Nazorat uchun testlar:
1. Sirdaryoning uzunligi necha km?
A) 2540 B) 3019* C) 2504 D) 3091
2. Amudaryoning uzunligi necha km?
A) 2540* B) 3019 C) 2504 D) 3091
13- mavzu. Tabiatshunoslikni o`qitishning moddiy bazasi.
Ma'lumki tabiatshunoslik darslarini qiziqarli, ta'sirchan o`tkazish uchun maktab tabiatshunoslik xonalari katta ahamiyatga ega. Tabiatshunoslikni o`qitish tirik o`simlik va hayvonlar ustida ko`rgazmali va amaliy metodlarni qo`llanish asosida mashg‘ulotlar o`tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab qiladi. Tabiatshunoslik xonasida jonli va jonsiz tabiat bo`yicha kerakli jihozlar mavjud bo`lishi kerak. Probirka, lampa, termometr, har xil hajmdagi o`lchagich idishlar, tasviriy sxematik ekranli ko`rgazmalar, texnik vositalar - diafilm, diapozitivlar, gramplastinkalar (qushlarning ovozi yozilgan) stendlar, jadvallar, tabiiy karta, globus, devoriy gazetalar va hokazo.
Tabiatshunoslik xonasini jihozlash, ko`rgazmali qurollar saqlash tizimini ishlab chiqish, darslarda o`qituvchiga yordam berish - bularning hammasi o`quvchilarda tashkiliy o`quv va mehnat madaniyatini tarbiyalash vositasi hisoblanadi.
Tabiatshunoslikni o`qitishning moddiy bazasini asosan quyida-gilar tashkil etadi:
1. Tabiatshunoslik darslarini jihozlash.
2. Jonli tabiat burchagi.
3. O`lkashunoslik burchagi.
4. Geografiya maydonchasi.
Endi bu tashkil etuvchilarning o`ziga xos xususiyatlariga e'tiborni qaratib, ular nimalardan iborat, ular bilan qanday ishlash kerak kabi masalalarni ko`rib chiqamiz.
Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. o`quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog‘liq holda mehnat faoliyatini ekskursiyalar, predmetli darslar orqali, “O`qish kitobi”-dan tabiatshunoslik mazmunidagi matnlar hamda “Atrofimizdagi olam” darsligini o`qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo`li bilan o`iganadilar. Bu mashg‘ulotlarda o`quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan, ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko`rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar, ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi. o`qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko`rsatuvlar va o`qitishning boshqa texnika vositalari muayyan maqsadni ko`zlab qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |