O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet42/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Predmetli darslardan keyino`qish. O`quvchilarni tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlarning tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o`qituvchi shu jismlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan tabiatshunoslik darslaridan: 2- sinfda “Termometr”, 3- sinfda “Foydali qazilmalar”, 4- sinfda “Kompas bo`yicha oriyentirlash” va shu kabi mavzu-maqolalarni o`qiydi. Suhbat jarayonida o`qituvchi predmetli darslarda o`rganilgan va darslikda ta'riflangan obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.
Yangi material o`rganiladigan dars. Darsning bu tipi nomlan-ganidek, sof ko`rinishda uchramaydi. Biroq o`quv materialining o`ziga xosligi va o`quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o`rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o`tkazilishi mumkin. Bu ishga vaqtning ko`p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo`ysunadi. Yangi materialni o`tishda ilgari o`iganilgan materiallar bilan vorislik o`matish va yangi materialni ilgari o`zlashtirilgan materiallar ketma-ketligiga kiritish uchun bolalarni yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi topshiriq va savollarni takrorlaydilar. Bunday darsda o`rganiladigan material birlamchi mustahkamlanadi.
Bu tipdagi dars tuzilishi quyidagicha: 1) yangi bilimlar ongli o`zlashtirilishi uchun zarur bo`lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash; 2) dars mavzusi va maqsadini bildirish; 3) yangi materialni o`rganish (kirish suhbati, amaliy ish, o`qituvchi hikoyasi); 4) amaliy ish mazmuni bo`yicha suhbat; 5) o`quvchilarning mustaqil ishlashi (daftarlar, darslik, qiziqarli - idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dasturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan); 6) o`quvchilarning o`rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish; 7) dars yakunini chiqarish; 8) uyga vazifa berish (qo`yilgan maqsadga qarab, darsning xohlagan vaqtida berilishi mumJtin).
Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o`quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikning boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek, tabiat jismlari hamda hodisalarining o`zaro bog‘lanishini ochib beravchi ishlar markaziy o`rinni egallaydi.
Bu darslarning tuzilishi quyidagicha bo`ladi: 1) oldinda turgan ishlarning maqsadini, taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko`nikmalarni esga olish (tiklash); 2) o`quvchilarning topshirilgan ishlarni bajarishlari; 3) o`qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi; 4) uyga vazifa berish. Bilim, uquv va ko`nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o`rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o`quv-tajriba maydonidagi ishlar (ko`p yillik gulli - manzarali o`simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo`lish yo`li bilan ko`paytirish, rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o`simliklarini o`tqazish va ko`paytirish, qulupnay ko`chatlarini o`tqazish, tuproqni yumshatish va hokazolar) yoki tabiatdagi o`simlik zararkunandalari bilan tanishish.
Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy obyektlar ustidan uzoq kuzatishlar jarayonida o`zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklash maqsadida ilgari o`quvchilar tayyorlagan albomlardan, surat, sxema, diafilmlardan foydalanish mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling