Tabiatshunoslik darslarida axborot
Bilimlarni yozjna tekshirish
Download 419.38 Kb. Pdf ko'rish
|
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim, uquv va ko nikmalarni baholash
Bilimlarni yozjna tekshirish.Tekshirishning bu turi savollarga yozma
javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o’tkaziladi. Yozma ishlar uchun o’iganilgan obyektlarni sanab berish bilan bog’liq bo’lgan: 1) tabiat hodisalari, landshaftlarning ayrim elementlari va odamlarning xo’jalik faoliyatlari o’rtasidagi aloqa yoki o’zaro bog’liqlikni ochib berish; 2) bolalarning tabiatshunoslik tushunchalarini bilib olganlik-larini aniqlash; 3) tabiatdagi kuzatish va natijalarni ta'riflashni mo’ljallash, tabiiy obyekt yoki jarayonlami rasmlar chizish yordamida tasvirlash; 4) tabiat obyektlarini tanib olishga oid savollar taklif qiiinadi. Misol tariqasida “Dala o’simliklari” mavzusi (3- sinf) bo’yicha tekshirish ishi uchun savollar keltiramiz: 1. Paxta urug’i nima deb ataladi? 2. g’allaning poyasi nima deb ataladi? 3. Poliz simliklarining qaysilarini bilasiz? 4. Uzum qanday ko’paytiriladi? 5. Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi? Yozma ish uchun tezis tipidagi dasturlashtirilgan topshiriqlar, raqamli diktantlar, dasturlashtirilgan kartochkalardan foydalanish mumkin. Bilim, uquv va ko 'nikmalarni baholash. o’quvchilarning og’zaki javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o’qituvchi tomonidan har bir o’quvchining qanday o’zlashtirayotganligini, u o’quv materialini qanchalik egallaganligini ko’rsatuvchi baholar bilan qadrlanadi. Shuning bilan biiga ular ma'lum darajada o’qitishning sifatini ham aniqlaydi, chunki o’quvchilar bilimi uning asosiy o’lchovidir. Bilimlarni baholash intensivligini oshirish uchun bir necha o’quvchiga bir vaqtda so’rash uslubini qo’llash mumkin. Masalan, bir o’quvchi sinf oldida o’qituvchiga javob beradi, 2-3 o’quvchi didaktik dasturlashtirilgan kartochkalar bilan ishlaydi. O’quvchilar bilimini baholashda materialni ular qanchalik aniq va ravon tushunganliklari, javobning aniq va to’liqligi, shuningdek, shakli, ya'ni bilimni bayon qilishning izchilligi va to’g’riligi hisobga olinadi. Tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilimlarini baholashning o’lchovlarini sinflar bo’yicha keltiramiz. 1- sinf. 1- sinf yakunida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak: Tabiat: jonli va jonsiz tabiat. Yovvoyi va madaniy o’simliklar, daraxtlar, butalar, maysalar. Yovvoyi va uy hayvonlari; hasharotlar, baliqlar, qushlar, hayvonlar. Yil fasllarining asosiy belgilari: yashab tuigan joydagi himoyaga olingan ba'zi o’simlik va hayvonlar. Tabiatda o’zini tutish qoidalari, o’zining shahri (qishlog’i) haqidagi asosiy ma'lumotlar, manzili, transport turlari, ayniqsa, ko’p tarqalgan kasb- hunarlar, odam tanasining a'zolari, shaxsiy gigiyena qoidalari, turli fasllarda sog’liqni saqlash xususiyatlari, ko’cha harakati qoidalari, ota-onaning ism- familiyasi, iltimos qilish, jamoat joylarida o’zini qanday tutishi kerakligi. o’zbekiston shaharlarining nomlari, dunyo mamlakatlaridan ayrimlarining nomlari. Shunday qilib, birinchi sinfda o’quv yilining oxiriga kelib, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini, bir nechta buta, o’t o’simliklarining nomlarini bilishlari va ularni taniy olishlari; tabiatda o’zini tutish qoidalarini bilishlari hamda bajarishlari kerak. Ikkinchi sinfda “5” baho yil fasllarining ayrim belgilarini bilganlarga; 3-4 daraxt, buta, o’t o’simliklari va xona o’simliklarini, shuningdek, qushlar va hasharotlarning 3-4 turini bilgan va farqiga bora olganlarga qo’yiladi. Bolalar, shuningdek, tabiatda muntazam kuzatishlar olib borgan va ularni “Kundalik kuzatish daftari”da qayd qila olgan bo’lishlari; xona o’simliklarini to’g’ri sug’ora olishlari va parvarish qilishni bilishlari; shaxsiy gigiyena qoidalarini, kun va ovqatlanish rejimini bilishlari hamda bajarishlari kerak. “4” baho ham “5” bahodagi o’lchovlar bo’yicha qo’yiladi, hamma javobda ba'zi noaniqliklarga yo'l qo’yilgan bo’ladi. “3” baho tabiatidagi o’z kuzatishlarini qayd qila olish, ular to’g’risida ravon so’zlab bera olish uquvlarini yetarli egallamagan o’quvchilarga qo’yiladi. Salbiy baho qo’yilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling