O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Pedagogik texnologiyaning shakllanishi


Download 1.08 Mb.
bet77/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Pedagogik texnologiyaning shakllanishi. Biz umumiy holda uning shakllanish bosqichlarini bayon qilamiz:
Birinchi bosqich - o`quvchilarning bo`lajak faoliyatlarining tahlili. Ularning maktabni bitirgandan keyin o`rta maxsus yoki oliy o`quv yurtlarida o`qishi yoxud kasbiy faoliyatlarining tahlili.
Ikkinchi bosqich - shu tahlildan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyani ishlab chiqib, unga ta'limning har bir bosqichida, sinfda o`quv fanlarining mazmunini belgilash. Ta'limni diagnostik asosda maqsadini jamiyat manfaatlari nuqtai nazardan belgilash.
Uchinchi bosqich - belgilab olingan ta'lim mazmuni asosida o`quvchilarning o`quv yuklamasi, kerakli vaqt me'yorini aniqlash.
To`rtinchi bosqich - didaktik jarayonni amalga oshirish uchun ta'limning tashkiliy optimal shakllarini tanlash va shunga muvofiq o`qitish vositalarini aniqlash.
Beshinchi bosqich - didaktik maqsadni amalga oshirish uchun o`quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular, aniq darslar bo`yicha uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish.
Oltinchi bosqich - ta'lim maqsadi asosida o`quv topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va uni ta'lim jarayoniga joriy qilish.
Yettinchi bosqich - o`quvchilarning belgilangan o`quv materiallarini o`zlashtirishlarini, bilim saviyalarini nazorat qilish va o`zgartirishlar kiritish.
Sakkizinchi bosqich - o`quv mashg‘ulotlarining mazmuni va tarkibini ishlab chiqish, shu asosda dars va uy topshiriqlarini optimal rejalashtirish.
To`qqizinchi bosqich - yuqoridagilardan kelib chiqib, loyihalashtirilgan ta'lim-tarbiya jarayonini sinovdan o`tkazish.
Bu bosqichlar o`quv jarayoni texnologiyasini ishlab chiqishning ketma-ketligi (algoritmi)dir. Biz o`qituvchilar pedagogik mahoratining texnologiya darajasiga ko`tarilishi bosqichlarini hamda uning ta'lim-tarbiya jarayonining umumiy xususiyatlari asosida shakllanish ketma-ketligi (algoritmi)ni keltirdik.
Bularning hammasi uning nihoyatda qiyin, murakkab va ko`p qirrali jarayon ekanligini ko`rsatadi. Endi shulardan kelib chiqib, pedagogik texnologiyaga ta'rif bersak bo`ladi. Pedagogik texnologiya o`qituvchi pedagogik mahoratining yuksak cho`qqisi bo`lib, ta'lim-tarbiyaning har qanday murakkab vaziyatida ham aniq qo`llaniladigan usul, vositalarining majmuidir.
O`qituvchilarimiz qolipga tushgan 5 bosqichli dars bilan birga ta'limning darsdan tashqari, o`qituvchilar tajribasida nostandart darslar deb nom olgan shakllari: ma'ruza, amaliy mashg‘ulotlar, musobaqa-munozara, mustaqil ishlash, konferensiya, sayohat, mushoira kabi shakllaridan ham keng foydalanishlari lozim. Buning uchun o`qituvchilar ta'limning darsdan tashqari har bir shaklining tuzilishi, bosqichlarini an'anaviy darsdan ustunligini amalda sinab ko`rib, ta'sirchan shaklini aniqlashlari zarur. Bu, albatta, o`z-o`zidan bo`lmaydi, buning uchun ta'lim nazariyasini, uning hozirgi zamon muammolarini bilish, ijod qilish, tinmay izlanish talab etiladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling