O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet39/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

A) ta'lim-tarbiyaviy talablar. Ma'lumki tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lib, o`quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta'minlaydi.
Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakl-lantirish uchun boy material beradi. Shunga ko`ra o`qituvchi har bir tabiatshunoslik darsiga tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o`quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, o`quv hamda ko`nikmalar shakllantirilishini,qanday tarbiyaviy g‘oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qiziqishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko`rsatishini sinchiklab o`ylab olishi kerak.
Shuningdek, tabiatshunoslik darslari yosh avlodda barcha taibiya xususiyatlarini rivojlantiradi. Estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo`lish kishilarda yuqori ma'naviy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tabiat go`zalligini ko`ra olish va qadrlashga o`igatish zarur. Shunga ko`ra tabiat obyektlarini o`iganishda o`quvchilar e'tiborini tabiatdagi uyg‘unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik rohat beruvchi go`zallikni ta'kidlamoq va shu asosda estetik tasawur va tushunchalar bermoq lozim. B) didaktik talablar. Tabiatshunoslik darslarini o`tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to`g‘ri qo`yish bilan ta'minlanadi.
Dars vazifalarini belgilagach, o`qituvchi uning muvofiqroq tuzi-lishini tanlashga kirishadi, ya'ni so`rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o`zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va ketma-ketligini qanday Izchillikda o`tkazish kerakligini, so`rashning qaysi turidan - yakka (individual) so`rash yoki frontal (umumiy) so`rashdan foydalanishni o`ylab chiqadi.
Yangi materialni o`rganish vaqtini to`g‘ri belgilash katta ahamiyatga ega. Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yangi materialni o`iganish o`qituvchi va o`quvchilarning diqqat markazida turadi. U kengaytirilgan so`rash yoki takrorlash bilan to`sib qolinmaydi. Yangi material mazmunida o`quvchilar e'tibori markazlashtirilishi zarur bo`lgan lahzalar alohida ajralib turadi. Yangi materialni o`igana turib, o`qituvchi ilgari o`iganilgan mavzulaiga albatta tayanadi, boshqa mavzulaidan eng muhimlarini ajratadi. Bunga “Cho`llar” mavzusi misol bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Bu mavzuni o`rgana turib, o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida cho`l iqlimining belgilarini: atmosfera yog‘inlari miqdorining juda ozligini,yozning issiqligini, havo va tuproqning sutkalik hamda yillik o`zgarishining juda kattaligini sanab chiqadilar.
Xarita va suratlar bilan ishlash o`quvchilaiga cho`l yuzasining xilma-xilligi, daryolar va ko`llarning kamligi, tuprog‘ining asosan qumli va loyli ekanligi, o`simliklarning siyrakligi, ko`pincha o`tsimon ekanligi haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Eng muhim ma'lumotlarni ajratish bilimlarni yaxshiroq o`zlashtirib olishga yordam beradi va uy vazifasini bajarish vaqtida o`quvchilarga og‘ir bo`lmasligini chorasini ko`radi. O`qituvchi uy ishining o`quvchilar vaqtini mo`ljallanganga qaraganda ko`p olmasligi to`g‘risida g‘amxo`rlik qilmog‘i lozim.
Tabiatshunoslik darslarini o`tishda o` rganishni rag‘batiantiruvchi metodlarga alohida e'tibor ajratmoq kerak, buning uchun qiziqarli masala va mashqlar, idrokiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi. Biroq har bir dars ham qiziqarli bo`lavermaydi. Oldinda turgan qiyinchiliklarni hisobga olib, o`quvchilarda iroda va astoydillikni hosil qilmoq kerak.
Zamonaviy tabiatshunoslik darsi o`qitishning tashkiliy shakl-larini anglab tanlanganligi, ya'ni umumsinf, guruh va individual mashg‘ulotlaming oqilona uyg‘unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Agar dars oldindan o`ylangan va uning rejasi tuzilgan bo`lsa, tabiatshunoslik darsiga bo`lgan ta'riflashgan talablarni amalga oshirish oson bo`ladi. o`qituvchi reja tuza turib, birinchidan, darsning asosiy maqsadini, uning tuzilishini, mazmunini (o`quv materialini, metod va uslublarini, darsning har bir qismi uchun jihozlarni), ikkinchidan, tashkil qilinishi shakllarini (sinf bilan umumiy ish, o`quvchilarning guruhlarga bo`linib ishlashlari, har bir o`quvchining yakka ishlashini) belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadga muvofiqligi darsni qismlarga to`g‘ri ajratish bilan ta'minlanadi. Rejalashtirish dars tipini belgilovchi va didaktik maqsad bilan taqozo qilinadigan tuzilishga bog‘liqdir.
Tabiatshunoslik darsining samaradorligi o`qitish metodlari to`g‘ri tanlanganda va ular ko`rsatuv vositalari bilan uyg‘un-lashtirilganda sezilarli darajada ortadi. Darsni muvaffaqiyatli o`tish uchun o`qituvchi rejadan tashqari uning mazmunini ifodalovchi konspekt tuzishi kerak, unda darsda beriladigan savollar ro`yxati keltirilgan bo`ladi, qiziqarli - idrokiy materialdan foydalanib, hosil qilinadigan aniq vaziyatlar ko`rsatiladi. Konspektda darsda foydalaniladigan qo`shimcha manbalar (she'rlar, maqollar, topishmoqlar, yozuvchilarning asarlaridan parchalar) ko`rsatilgan bo`lishi lozim.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling