O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet44/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Nazorat uchun testlar:

1. 3-sinf tabiatshunoslik darsligining mualliflari kimlar?


A) P.G`ulomov, Sh.Mirzaxmetova.
B) P.G`ulomov, A.Baxromov. *
C) Akbar Baxromov.
D) Sh. Mirzaxmetova, A.Baxromov.
2 Sayyoralar qaysi qatorda to`g`ri tartibda berilgan?
A) Merkuriy,Yer,Mars,Neptun,Yupiter,Saturn,Uran,Venera.
B) Merkuriy ,Mars,Venera,Yer, Yupiter, Uran ,Saturn,Neptun.
C) Merkuriy,Venera,Yer,Mars,Yupiter,Saturn,Uran,Neptun.*
D) Merkuriy,Yer,Mars,Venera,Yupiter,Saturn, Neptun ,Uran.


10-mavzu. Boshlang‘ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o`quv dasturini rejalashtirish tamoyillari.
Reja:

  1. Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o`rta va hunar ta'limi tizimi.

  2. Mantiqiy fikrni rivojlantirish.

  3. O`quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish.

  4. Tabiatshunoslik fani o`z oldiga ekologik ta'lim va tarbiya

  5. Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga.



Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o`rta va hunar ta'limi tizimini o`zgartirdi, o`zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari qabul qilindi.
Ushbu Davlat ta'lim standarti umumiy o`rta ta'limning tarkibiy qismi bo`lgan boshlang‘ich ta'limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o`quv yuklamasi hajmiga qo`yiladigan me'yor va talablar majmui bo`lib, u davlatning me'yoriy hujjati sifatida e'tirof etiladi.
Davlat ta'lim standartining boshlang‘ich ta'lim bo`limi o`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to`g‘risida”gi Qonunga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga hamda Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to`g‘risida”gi 1998- yil 5- yanvar qaroriga va “Davlat ta'lim standarti to`g‘risidagi Nizom”ga asoslangan holda belgilangan.
Bu hujjatda quyidagilar qayd etilgan: boshlang‘ich ta'limga davlat standarti o`quv fanlari bo`yicha emas, balki ta'lim sohalari bo`yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo`yicha standart ko`rsatkichlar 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanishi darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilanadi.
Ushbu davlat ta'lim standartining “Boshlang‘ich ta'lim” yo`nalishi asosan 2 qismdan iborat:
/- qism. Kirish. Unda har bir soha bo`yicha qo`yiladigan talablaming umumiy vazifalari ko`rsatilgan.
Jumladan, uning 1.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi”ga bag‘ish-langan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o`rgatish tabiat ta'lim sohasi orqali amalga oshiriladi.
Tabiat ta'lim sohasi bo`yicha standart ko`rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo`lishi, ularni farqlash, qisqacha ta'riflab berish hamda amalda qo`llay olishga o`rgatish nuqtayi nazaridan belgilanadi.
2- qism. Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar. Buning 2.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi” bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o`rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar.
2. Koinot. Quyosh - eng yaqin yulduz. Yerning o`z o`qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy - Yerning yo`ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy qismlari: tog‘, tekislik va okeanlar.
3. Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o`zgarishi. Yog‘inlar. Tabiatda suv.
4. Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug‘lik hodisalari haqida boshlang‘ich ma'lumotlar.
5. O`simliklar. O`simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o`simliklar. O`simliklardagi mavsumiy o`zgarishlar.
6. Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti.
7. Odam va uning salomatligi.
8. Vatanimiz xaritasi yonida. Mamlakatimiz tabiati, tog‘ va tekisliklari, cho`1 va o`rmonlari, ob-havosi, asosiy daryo, ko`l va suv omborlari. Yerosti boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati.
9. Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish.
Ma'lumki, boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik fani 2 qismga bo`lib o`tiladi: “Atrofimizdagi olam”, (1-2- sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflarda).
Boshlang‘ich sinflarning (1-2 -sinflar) o`quv rejasiga “Atrofimizdagi olam” nomli yangi o`quv predmeti kiritilgan, uni o`rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo`yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayot, tabiatning jism va hodisalari to`g‘risida bolalar tasavvurlarini to`plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to`g‘ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko`chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko`nikmalarini, oila a'zolariga muhabbat va ular to`g‘risida g‘amxo`rlikni shakllantirish, atrofdagi odamlarBa (tengdoshlarga, o`qituvchilarga va boshqalarga), tabiatga muruvvatli va e'tiborli bo`lishni, inson mehnati bilan bunyod etilgan narsalarni qadrlash, jonajon yurtga - Vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Odamlar mehnati va bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy foydali mehnat, o`yin faoliyati)ni tashkil qilish bu ikki yo`nalishni bog‘lovchi qism hisoblanadi.'
Har bir fanning asosiy mazmuni bilan tanishib o`tamiz.
1. “Atrofimizdagi olam” fani 1-2-sinflarda o`qitiladi.
Kursning vazifasi bolalarning predmetlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tizimga solish, ularning axloqiy ko`nikmalarini boyitish, odamlar hayoti va mehnatida qiziqish uyg‘otish, oila, maktab, jamoat joylarida o`zini to`g‘ri tutish ko`nikmalarini shakllantirishdir.
Kursni o`igatishda asosiy diqqat talabalarga e'tibor, oila a'zolariga nisbatan muhabbat va g‘amxo`rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni avaylab-asrash, mehnatni qadrlash, ona-Vatanni sevish, uyda va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.
1. Atrofimizdagi olam jismlari, jismlar xususiyatlari, jismlarning fazodagi joylashishi.
2. Ona tabiat (tabiat va insonlar mehnatida mavsumiy o`zgarishlar. o`simliklar va hayvonlar).
3. Yaqin atrof-muhit bilan tanishuv. (Bizning uy, bizning maktab, bizning shahar (qishloq). Jonajon mamlakat).
4. Sog‘liqni saqlash. (Inson tanasi qismlari. Kun tartibi).
5. Sayohat. (Yurtimiz yer yuzasi. Yurtimiz suv havzalari. Tabiat xilma-xilligi. Dunyo mamlakatlari va tabiati).
“Atrofimizdagi olam” fani boshlang‘ich sinfning o`quv rejasidagi boshqa predmetlardan farqli bir qator vazifalarga ega:
1. Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishish jarayonida o`quvchilarning uzluksiz o`rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo`lgan ma'lum ma'naviy-axloqiy ko`nikmalar hosil bo`ladi.
2. O`quvchilar bevosita xalqning tajriba va madaniyatiga, axloqiy munosabatlar tizimiga qo`shiladilar.
3. Maktab sharoitida atrof-muhit bilan tanishtirish o`quvchilarni samarali ta'lim olishlariga imkon beradi, chunki bu yoshda bolalarning yetakchi faoliyati hisobga olingan holda ta'lim beriladi.
4. Fanni o`rganishda ta'lim jarayonini tashkil qilishning mazmuni, shakli, uslublari integratsiyasi ta'minlanadi. Masalan, “Ona tabiat” bo`limini o`rganish o`quvchilarni ekskursiyalar, o`quv sayrlari hamda amaliy ishlarni tashkil qilishda alohida obyekt va hodisalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
O`qitish jarayonida o`quvchilar yigirmadan ortiq tur va tushunchalarni o`rganadilar, bular: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o`simliklar, hayvonlar, sog‘liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalardir.
Predmetni o`rganish jarayonida o`qituvchi dunyoni ekologik idrok etish vositasi bo`lgan maktab yer maydonchasi, tabiat burchagidagi hayvonlar va o`simliklarni parvarish qilish ko`nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go`zalligini ko`ra bilish qobiliyatini shakllantirishi, tabiiy hodisalarni tushunish kabilarni ishlab chiqishi kerak.
Kursning yana bir sermazmun yo`nalishi - o`quvchilarni joylarda oriyentatsiya qilishning eng oddiy usullariga o`rgatish; o`z mamlakati, uning poytaxti va boshqa shaharlari, dunyoning turli davlatlari va, umuman, sayyoramiz haqidagi ilk geografik tasavvurlarni shakllantirish.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling