O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Tajriba tabiatshunoslikni o 'qitishning amaliy metodidir


Download 1.08 Mb.
bet65/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Tajriba tabiatshunoslikni o 'qitishning amaliy metodidir. Tajriba o`qitish metodi bo`lib, uning yordamida o`rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o`tkazishda o`quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo`lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuv-chanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometrning simob ustuni haroratning o`zgarishiga qarab ko`tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ko`rsatadi.
Oddiy tajribalar o`quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o`quv-tajriba maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o`qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta'riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik, o`quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holatiga qarab kuzda ob-havoning sovib borishi to`g‘risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o`qituvchi tajriba o`tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog‘oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmachani shamning tepasida, ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. o`quvchilar qog‘oz tasmachalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima uchunligini tushuntirishlari lozim. o`quvchilar bu tajriba orqali yozda va kuzda Quyosh nurlarining Yer yuzasini qanday isitishini bilib oladilar.
Amaliy uslublar o`qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo`naltirUadigan, o`quvchilar fikrini rivojlantirishga mo`ljallagan so`z, Ko`rgazmalilik va amaliy ishning o`zaro murakkab bog‘lanishida bo`lishini ko`rsatadi.
Amaliy uslublar qo`llanilishi o`quvchilar retseptorlari va effektorlarining faol faoliyati bilan bog‘liq. Amaliy uslublar o`rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko`nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo`llashga o`quvchilar faoliyatining o`zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og‘zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg‘ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga:
1. O`quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi;
2. Rasm chizishi;
3. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo`yicha ishlari;
4. Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari;
5. Tajriba o`tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo`yilgan savol, muammo, masalaga o`quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bo`lib, tarqalgan o`simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o`rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o`quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo`yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o`qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o`simliklarni topish va to`plashni, namunalar yig‘ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o`zgaruvchanlikni o`quvchilarning o`zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. o`simliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo`yicha ishlarni o`quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling