O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Tabiatshunoslikni o`qitish metodlari tiziinida amaliy ishlar
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
Tabiatshunoslikni o`qitish metodlari tiziinida amaliy ishlar. Tabiat haqidagi bilimlarni o`zlashtirishda amaliy ishlar katta rol o`ynaydi. Amaliy ishlar o`quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o`igatish metodidir. Amaliy ishlarga o`quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig‘ish, maktaboldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o`simliklarni parvarish qilish, geibariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko`igazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi.
Bu ishlarning bajarilishi o`quvchilarning bilish faolligini oshirishda, bilimlarni konkretlashtirish va mustahkamlashda o`qituvchiga yordam beradi. Birinchi sinfda bolalar amaliy ish ko`nikmalarini hali egallamagan bo`ladilar. Shuning uchun dastlabki paytlarda amaliy ish mashq qilish xarakterida bo`ladi. Masalan, tushda (kunning o`rtasida) soyaning qoziqdan uzunligini aniqlashga yoki havo haroratinl o`lchashga va ularning natijalarini yozib borishga o`rgatish uchun uzoq vaqt mashq qilish kerak bo`ladi. O`quvchilar oddiy, ko`p vaqt va urinishni talab qilmaydigan topshiriqlardan asta-sekin ancha murakkabroq vazifalarni bajarishga o`tadilar. Vaqt o`tishi bilan amaliy ishlar tobora mustaqillashib borishi kerak. o`qituvchining amaliy ishlarga rahbarlik qilish shakllari ham o`zgarib bormog‘i lozim: agar birinchi darslarda har bir o`quvchiga bosqichlar bo`yicha batafsil yo`1-yo`riq berish kerak bo`lsa, yilning ikkinchi yarmida ish bo`yicha sinfdagi barcha o`quvchiga ko`rsatma berish kifoyadir. Amaliy ish o`tkazishda o`qituvchi o`quvchilar asoslanadigan bilimlar saviyasini aniqlash kerak. Barcha tajriba va amaliy ishlar “Kundalik kuzatishlar daftari” ga qayd qilinadigan yozuvlar bilan birga olib borilishi kerak. Shuningdek, rasmlar chizish, plastilindan obyektlar yopishtirish, tabiiy materiallarni modellashtirish ham tavsiya qilinadi. Bunda o`quvchilar tasvirlanadigan jism yoki hodisaga diqqat bilan qaraydilar, ulardagi ilgari e'tibor berilmagan xususiyatlarni payqaydilar. Amaliy ishlar vaqtida xulosalarni yozib borish yoki rasmlar ostiga yozuvlar yozish bolalarga ta'riflarni aniqlab olishga, tabiatshunoslik atamalarini esda saqlashga yordam beradi. Amaliy ishlarni tajriba va kuzatishlar bilan bog‘lab olib borish kerak. Chunonchi, qizdirganda va sovitganda suv haroratining o`zgarishini kuzatish oldidan o`quvchilar suvning uch holatda bo`lishi, haroratning o`zgarishi bilan ular bir-biriga o`tishi to`g‘risida bilim olishlari kerak. o`quvchilar termometr tuzilishini bilishlari va undan foydalana olishlari lozim. Ular 2- sinfda olgan bilimlaridan erkin foydalana olishlari uchun o`qituvchi avval suhbat, keyin amaliy ish o`tkazadi, bu vaqtda kerakli tajribalarni takrorlaydi, termometrni qarab chiqishni taklif qiladi. Ilgari o`tkazilgan tajribalarga mavjud bilim,uquv hamda ko`nikmalarga murojaat qilish zarur, chunki bu o`quvchilarning aqliy faolligini oshiradi, yangi bilimlarni yaxshiroq o`zlashtirilishiga yoidam beradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling