Tabiatshunoslik darslarida axborot
Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari
Download 419.38 Kb. Pdf ko'rish
|
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
Kundalik kuzatish daftari va tabiat hamda mehnat kalendari
(taqvimi). Birinchi sinfda kuzatishlar o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab olib boriladi. Ob-havoning o’zgarishlarini kuzatish g’oyat muhimdir. Osmonning holatlarini kuzatish jarayonida “ochiq”, “bulutli”, “kam bulutli” tushunchalari; Quyoshni kuzatishda - “sovuq”, “juda sovuq” (“ayoz”), “iliq”, “issiq”; shamolni kuzatganda - “kuchli”, “kuchsiz” tushunchalari shakllanadi. Shu vaqtning o’zida bolalar yog’inning har xil turlari - yomg’ir, qor, do'l, tuman, qirov, buldurug’ haqida tasavvuiga ega bo’ladilar. Bolalar asta-sekin ob-havoni kuzatish natijalarini kundaliklari va sinf tabiat kalendarida har kuni belgilab borishga odatlanadilar. Ob-havo va shamolning kuchi, sekundiga necha metr tezlikda esgani darslikda keltirilgan shartli belgilar bilan belgilanadi. Ob-havoni kuzatishdan tashqari o’quvchilar o’simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy hodisalarni payqashga o’rganibboradilar. Bolalar o’simliklar faqat tabiatni bezatib qolmasdan, balki odamlar va hayvonlar uchun zarur ekanligini bilib oladilar: ular oziq beradi, havoni hayot uchun zararli gaz va changlardan tozalaydi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari turg’un, ixtiyoriy diqqatga ega emaslar, shuning uchun ular kuzatishga birdaniga bir necha obyektni qamrab ololmaydilar. Doskaga chaqirilgan o’quvchi ob-havoni batafsil ta'riflaydi, tabiat va odamlar mehnatida ko’rgan qiziqarli narsalar haqida gapirib beradi. Uning javobini o’rtoqlari to’ldiradi va aniqlashtiradi (javobalbatta jurnalda baholanadi), keyin bu axborotning asosiylari kalendarga yozib qo’yiladi. Umumlashtirilgan, tabiat va mehnat kalendarida qayd etilgan kuzatishlardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina ejiias, balki matematika (hisoblashlar, masalalar tuzish, diagrammalar chizish), ona tili (insho, tabiatni yoki yil faslini ko’rsatish uchun qiziqarli she'rlar va nasriy asarlardan parchalar tanlash), mehnat ta'limi (o’quv-tajriba maydonida o’simliklarni parvarish qilish, tajribalarni umumlashtirish) darslarida ham foydalanish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling