O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


O`quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish


Download 1.08 Mb.
bet46/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

O`quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ular faqat dasturda ko`rsatilgan obyekt va voqelik bilangina emas, balki o`qituvchi bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini belgilaydi, tabiatdagi ma'lum qonuniyatlarni ochishga harakat qiladi. Tabiatshunoslik fanini o`rgatish jarayonida o`qituvchi quyidagi vazifalarga e'tibor berishi lozim:
1) jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o`z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;
2) tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o`zgarishlarni kuzatish;
3) oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatdagi voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;
4) aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta'sirini ko`rsatish;
5) tabiatni asrash amaliyoti haqidagi bilimni rivojlantirish yuzasidan o`tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;
6) sanitariya-gigiyena haqidagi bilimlami shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko`nikmalarini taraqqiy ettirish.
Tabiatshunoslik fani o`z oldiga ekologik ta'lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, o`quvchilarni insonning tabiatga ta'sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini qo`yadi.
Tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik fanining bosh vazifalaridan biri bo`lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko`paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O`quvchilar tabiatning biron-bir bo`lagining halokati boshqalarining halokatga olib kelishi haqida tasavvuriga ega bo`ladi; ular o`simliklarni o`stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni boqish uchun o`simliklar mevasini terish, maktab bog‘ida o`stirish uchun gullar urag‘ini ekish, jonli tabiat burchagida ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.
Fan darslari, tajribalar, sayohatlar, amaliyot ko`rinishidagi darsdan tashqari ishlar (dalada o`tkaziladigan amaliyotlar) o`quv mashg‘ulotlarning asosiy shakli hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o`qitishda shu fanga xos bo`lgan tabiatning o`zidagi, sinfdagi, jonli tabiat burchagidagi ashyolar va voqelikni kuzatish, tabiiy obyektlar va ularning tasvirlarini darsda namoyish qilish, o`quv eksperimenti o`tkazish yetakchi o`rin tutadi.
Tabiatshunoslik darslari o`quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalab, mehnat malakalari va ko`nikmalarini shakllantiradi.
O`simlik va hayvonot dunyosini asraymiz bo`limi o`quv-chilarning mavsumiy o`zgarishlar haqida bilimlarini chuqurlashtirishni va bir paytning o`zida o`simlik hamda hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko`zda tutadi.
Sog‘liqni saqlash mavzusi inson jonli tabiatning bir bo`lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, tana a'zolarining joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish kabi ma'lumotlarga to`xtalinadi. Har bir bola o`z oiganizmi, uning rivoji va sog‘lig‘ini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo`lishi kerak.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling