Tabiatshunoslik darslarida axborot


O’quvchilar bilimini tekshirishga umum talablar


Download 419.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.09.2023
Hajmi419.38 Kb.
#1681240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA OID 10 TA MAQOLANI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH

O’quvchilar bilimini tekshirishga umum talablar. Darsga tayyorlana 
turib o’qituvchi o’quvchilar bilimlarini hisobga olishning mazmuni, metod va 
shakllarini yaxshi o’ylashi kerak. o’qituvchi payqagan bilimlardagi xato va 
kamchiliklar individual topshiriq-larning bajarilishida bartaraf etilishi lozim. 
Hajman katta bo’lmagan kontrol (nazorat) ishlar o’quvchilarni ortiqcha band 
qilmasin (orfografik xatolar tekshirish paytida tuzatilib boriladi va ona tili 
darslarida ishlab chiqiladi). o’quv materialini o’zlashtirilishini tekshirishda 
bolalar bilimlarini faqat o’tgan dars topshirig’i bo’yicha emas, balki butun 
mavzu materiali bo’yicha aniqlash lozim. o’qituvchi qo’ygan savollar ayrim 
tabiat obyektlari va hodisalari o’rtasidagi sababiy aloqa hamda o’zaro 
bog’lanishlarni ochib bermog’i zarur. 
Masalan, amaliy mashg’ulotda “G'o'za” mavzusini o’iganishda 
o’quvchilar g’o’zaning qismlari bilan rasmini chizadilar. Agar darsda vaqt 
yetarli bo’lmasa, rasm chizish uyda tugallanadi. O’qituvchining doskaga 
chizganlarini daftarga chizish mumkin. Har bir rasm odatda uning ayrim 
qismlarini ifodalaydigan tegishli yozuvlar ko’rinishidagi tushuntiruvchi 
matnga ega bo’lishi kerak (masalan, ildiz, poya, baig, gul, meva): 

o’qitish oxirida olingan qisqacha ta'riflar, umumlarshtirishlar,tavsiyalar. 
Masalan, “plan”, “masshtab”, “kompas” tushunchalarining ta'rifini 
yozish, u yoki bu tabiiy zona uchun “Qazilma 
boyliklarning xususiyatlari” jadvalini tuzish mumkin; 

yangi qiyin atamalaruy vazifasini tayyorlash rejasi, javoblar 
tayyorlash kerak 
bo’lgan savollar; 

beriladigan savollarga yozma javoblar; 

yozma ishlar, uyda yoki jonli tabiat burchagidagi tajribalarningnatijalari. 
Masalan, o’quvchiga uyda biror o’simlikni qalamchasidan o’stirish 
topshirig’i berilgan. U daftariga qalamchaning qachon kesilgani va 
suvga solinganini, qachon ildizchalar hosil bo’lganini yozib borishi, 
shuningdek, rivojlanishning har xil davridagi qalamcha rasmini 
chizishi kerak. 
Daftarlarda shu asno xilma-xil va qiziqarli material to’planib boradi, u 
tabiatshunoslikni o’rganishni osonlashtiradi. O'quv-chilarning daftarlaridagi 
barcha yozuv va rasmlar muntazam, o’z vaqtida va batartib bajarilishi lozim. 


Ishning bajarilmasligi javobning bahosini pasayishiga olib keladi. Daftarlar 
muntazam va sinchiklab tekshirib borilishi, biroq o’quvchilar javob 
berayotganlarida ularga birrov qarab chiqilishi lozim. Tekshirishda yozuv va 
rasmlarning to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. o’quvchilarning daftardagi ishlari 
albatta baholanadi. 

Download 419.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling