Tabiatshunoslik darslarida axborot


Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari


Download 419.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana19.09.2023
Hajmi419.38 Kb.
#1681240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH

Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari 
(taqvimi). Birinchi sinfda kuzatishlar o’quv yilining ikkinchi yarmidan 
boshlab olib boriladi. Ob-havoning o’zgarishlarini kuzatish g’oyat 
muhimdir. Osmonning holatlarini kuzatish jarayonida “ochiq”, “bulutli”, 
“kam bulutli” tushunchalari; Quyoshni kuzatishda - “sovuq”, “juda sovuq” 
(“ayoz”), “iliq”, “issiq”; shamolni kuzatganda - “kuchli”, “kuchsiz” 
tushunchalari shakllanadi. Shu vaqtning o’zida bolalar yog’inning har xil 
turlari - yomg’ir, qor, do'l, tuman, qirov, buldurug’ haqida tasavvuiga ega 
bo’ladilar. 
Bolalar asta-sekin ob-havoni kuzatish natijalarini kundaliklari va sinf 
tabiat kalendarida har kuni belgilab borishga odatlanadilar. Ob-havo va 
shamolning kuchi, sekundiga necha metr tezlikda esgani darslikda keltirilgan 
shartli belgilar bilan belgilanadi. 
Ob-havoni kuzatishdan tashqari o’quvchilar o’simlik va hayvonlar 
hayotidagi mavsumiy hodisalarni payqashga o’rganibboradilar. Bolalar 
o’simliklar faqat tabiatni bezatib qolmasdan, balki odamlar va hayvonlar 
uchun zarur ekanligini bilib oladilar: ular oziq beradi, havoni hayot uchun 
zararli gaz va changlardan tozalaydi. 


Bilimni tekshirish uchun savollar 
1. o’tilgan materialni tekshirish va hisobga olish o’qitish jarayonida 
qanday ahamiyatga ega? 
2. Bilimlarni og’zaki so’rash qanday maqsadlarni ko’zda tutadi? 
3. Bilimlarni og’zaki tekshirishda qanday vazifalar hal etiladi? 
4. So’rash metodini qanday izohlaysiz? 
5. Umumiy so’rashning ahamiyati nimada? 
6. Individual so’rashning ahamiyati nimada? 
7. Takroriashning ahamiyati va turlarini qanday izohlaysiz? 
8. Bilimlarni yozma tekshirishning qanday ahamiyati bor? 
9. Yozma ishlar o’tkazishda qanday vazifalar hal qilinadi? 
 


Masalan, amaliy mashg’ulotda “G'o'za” mavzusini o’iganishda 
o’quvchilar g’o’zaning qismlari bilan rasmini chizadilar. Agar darsda vaqt 
yetarli bo’lmasa, rasm chizish uyda tugallanadi. O’qituvchining doskaga 
chizganlarini daftarga chizish mumkin. Har bir rasm odatda uning ayrim 
qismlarini ifodalaydigan tegishli yozuvlar ko’rinishidagi tushuntiruvchi 
matnga ega bo’lishi kerak (masalan, ildiz, poya, baig, gul, meva): 

o’qitish oxirida olingan qisqacha ta'riflar, umumlarshtirishlar,tavsiyalar. 
Masalan, “plan”, “masshtab”, “kompas” tushunchalarining ta'rifini 
yozish, u yoki bu tabiiy zona uchun “Qazilma 
boyliklarning xususiyatlari” jadvalini tuzish mumkin; 

yangi qiyin atamalaruy vazifasini tayyorlash rejasi, javoblar 
tayyorlash kerak 
bo’lgan savollar; 

beriladigan savollarga yozma javoblar; 

yozma ishlar, uyda yoki jonli tabiat burchagidagi tajribalarningnatijalari. 
Masalan, o’quvchiga uyda biror o’simlikni qalamchasidan o’stirish 
topshirig’i berilgan. U daftariga qalamchaning qachon kesilgani va 
suvga solinganini, qachon ildizchalar hosil bo’lganini yozib borishi, 
shuningdek, rivojlanishning har xil davridagi qalamcha rasmini 
chizishi kerak. 
Daftarlarda shu asno xilma-xil va qiziqarli material to’planib boradi, u 
tabiatshunoslikni o’rganishni osonlashtiradi. O'quv-chilarning daftarlaridagi 
barcha yozuv va rasmlar muntazam, o’z vaqtida va batartib bajarilishi lozim. 
Ishning bajarilmasligi javobning bahosini pasayishiga olib keladi. Daftarlar 
muntazam va sinchiklab tekshirib borilishi, biroq o’quvchilar javob 
berayotganlarida ularga birrov qarab chiqilishi lozim. Tekshirishda yozuv va 
rasmlarning to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. o’quvchilarning daftardagi ishlari 
albatta baholanadi. 

Download 419.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling