Tabiatshunoslik darslarida axborot


Download 419.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana19.09.2023
Hajmi419.38 Kb.
#1681240
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH



 
19.92 guruh talabasi Nishanova Mufazzal 
 
 


TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA 
MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH 
 
 
Reja: 
 
1. Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va 
umumlashtirish 
2. Bilimlarni yozjna tekshirish. Bilim, uquv va ko 'nikmalarni baholash. 
3. Tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish. 
4. Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari 
(taqvimi). O’quvchilar bilimini tekshirishga umum metodik talablar. 
 
 


O’qituvchining o’qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o’quv-chilar 
bilimini tekshirishi va baholashi o’qitish jarayonining majburiy 
elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat 
qiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o’rganish uchun tayanchdir. 
Tabiatshunoslik darslarida o’tilgan materialni takrorlash va 
umumlashtirish yangi mavzuni o’rganish jarayonida va uni o’iBanishdan 
keyin, shuningdek, har bir chorak hamda yil oxirida o’tkaziladi. 
Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu: 1) ko’rilgan 
diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo’yicha suhbat vaqtida, 
o’quvchilar tomonidan tajribalar o’tka-zilganida; 2) masalalar yechish va 
mashqlar bajarilayotganida; 3) qiziqarli savollarga javob berilayotganida 
bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir. 
Takrorlash turlaridan biri o’quvchilar bilimini og’zaki hisobga olishdir, 
u har bir darsda butun sinfdan umumiy so’rash yoki ayrim o’quvchilardan 
individual so’rash ko’rinishida o’tkaziladi. 
Umumiy so’rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko’proq 
o’quvchilarni jalb qilish va sinf e'tiborini ushlab turish imkoniyati bo’ladi. 
Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o’quvchi bilimlarining 
chuqurligini aniqlashga imkon ber-maydi va ularga o’z fikrlarini ravon 
hikoya tarzida bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga xalaqit beradi. 
Shuning uchun ham individual so’rash, ya'ni ayrim o’quvchining ravon 
hikoyasi so’rashning asosiy turi hisoblanadi. 
So’rash jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi 
va fahmlab olinganligini, ularning o’rganilayotgan jonsiz tabiat obyektlari, 
o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi tasavvur va tushunchalari qanchalik 
to’g’ri ekanligini aniqlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra materialni faqat 
og’zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. o’quvchilar 
javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o’z hikoyalarini o’qituvchi 
materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o’quv 
qurollarini ko’rsatish bilan biiga olib borsinlar. 
Alohida o’quvchidan so’rash butun sinf bilimlarini mustah-kamlashga 
yordam berishi munosabati bilan sinf e'tiborini har bir javobga qaratilishiga 
erishish kerak. Sinf e'tiborini faollashtirish uchun savolni barcha 
o’quvchilarga berish, keyin esa tayinli o’quvchini javobga chiqarish lozim. 
Bu o’quvchilar diqqatlarini to’plashga va materialni xotirada tiklashga sabab 


bo’ladi. Bundan tashqari, javob beruvchi o’quvchi yo'l qo’ygan xato va 
noaniqlikni tuzatish, uning javobini to’ldirish va qo’shimcha savollar berish 
uchun butun sinfga javobni tahlil qilib borishni taklif etish kerak. o’qituvchi 
javob berayotgan o’quvchiga e'tibor berish bilan birga butun sinfni o’z 
nazorati 
ostida 
ushlab 
turmog’i 
lozim. 
o’quvchilar 
e'tiborini 
bo’shashganligini o’z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, 
chekinish harakatlarini o’z vaqtida payqash va bartaraf qilish g’oyat 
muhimdir. 

Download 419.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling