Tabiatshunoslik darslarida axborot
Tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish
Download 419.38 Kb. Pdf ko'rish
|
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
Tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish. 1- sinfdan boshlab o’quvchilar
atrof olam bilan tanishishlar bilan bog’liq ijodiy ishlar uchun daftar tutishlari kerak. Bu ularga kuzatuvchanlikni rivojlantirish va tabiat to’g’risidagi bilimlarni umumiylashtirishga yaqindan yordam beradi. Daftariaida asosiy o’rinni ko’pincha o’quvchilarning uy vazifasi sifatida mustaqil chizgan rasmlari egallaydi. Rasm chizish yoki savollarga javob tarzida yozuvlar yuritish uchun o’quvchilar materialni oldindan o’zlashtirgan bo’lishlari kerak. Birinchi yarim yillikda o’quvchilar daftarga hech narsa yozmaydilar, faqat rasmlar chizadilar, o’quv yilining ikkinchi yarmida ular shu rasmlar ostiga qisqacha izoh - so’zlar yozadilar. 2- sinfda o’quvchilar “Kuzatishlar kundaligi” va ijodiy daftarlar bilan ish olib boradilar. 3- sinfdan boshlab tabiatshunoslik sistematik kursini o’iganish bilan bog’liq holda daftarlarida ancha murakkab ishlarni yuritadilar. Tabiatshunoslik bo’yicha daftar yuritishning mazmuni quyidagilar bo’lishi mumkin: tushuntiruvchi yozuvli rasm. Asliga qarab chizish yaxshi. Masalan, amaliy mashg’ulotda “G'o'za” mavzusini o’iganishda o’quvchilar g’o’zaning qismlari bilan rasmini chizadilar. Agar darsda vaqt yetarli bo’lmasa, rasm chizish uyda tugallanadi. O’qituvchining doskaga chizganlarini daftarga chizish mumkin. Har bir rasm odatda uning ayrim qismlarini ifodalaydigan tegishli yozuvlar ko’rinishidagi tushuntiruvchi matnga ega bo’lishi kerak (masalan, ildiz, poya, baig, gul, meva): o’qitish oxirida olingan qisqacha ta'riflar, umumlarshtirishlar,tavsiyalar. Masalan, “plan”, “masshtab”, “kompas” tushunchalarining ta'rifini yozish, u yoki bu tabiiy zona uchun “Qazilma boyliklarning xususiyatlari” jadvalini tuzish mumkin; yangi qiyin atamalaruy vazifasini tayyorlash rejasi, javoblar tayyorlash kerak bo’lgan savollar; beriladigan savollarga yozma javoblar; yozma ishlar, uyda yoki jonli tabiat burchagidagi tajribalarningnatijalari. Masalan, o’quvchiga uyda biror o’simlikni qalamchasidan o’stirish topshirig’i berilgan. U daftariga qalamchaning qachon kesilgani va suvga solinganini, qachon ildizchalar hosil bo’lganini yozib borishi, shuningdek, rivojlanishning har xil davridagi qalamcha rasmini chizishi kerak. Daftarlarda shu asno xilma-xil va qiziqarli material to’planib boradi, u tabiatshunoslikni o’rganishni osonlashtiradi. O'quv-chilarning daftarlaridagi barcha yozuv va rasmlar muntazam, o’z vaqtida va batartib bajarilishi lozim. Ishning bajarilmasligi javobning bahosini pasayishiga olib keladi. Daftarlar muntazam va sinchiklab tekshirib borilishi, biroq o’quvchilar javob berayotganlarida ularga birrov qarab chiqilishi lozim. Tekshirishda yozuv va rasmlarning to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. o’quvchilarning daftardagi ishlari albatta baholanadi. Download 419.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling