Tabiiy ko`rgazmali qurollar. Tabiiy ko`rgazmali qurollar jismlardir. Ular o`iganilayotgan material to`g‘risida ancha to`g‘ri, haqiqatga yaqin tasavvurlar berib, bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo`lishiga imkon yaratadi. Shunga ko`ra sinfda yoki tabiatshunoslik xonasida jonli tabiatni o`rganish uchun har xil xona o`simliklari, shuningdek, turarjoylardagi daraxtlarga xos bo`lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug‘lar bo`lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o`stirilayotgan o`simliklardan, gerbariy va ekskursiyalardan olib kelingan o`simliklardan foydalaniladi. Tabiat qo`ynida o`tkaziladigan darslarda va ekskursiyalarda tabiiy sharoitlardagi jonli tabiat obyektlaridan foydalaniladi.
Jonsiz tabiatni o`iganishda ham tabiiy tarqatma material, masalan, har xil rangdagi granit, sluda, kvars, dala shpati, loy, qum, kalsit (bor, marmar, ohaktosh), tuz (o`g‘itlash uchun), tosh tuzi va kaliy tuzi, toshko`mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek, metallar hamda qotishmalar (temir, cho`yan, po`lat, aluminiy, birinj), tuproq namunalari va boshqalar bo`lishi kerak.
Bolalarda bevosita qabul qilish mumkin bo`lmagan tabiat jisnilari va hodisalari to`g‘risida aniq va to`g‘ri tasavvurlar hosil qilish uchun ko`rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Tabiatshunoslik kursini o`rganish uchun zarur bo`lgan ko`plab ko`rsatuv jihozlari maxsus do`konlarda sotiladi. Chunonchi 3 - 4- sinflarda tabiatshunoslikni o`iganish uchun “Jonajon o`lka tabiati” turkumidagi jadvallar chop etilgan. Tabiatshunoslik bo`yicha devoriy o`lkashunoslik suratlaridan, shuningdek, zoologiya bo`yicha ham jadvallardan foydalanish mumkin, ular tabiatning o`lkashunoslik obyektlari to`g‘risida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
Xarita va globus. O`quvchilar 4-sinfda xarita va globus to`g‘risida dastlabki tasavvurlami oladilar, shuning uchun sinfda O`zbekiston Respublikasiining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo`lishi kerak. Shuningdek, atrof joyning shartli belgilariga ega bo`lgan yirik masshtabli plani va o`quvchilar yashayotgan hamda o`qiyotgan shahar yoki qishloqning planidan ham foydalaniladi. O`quv-chilarning sinfda va uyda individual ishlashlariga mo`ljallangan “Bizning vatanimiz” atlasi, shuningdek, 4- sinf uchun kontur kartalar to`plamii keng qo`llaniladi. Sinfdagi ishda diametri 42,5 sm li globusdan, indiviudal ishda esa diametri 15 sm li globusdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |