O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet75/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi “Pedagogik texnologiyalar markazi” quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • ma'lumotlarning yo`nalishini aniqlaydi;

  • joriy qilish va qo`llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi;

  • metodik qo`llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik matbuotga uzatadi;

  • reyting tizimi, o`quvchilarni maktabga tayyorlash, Davlat ta'lim standartlarini joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi;

  • xorijiy davlatlaming ta'lim sohasidagi tajribalarni o`rganadi, taqqoslaydi va tavsiyalar tayyorlaydi;

  • amalga tatbiq qiluvchilarni o`qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuvlar tashkil qiladi;

  • pedagogika sohasidagi olimlar, ilmiy izlanuvchilar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi;

  • innovatsiyalarning qo`llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi;

  • innovatsiyaga oid respublika ilmiy-amaliy kengashlari, konferensiyalarini o`tkazadi;

  • malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi ta'lim axborotlari bilan ta'minlab boradi.

Pedagogik innovatsiyalarni qo`llash bilan uni to`plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo`g‘in o`rtasidagi “Pedagogik matbuot” asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, xodimlarning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
O`ylaymizki, ta'lim texnologiyasi, pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv davlat ta'lim standartlarini amalga oshirishda o`z samarasini ko`rsatadi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlashda ma'lum mezonlarga asoslanish kerak. Bunda eng muhim mezon o`qituvchi o`z pedagogik faoliyatida qo`llaydigan ta'lim-tarbiyaning yangi shakli, metod va usulidir. Bu mezon ilg‘or o`qituvchining oddiy o`qituvchilardan ajratadigan eng muhim belgidir. O`qituvchi qo`llaydigan yangilik turlicha: masalan, ta'lim yoki tarbiyaning yangi mazmuni, shakli, metodi, pedagogik mehnatning eng ta'sirchan, takomillashtiruvchi yo`llarini belgilashdan iborat bo`lishi mumkin.
Ilg‘or pedagogik tajribani ifodalovchi yana bir mezon uning yuqori natijaga erishishi uchun zamin hozirlashidir. Bunda o`quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinishi zarur. Qo`yilgan bahoga o`tkazilgan tarbiyaviy tadbirlarning soni emas, ularning o`qituvchilarni inson sifatida shakllanishiga ta'sirining mezoni sifatida qarash lozim. Bundan tashqari, ilg‘or pedagogik tajribaning qulayligi va tejamliligi hisobga olinishi lozim. Chunki yuqori natijaga erishishda o`quvchilar va o`qituvchilarning vaqtini tejash, ularni toliqtirishdan asrash ham muhimdir.
Ilg‘or pedagogik tajribaning o`z-o`zidan emas, balki ommaviy tajriba, shakllangan tajribalar, boshqa o`qituvchilarning ish uslubi bilan vorislik asosida tarkib topishi uning ta'sirchanligini oshiradi va tarqalishini osonlashtiradi. Bu mezonlar ilg‘or pedagogik tajribalarni oddiy tajribadan ajratish va uni avaylab yoyishga yordam beradi.
Ilg‘or tajribalarni faqat viloyat yoki respublika bo`ylab izlab yurish shart emas. Har bir pedagogik jamoada o`z izlanishlari bilan boshqalardan ajralib turadigan pedagoglar bo`ladi. Bu esa pedagogik jamoadagi muhitga ko`p jihatdan bog‘liqdir. Shu muhitni mo`tadillashtirib, kerakli yo`nalishga burib yuborishda maktab rahbarlari, maktab metodika kengashining ham o`ziga xos ulushi bo`lishi tabiiy.
Pedagogik texnologiyani egallashdagi ikkinchi muhim bosqich o`qituvchilarimizning pedagogik mahoratining muhim tarkibiy qismi hisoblangan pedagogik texnikani egallashdir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling