O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet62/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

O`lkashunoslik burchagi. 1- sinfdan boshlab o`quvchilar o`z o`lkalari, o`z joylarini o`rganadilar, tabiatda kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalarga chiqadilar. Boshlang‘ich sinfda o`qish vaqtida ular boy faktik material to`playdilar, bu material o`lkashu-noslik burchagiga joylashtiriladi. Vaqt o`tishi bilan o`lkashunoslik burchagida boshlang‘ich sinfning avvalgi bitiruvchilari yiqqan qimmatli materiallar to`planib boradi, undan tabiatshunoslikni o`qitishda muntazam ravishda foydalaniladi. o`lkashunoslik burchagi tabiatshunoslik xonasida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch bo`limga ajratiladi: “Bizning o`lka”, “Ob-havo kalendari (taqvimi)” va “Tabiat belgilari”.
O`lkashunoslik burchagiga o`quvchilar tayyorlagan, shahar, viloyat, tuman tarixi aks ettirilgan albomlar qo`yish lozim, mahalliy sanoat mahsulotlarini ko`rsatish ham mumkin. Bu bo`limda tabiat muhofazasi masalalari (davlat muhofazasiga olingan o`simlik va hayvonlarning fotosuratlari yoki rasmlari va shu kabilar) aks ettirilishi, viloyat yoki o`lkada joylashgan qo`riqxona va zakazniklarning nomlari ko`rsatilishi kerak. Ob-havo taqvimi stenddan iborat bo`lib, uning markaziga chislo va oy yozilib, unga shu kungi ob-havo ma'lumotlari joylashtiriladi. Pastrog‘ida termometr, mehnat darslarida o`quvchilar tayyorlagan fluger joylashadi. Ob-havoni ta'riflashda kartondan qirqilgan shartli belgilardan foydalaniladi. Termometr modelida ko`chadagi termometr bo`yicha havo harorati ko`rsatiladi. Shu yerga keyingi bir necha yillarning ob-havo taqvimi va harorat o`zgarishlari grafigi ham joylashtiriladi. Stendning uchinchi bo`limiga joyning ob-havosi va uning belgilari haqidagi materiallar qo`yiladi. Bo`lim yorqin rasmlar bilan bezatiladi. O`lkashunoslik burchagiga “Yashil nazoratchilar”ning ish rejasi ham qo`yiladi.
O`lkashunoslik burchagining materiallari tabiatshunoslik darslarida keng qo`llanilishi kerak, chunki ular faqat o`lka tabiati va xo`jaligi to`g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtiribgina qol-masdan, balki ilgari o`rganilganlarni mustahkamlashga ham yordam beradi. O`lkashunoslik materiallarini yig‘ish maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlaydi, o`quvchilarning tabiat muhofazasi bo`yicha ishlarda baholi qudrat qatnashishlariga imkon beradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling