylangan reja asosida aniq belgilangan mazmunda o`quvchilarning o`quv materialini qabul qilib olishni va o`zlashtirishni ta'minlovchi xilma-xil metod va uslublar qo`llanishi bilan olib boriladi, ammo ular har doim suhbat bilan boshlanadi, shu asnoda o`qituvchi dars mazmuni va vazifasini tushuntiradi. Keyin amaliy ish o`tkazish uchun zarur bo`lgan material (urug‘lar, ko`chatlar) o`rganiladi va shu darsda kerak bo`ladigan ilgari o`tilgan bilimlar takrorlanadi.
Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi metodik talablaiga muvofiq olib boriladi. 0'rganiladigan material (urug‘lar, ko`chatlar, o`simliklar) tabiiy holda ko`riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilan bog‘liq yo`1-yo`riqlar beriladi, so`ngra o`quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar.
Maktaboldi maydonchasidagi mashg‘ulot rejasini keltiramiz:
darsning vazifalari;
darsga tayyorlanish;
darsni jihozlash;
Dars o`tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo`yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o`qituvchining tushuntirishi, o`qituvchining ish uslublarini ko`rsatishi, suhbat, ko`rsatilgan uslublarni o`quvchilar tomonidan takrorlanishi, sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o`simliklarni parvarish qilish bo`yicha yo`1-yo`riqlar berish);
yakuniy suhbat.
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o`qituvchi o`quvchilarga barcha ish qurollarini to`plashni, ularni tozalab, ko`rsatilgan joyga qo`yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o`quvchilarning o`zlarini tartibga keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo`llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi.
Darsni muvaffaqiyatli o`tishi va qafiy intizomga erishish uchun o`qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o`quvchiga mehnat qiladigan maydonchani ko`rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. Har bir o`quvchi ish bilan band bo`lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak.
Maktab geografiya maydonchasida o 'tkaziladigan dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko`p qismini maktaboldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o`tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan murakkab mavzular o`iganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo`ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga “Tabiatda suv” mavzusidagi dars misol bo`lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv (vodoprovod krani) keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo`liga har xil to`siqlar qo`yilsa, qiiB'oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo`lish, daryoning oqimi, irmog‘i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o`quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko`ringani uchun, yotiq va tik yonbag‘irliklarini qarab chiqadilar, keyin o`zlari qumda tepalik modelini tayyoriaydilar.
Shuningdek, soyni uning yaxshi ko`rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o`ng va chap qirg‘oqlari bilan modellashtirish mumkin.
Bunda o`quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o`lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o`rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o`quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo`yteha aniqlash, quruqlik yuzasining shakllari, tog‘lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog‘liqdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi dars odatda mavzu o`rganilgandan keyin o`tkaziladi. Uning didaktik maqsadi ilgari o`tilgan qator darslar mazmunini bir-biriga bog‘lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va, umuman, mavzu bo`yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlarini: yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagan ko`igazmali qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim.
o`qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi (o`rganilgan mavzu bo`yicha savollar ro`yxatini tuzish, umumlashtiravchi jadval o`ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlarning o`zlashtirilganligini chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan, shuningdek, o`quvchilar tomonidan awal tayyorlangan albomdan foydalanish mumkin.
O`quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o`yin elementlari bor. Misol sifatida “To`rtinchisi ortiqcha” jadvalini keltirish mumkin. Bu jadvalning har bir qatorida to`rtta umumiy bo`lgan hayvonlardan uchtasi ular uchun umumiy bo`lgan belgi bo`yicha alohida guruhga birlashtirilishi mumkin. “To`rtinchisi ortiqcha” nomli o`yin jadvali



Chittak

Olmaxon

Chumchuq

Zag‘cha

Yo`lbars

Bo`ri

Tovushqon

Mushuk

It

Sigir

Cho`chqa

Qo`y

Pashsha

Chivin

Karam kapalagi

Asalari

Tovuq

o`rdak

g‘oz

Kakku

Qarg‘a

Jiblajibon

Qaldirg‘och

Popishak

Jadvalga har xil qushlar oyoq va boshlarining rasmlari ilova qilinadi. Bolalar ularning oyoqlari nima bilan farq qilishini, suvda suzuvchi yirtqich qushlar hayotida qanday rol o`ynashini, shuningdek, tumshuqlari ovqatlanishida qanday yordam berishini tushuntirishlari kerak.
Takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarning tuzilishi quyi-dagicha bo`lishi mumkin: 1) o`qituvchining kirish so`zi, bunda o`rganilgan mavzuning ahamiyatini tushuntiradi, dars maqsadi va rejasini bildiradi; 2) o`quvchilarning individual, birgalikda og‘zaki yoki yozma umumlashtirilgan tipdagi topshiriqlarni baja-rishlari; 3) ishning bajarilishini tekshirish va yetishmovchilikni bartaraf etish; 4) diafilmlar namoyish qilish; 5) yakun chiqarish.
Izohli o`qish darsi, kino va teledars, shuningdek, ekskursiya darsi ham didaktik xususiyatga ega darslar tipigakirib, katta ahamiyatga ega.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling