Bilimni tekshirish uchun savollar
I. Boshlang‘ich sinflarda tajriba va amaliy darslar qanday ahamiyatga ega?
2. Tajriba deb nimani tushunasiz?
3. Tajriba - tabiatshunoslikni o`qitishning yetakchi uslubi ekanligi haqida nitna deya olasiz?
Nazorat uchun testlar:
1. Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlaribirgalikda nima deb nomlanadi?
A) Yer sayyorasi B) Yer sestemasi D) Quyosh sestemasi
2. Quyosh sestamasidagi yirik osmon jismlari qanday nomlanadi?
A) Metioridlar B) Sayyoralar D) Yulduzlar
3. Sayyoralarning eng kichigi qaysi?
A) Yupiter B) Mars D) Merkuriy
4. Yer diametridan 2 marta kichik diametrga ega sayyora qaysi?
A) Mars B) Venera D) Yupiter
15-mavzu. Tabiatshunoslikni o`qitishning ko`rgazmali va kuzatish uslubi, uning turlari.
Reja:
Ko`rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil
Ko`rgazmalilikning tasviriy vositalari.
Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi.
Ko`rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko`rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo`lib, bir-biriga sira o`xshamaydi. Ko`rgazmali vositalar deyarli hamma tabiatshunoslik darslarida qo`llaniladi. Ko`rgazmalilik o`quv-hilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash)da katta ahamiyatga ega. To`g‘ri qo`yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e'tiborni jalb qiladi. Bu savollar o`quvchilarni maqsadga yo`naltiigan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga daVat qiladi.
Tabiatshunoslik darslarida qo`llaniladigan ko`rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo`lishi mumkin.
Ko`rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o`quvchilarga o`iganilayotgan obyektlarning tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o`rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to`g‘risida tasavvurlar beradi.
Boshlang‘ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasav-vurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko`r-azmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko`rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivoj-lanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko`rsatmali material orqali o`zlashtirishga qobiliyatli bo`ladi. o`quv kino va diafilmlarni ko`rsatish ham ta'limning Ko`rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko`rish orqali filmda ko`tarilgan savollarga javob topishlari lozim.
Sayohat ham ko`rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o`qituvchi tomonidan puxta o`ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassuroflarni kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |