O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet59/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Proyeksion apparatlar. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq, tiniq diapozitivlarni namoyish qiladigan alloskop va fllmoskoplar kiradi. Sanoatimizda maktab proyeksion apparatlar maxsus qo`llanma bilan biiga tayyorlangan. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o`qituvchi qo`llanma mazmuni bilan tanishgan va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo`lishi kerak.
Tabiatshunoslik dasrlarida kodoskop, ketma-ketlik usulida bajarilgan, tiniq pardada chizilgan maxsus transporantlar, shuningdek, yasama qurollar (rangli sxemalar), rasmlar, kesmalar, yon ko`rinishlar va boshqa o`quv qurollari qo`llaniladi.
Transporant shu bilan qulayki, u har xil jarayonlar (masalan, ko`lni o`t bosishi, manbalar, ya'ni buloqlar hosil bo`lishi, tabiatda suvni doira bo`ylab aylanishi va boshqalar)ni dinamika (harakat)da ko`isatish imkonini beradi. Kodoskop bevosita apparat stolchasida odatdagi flomaster, sharikli ruchka yoki qalam bilan tiniq pardada chizilgan har qanday rasm, sxema yon ko`rinishni ekranda ko`rsatishga imkon beradi.
Ekran vositalari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar) mustaqil rolni bajarishi mumkin. Ekran vositalari devoriy suratlar kabi zaruriyatga qarab namoyish qilinadi. Bir darsning o`zida 5-6 kadrdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ko`rsatilgan suratlarni o`quvchilarning o`zlari tushuntirishlari kerak. Faqat o`quvchi ko`iganlarini noto`g‘ri tushuntirayotganda, mavzudan chetlaganda, muhimlarini ko`rmagandagina o`qituvchining aralashuviga yo`l qo`yiladi.
Tajribalar o`tkazish uchun jihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to`garagida) maxsus jihozlar: o`lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. o`lchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o`lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko`igazmali qurollar do`konlaridan sotib olish mum-kin. Ayrim asboblarni o`quvchilarning o`zlari tayyorlashadi. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbestlangan to`r, probirka qo`yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek, idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar), oq shisha pufakchalari, idishlar to`plami, choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling