O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet68/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Ekskursiyalarda amaliy ishlar. Ekskursiyalar o`tkazishda o`qituvchining topshirig‘iga muvofiq mustaqil ish bajarilishi (baiglar yig‘ish, qurigan shoxlarni qirqish, rasmlar chizish, o`lchashlar o`tkazish, foydali qazilmalar kolleksiyasini yasash va hokazolar) ga katta e'tibor beriladi. Ish bajarish oldidan o`quvchilar o`qituvchidan topshiriqlar oladilar, u o`quvchilarni ish uslubi (masalan, qanday barglarni yig‘ish, shoxlarni qanday kesish, o`simliklarni qanday kovlab olish) bilan tanishtiradi. Ekskursiyalarda maktaboldi maydonidagi ishlardagidek o`qituvchi xilma-xil metodik uslublardan foydalanib, bolalarga yordam ko`rsatadi.
Shunday qilib, darsning maqsadi va mazmuniga qarab o`qituvchi o`qitishning xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo`llaydi. o`qituvchi qanaqa metod va uslublar tanlamasin, ulardan kompleks, bir-birini to`ldirgan holda foydalanishi bu asosiy maqsad - o`rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalari-ning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiatshunoslik fanining tushunchalarini to`g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak.
Eksperimentlar ko`pincha flziologik jarayonlarni o`rganishda o`tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo`ladi. Tabiatshunoslik hamda botanika darslarida o`tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug‘ning tarkibi, tuproq-ning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo`lishi va shunga o`xshashlarni o`rganishga umum ma'lum ishlar misol bo`la oladi. Urug‘larni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suvni bug‘lan-tirish kabi ancha sodda tajribalarni o`quvchilar uyda bajaradilar.
Odatda, eksperimental ishlarni o`quvchilar darsdan tashqari mashg‘ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o`quv tajriba maydonida bajaradilar.
Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to`ldiradi, tabiiy materialni o`iganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o`rgatadi.
Amaliy ishlar dars jarayonida, ekskursiyalarda olingan bilimlarni har tomonlama mustahkamlashga imkon beradi. Bundan tashqari, amaliy ishlar bolalarda mehnat malakalari va ko`nikmalari hosil bo`lishiga, mustaqil ishlashga yordam beradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling