O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Bilimni tekshirish uchun savollar


Download 1.08 Mb.
bet72/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Ko`rgazmali uslubning mohiyati nimada?
2. Tabiatshunoslik darslarida qo`llaniladigan natural ko`rgazmali vositalarga nimalar kiradi?
3. Ko`rgazmalilikni tasviriy vositalari haqida nimalami bilasiz?
4. Sayohat ham ko`rgazmali usullarga kiradimi?
5. Tabiatshunoslikni o`qitishda tabiiy jismlarning ahamiyati haqida nima deya olasiz?
Nazorat uchun testlar:
1. Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib yuradi?
A) 9 ta B) 8 ta D) 10 ta
2. “Bosh” va “dum”dan iborat bo`lgan quyosh sistemasidagi osmon jismi qanday nomlanadi?
A) Sayyora B) Kometa D) Meteorit
3. Yerni o`rab turgan havo bizni nimalardan himoya qiladi?
A) Kometalardan B) Metioritlardan D) A va B javoblar to`g`ri
4. Yerning tabiiy yo`ldoshi nima?
A) Quyosh B) Oy D) a va b javoblar to`g`ri


16-mavzu. Tabiatshunoslik fanini o`qitishda ta'lim integratsiyasi va innovatsiyasi.


Reja:
1. Hozirgi milliy pedagogikamiz.
2. Pedagogik texnologiya.
3. Ta'lim mazmuni.


Respublikamiz xalq ta'limi o`ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o`ziga xoslik, eng avvalo, ta'lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya'ni o`zimizning juda boy o`tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o`z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo`lgan milliy urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo`lgan yosh avlodni o`qitish baxtiga muyassar bo`lganimizda ko`rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g‘urur hislarini to`lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko`tarinkilik bilan jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o`zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarai amalga oshirib bo`lmaydi.
Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o`z tushunchalari, “tili” bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas, albatta.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling