O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga, ayniqsa, bolalar o`z sog‘liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo`lgan tadbirlarga alohida e'tibor bermoq lozim.
Ekologiya asoslari mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o`zaro aloqasi, ularning o`z-o`zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e'tibor berilishi zarur. Atrofimizdagi tabiat mavzusida, birinchidan uchinchi sinfgacha olingan bilimlar umumlashtiriladi. Joyni aniqlash mavzusi o`tilar ekan, o`quvchilar ekskursiya va amaliy mashg‘ulotlar paytida gorizont chizig‘i bilan tanishadilar. Agar maktab atrofida tekis, yaydoq joy bo`lmasa, o`qi-tuvchi darsda jadvallardan yoki ko`rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin. Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo`lgan o`quvchilar, xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo`ladilar, uning shartli belgilarini o`qiydilar, undan, shuningdek, globusdan yurtimizning o`rnini topadilar, uning yuzasini, tabiatining rang-barangligini, janubdan shimolga tomon tabiat o`zgarib borishini tushunadilar. Foydali qazilmalar mavzusi 3- sinfda o`iganilishi hisobga olinib, dasturda ular belgilari bo`yicha quyidagicha guruhlarga bo`lingan: 1) qurilish materiali sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar; 2) yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan foydali qazilmalar; 3) madaniy o`g‘itlar olish uchun foydalaniladigan qazilmalar; 4) O`zbekiston metall qazilmalari. Tabiatni asrash bo`limi tabiatshunoslik fanini yakunlaydi, o`quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo`lishda insonning roli ko`rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o`simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O`quvchilar o`zbekiston Respublikasining tabiatini asrash bo`yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar. Tabiatni asrash masalasini o`rganish faqat shu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fanining asosiy mavzusi bo`lib qolaveradi. O`quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o`qituvchiga o`zbekistonning tabiatini asrash to`g‘risidagi qonunni kicbik yoshdagi o`quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi. Ekologiya bo`limini o`rganish jarayonida 3- sinfda o`tilgan ekologiya haqidagi tushuncha va bilimlar 4-sinfga kelib turli ko`rgazmali qurollar orqali nazariy usuldan amaliy usulga o`tkaziladi. Tabiatshunoslik fanini o`rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o`rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o`rgatish, ulaming natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o`tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o`iganishga katta e'tibor beriladi. Ekskursiya darsi davomida yig‘ilgan ko`igazmali materiallardan sinflarda o`tkaziladigan darslarda ham foydalanish mumkin. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarini o`tkazishga alohida e'tibor berish zarur. Tabiatini asrab-avaylash mavzusini o`rganishda o`quvchilar respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar. “Atrofimizdagi olam” hamda “Tabiatshunoslik” fanlari bosh-lang‘ich sinflarda o`tiladigan boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Tabiat va jamiyat hayotini, odamlar mehnatini kuzatish-lar ona tili, matematika, mehnat ta'limi kabi fanlar bo`yicha o`quv materiallarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. O`quvchi-larning boshqa darslarda atrof olam to`g‘risida olgan tasavvurlari shu fan bo`yicha mashg‘ulotlarda kengaytirilib, boyitiladi. “Atrofimizdagi olam” hamda “Tabiatshunoslik” fanlarining o`qitilish jarayonida bolalarning sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o`zlashtirib olishlariga alohida e'tibor berish zarur. O`qituvchi bolalarga o`quvchining o`z o`rtoqlari bilan qanday munosabatda bo`lishini ko`rsatishi kerak. Shunga ko`ra pedagoglar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilinibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko`rsatishadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o`zaro munosabatlari ko`rsatilgan she'r va hikoyalarni sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir. Ko`pgina o`yin va mashg‘ulotlar tabiatni idrok qilib olishga, unga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Ular bolalarni tabiat hodisalari to`g‘risidagi bilimlar bilan boyitishi, ularning insonparvarlik va estetik xislatlarini rivojlantirishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik fanlari barcha didaktik tamoyillar hamda o`lkashunoslik tamoyillari asosida tuzilgan bo`lib, bu materiallarni o`quvchilarga yetkazish uchun barcha uslublardan foydalanish lozim. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling