Bilimni tekshirish uchun savollar
I. Tabiatshunoslik darslarida o`quv qurollarining qanday turlaridan
foydalaniladi?
2. Tabiiy ko`rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
3. Tabiatshunoslikni o`qitishda tabiiy ko`rgazmali qurollarning ahamiyati nimada?
4. Tabiatshunoslik darslarida xaritalarning qaysi tiplaridan foydalaniladi?
Nazorat uchun testlar:
Ummumilliy boyliklar qaysi javobda to`g`ri berilgan?
Osmon jismlari, yer osti va yer usti boyliklari
Daraxtlar, odamlar
D)Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi
2. Yulduzlardan taralayotgan nurlar 1sekuntda qancha masofani bosib o`tadi?
A) 30000km B) 300000km D) 3000000km
3. Samarqandda maxsus inshoot – rasadxona qurdirgan bobomiz kim?
A) Mirzo Ulug`bek B) Amir Temur D) Mirzo Bobur
14-mavzu. Tajriba–tabiatshunoslikni o`qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar, ularning turlari.
Reja:
Tajriba uslubi.
Tajriba tabiatshunoslikni o 'qitishning amaliy metodidir.
Amaliy uslublar.
Tabiatshunoslikni o`qitish metodlari tiziinida amaliy ishlar.
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisob-lanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mayjud. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o`zgartirishlarida tajribalar chinakam vosita bo`lishini ko`rishlari kerak. Tajribalarni o`quvchilar asosan mustaqil holda o`tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo`lib ishlash talab etiladigan tajri-balarni o`qituvchining o`zi o`tkazadi.
Tajriba o`tkazishdan oldin o`quvchilar undan ko`zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajribani o`tkazish, uning borishi va natijalarini “Kundalik kuzatish daftari”ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo`lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi.
Tajriba tabiatshunoslikni o`qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda ba'zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ularning o`zlariga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |