Tabiatshunoslik darslarida axborot
Download 419.38 Kb. Pdf ko'rish
|
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
3- sinf. Bu sinf o’quvchilari o’quv yili oxirida quyidagilarni bilishlari
kerak: o tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, belgilar, jonli va jonsiztabiatning o’zaro aloqasi. 2- sinfda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; o jonsiz tabiatning, havo, suv, tuproq, foydali qazilmalarning nomlari va farqli belgilari; o mahalliy o’simliklarning nomlari va farqlari (beshtadan kam bo’lmagan daraxtlar, butalar, o’tlar); o qishloq xo’jalik o’simliklariga ishlov berish usullariningelementar biologik asoslari; o suv o’tlari guruhlari, moxlar, paporotniklar, xushbo’y hidligullovchi o’simliklarning ayrim farqli ko’rinishlari, o’simlikshunoslik - qishloq xo’jaligining asosiy qismi; o hayvonlar guruhi: hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, hayvonlar va ularning farqlitomoniari; o hayvon gurahlari o’rtasidagi o’xshash va farqli belgilar; mahalliy sharoitda keng tarqalgan hayvonlarning hayot tarzi va tashqi tuzilishi; o o’rganilgan hayvonlarning tabiat, hayot va inson xo’jalikfaoliyatidagi ahamiyati; o o’simliklarning o’simliklar bilan, hayvonlarning o’simliklarbilan, hayvonlarning hayvonlar bilan o’zaro aloqalari, insonningjonli va jonsiz tabiat bilan o’zaro aloqasi; o insonlarning tabiatga sovuqqonlik bilan qarashlari, tabiat muhofazasi, tabiatda o’zini tutish qoidalari; o inson tana a'zolarining joylashishi, tuzilishi va nomlari; o tana tuzilishi, a'zolarning vazifalari haqida oddiy tasavvur; o chekish va alkogol ichimliklarni iste'mol qilishningorganizmga zararli ta'siri; o sanitar - gigiyenik qoidalar. “5” baho o’z joyida eng ko’p tarqalgan mavsumiy hodisalar to’g’risidagi to’liq bilimlarga, ular o’rtasida sabab-oqibat bog’la-nishlarini ko’rsatish bilan va o’zining tabiatdagi kuzatishlariga tayanib hikoya qila olish uquviga, o’z joyida ko’proq tarqalgan o’simlik va hayvonlar, ularning yashash sharoitlari to’g’risida (darslik va tabiatni kuzatish kundaligi hajmida) hikoya qila olish uquviga; o’z joyidagi odamlarning yil fasllari bo’yicha mehnatlari to’g’risida aytib bera olish uquviga qo’yiladi. o’quvchilar odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlari, tabiatda muntazam kuzatish olib borishlari va ularni “Kundalik kuzatish daftari”da qayd qilib borishlari; havo haroratini to’g’ri o’lchay olishlari, gerbariylarni rasmiylashtira bilishlari, kundalik materiallarga oid kuzatishlariga yakun chiqara olishlari kerak. “4” bahoni qo’yishda ham o’sha talablarga rioya qilinadi, biroq bunda bir oz noaniqlikka yo'l qo’yilgan bo’ladi. “5” va “4” baholari o’quvchilarga faqat darslik materialini bilganlarigagina emas, balki o’quv-tajriba maydonidagi, shuningdek, ekskursiya vaqtidagi faol ishlariga, kuzata olishlariga hamda tabiatning o’zidan bilim ola bilishlariga ham qo’yiladi. “3” baho tabiat to’g’risidagi noaniqlik, uzuq-yuluq bilimlarga, sabab- oqibat aloqalarini aniqlay olmaslikka, tabiatning mahalliy hodisalari, o’simlik va hayvonlari, tabiatdagi odamlar hayoti haqida bilim yetarli bo’lmaganda, tabiatda kuzatishlarni muntazam olib bormaganda va kuzatishlar kundaligini muntazam yuritmaganda qo’yiladi. Salbiy baho qo’yilmaydi. 4- sinf. Bu sinf o’quvchilari o’quv yili yakunida quyidagilarni bilishlari kerak: yashash joyi tabiatining xususiyatlari (tekislik, tuproq,foydali qazilmalar, suv havzalari, o’simlik va hayvonlar)ni; kishilar mehnatini; foydali qazilma (temir va mis rudasi)ning fizik xossalarini; tabiat zonalari xaritasida o’zbekistonning geografikjoylashishi, o’rnini; turli tabiiy sharoitlar va ularning kishilar tomonidano’zlashtirilishini; tabiatni muhofaza qilish bo’yicha o’zbekistondagi asosiy tadbirlarni; tabiatda o’zini tutish qoidalarini; yerning tuzilishi xossalari, uning tepaliklari (globus,geografik xarita)ni; quruqlik va okeanlar nomlarini.o’quvchilar bajara olishlari shart: yarim sharlar, tabiiy zonalar, fizik xarita va globusdano’zbekiston Respublikasini chegaralab so’zlab berishni; globus va xaritada ufq tomonlarini aniqlash, o’rganilganzonalarni topish va ko’rsatishni; tabiatdagi o’zaro bog’liqlik, tabiat va inson o’rtasidagi bog’liqlikni tushuntirishni; tabiiy iqlim, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy sharoitlar, odamlar mehnati o’rtasidagi bog’liqlikni keltira bilishni; “Kundalik kuzatish daftari”ga ob-havo kuzatishlariningnatijasini belgilab borishni; tabiat atrofni muhofaza qilish chora-tadbirlarini qo’llash,tabiatda o’zini tuta bilishni. “5” baho o’quvchiga dasturning asosiy mavzulari bo’yicha aniq bilimlarga - reja bilan xaritaning, joyida ufq tomonlarning farqiga borishiga, kompasdan foydalanishiga, o’z oikasi tabiati to’g’risida (darslik yoki mahalliy o’lkashunoslik qo’llanmasi hajmida) gapirib berishiga, o’z kuzatishlaridan amalda foydalanish uquvlariga, shuningdek, Vatanimiz tabiati to’g’risida to’g’ri, to’liq hikoya qila bilishiga, har xil zonalar tabiatidagi sabab-oqibat aloqalarini ko’rsata olishiga; tabiatni avaylab-asrash nimadan iboratligini va odamlarning tabiatni qanday asrayotganliklarini tvfchuntira olishiga; amaliy ishlarni to’g’ri bajarishi va “Kundalik kuzatish daftari”ni muntazam yuritishiga qo’yiladi. “4” baho o’sha bilimlar uchun qo’yiladi, ammo javob berishda uncha katta bo’lmagan noaniqlikka yo'l qo’yilgan bo’ladi. “3” bahosi bilimlarning noaniqligi, to’la emasligi, o’quv materialining bo’sh ekanligi, hikoyada o’z kuzatishlaridan foydalana olmaganligi amaliy ishlar va kuzatishlar kundaligi yuritishni sifatsiz bajaiganligi uchun qo’yiladi. “2” bahosi o’quvchi kerakli narsani topolmagan va uning xususiyatlarini to’g’ri ta'riflay olmagan, shuningdek, shu guruh-ning xarakterli belgilarini ko’rsata olmagan, hodisalarni tushun-tirolmagan va aniq misollar keltirolmagan, tajriba o’tkazolmagan, xulosalarni ifodalay olmagan hollarda, shuningdek, javob berishda adashib, biroq materialni tushunganida qo’yiladi. “1” bahosi o’quvchi butunlay javob bermagan yoki “taxminan” javob bergan, materialni tushunmagan hollarda qo’yiladi. O’qituvchi bu me'yorlardan foydalana borib, har bir o’quvchining individual xususiyatlarini, uning o’quv materialini o’zlash-tirishga ishtiyoqini, o’zining kamchiliklari va qiyinchiliklarni bartaraf qilish qobiliyatini hisobga olishi zarur. Baho sinfdagi yoki joylardagi amaliy ishlar uchun ham qo’yilishi mumkin. Bunda ishning izchil va puxta bajarilishi, o’quvchining mustaqillik darajasi, olingan xulosalarning to’g’riligi, ularni ifodalana olishi hisobga olinadi. Har oyda kamida bir marta o’quvchilarning “Kundalik kuzatish daftari”dagi ishlar baholanadi. Baholashda kuzatishlarning mustaqilligi, o’z vaqtida o’tkazilganligi, ob-havoni qayd qilishning to’g’riligi hisobga olinadi. “Kundalik kuzatish daftari”da o’quvchilar yo'1 qo’ygan imlo xatolari albatta tuzatiladi, ammo tabiatshunoslik bo’yicha baho qo’yishda bu hol hisobga olinmaydi, ammo uni bartaraf etishni e'tiboiiga olish zarur. O’quv choragi yoki yili uchun yakuniy baho qo’yishda o’qituvchi o’quvchilarning dastur talablarida ko’rsatilgan bilim, o’quv va ko’nikmalarni qanchalik egallaganliklarini hisobga olishi lozim. Bunda o’quvchilarning og’zakijavoblari, amaliy faoliyatlari va “Kundalik kuzatish daftari”ni yuritish sifati hisobga olinadi. Download 419.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling