O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Muammoli o`qitish keyingi yillarda psixolog olimlar


Download 1.08 Mb.
bet83/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Muammoli o`qitish keyingi yillarda psixolog olimlar, didaktlar, metodistlar, ijodkor o`qituvchilarning e'tiborini tobora ko`proq jalb qilmoqda. Olimlar muammoli darsni quyidagi bosqichlarga bo`lishini taklif qiladilar:

  • muammoli vaziyat yaratish va uning tahlili;

  • muammoni ifodalash (qo`yish);

  • muammo yechimini izlash (avvalgi bilimlarni muhimlashtirish, farazlarni ilgari surish, eng to`g‘ri farazni tanlash va isbotlash);

  • muammoni hal qilish;

  • yechimning to`g‘riligini tekshirish.

Darsda muammoli vaziyat yaratish muiakkab didaktik masaladir. Har bir dais muammoli bo`lishi mumkin va lozim.
Muammoli o`qitishning samaradorligi faqat material chinakam idrok muammoga ega bo`lgandagina bilinadi. Muammoli xarakterdagi darsni o`tish uchun o`qituvchi undagi muammoli vaziyatlarni oldindan ajratishi, qo`yilgan muammoni yechishda o`quvchilar faoliyatining borishini belgilovchi metodik vositalarni aniqlashi, darsning barcha tafsilotlarini puxta o`ylab chiqishi kerak.
Dais shunday taizda tuzilishi kerakki, unda qo`yilgan muammoga bolalarda qiziqish uyg‘onsin, uning bilim olish tizimidagi ahamiyati ko`rsatilsin, yangi bilimlar olishga ehtiyoj tug‘ilsin. Muammoli darsning birinchi bosqichida o`quvchilar qaysi tayanch bilimlarga asoslanib oldilariga qo`yilgan masalalarni hal qilishlari mumkinligini aniqlash zarur. Bu bosqichda o`qituvchining ishi o`quvchilarga yordam berish, ularning faolligini o`quv materiali bilan ishlash va aqliy faoliyat uslublarini to`g‘ri tanlashga qara-tishdan iborat bo`lishi lozim. o`qituvchi tomonidan yo`naltirilgan o`quvchilar vujudga kelgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, idrok qilish vazifasini aniqlaydilar, uni hal qilishga o`zlarining bilim hamda turmush tajribalarini safarbar qiladilar.
Muammoli darsning kelgusi bosqichlari o`quvchilarning o`qituvchi rahbarligidagi mustaqil faoliyatidir. zlanish ishlari jarayonida umumiy muammo jism (narsa) yoki hodisalarning biror muhim belgilarini kuzatish yoki o`rganilayotgan obyektning muhim va muhim bo`lmagan belgilarini aniqlash bilan bog‘liq bo`lgan qator vazifalarga ajratilishi mumkin. Izlanish jarayonida taqqoslash, tahlil, sintez qilish, umumlashtirish kabi fikrlash faoliyati keng qo`llaniladi.
Endi bu o`simliklar bolalarga ekskursiyadan tanish, shunga ko`ra o`qituvchi o`quvchilarning ulaming farqiga bora olishlarini tekshirish uchun savollar beradi. Buning uchun doskaga o`simliklarning nomlari: binafsha, chuchmoma, boychechak, lola deb yozib qo`yiladi. o`quvchilar bu nomlami o`qib, o`simlikni geibariy yoki ko`igazmali quroldan ko`rsatadilar va uning nomini aytadilar.
Keyin sanab o`tilgan o`simliklarning har birini qarab chiqish va ta'riflash taklif qilinadi. o`simliklarning tuzilishlari taqqoslanganda o`qituvchi muammoli o`qitish metodidan foydalanadi, nima uchun lola, boychechak, binafsha, chuchmoma erta gullaganligi aniqlanadi. o`quvchilar o`simliklar tashqi tuzilishining o`xshashligi va xilma-xilligi to`g‘risida xulosalar chiqarishlari kerak.
Bu bilimlar darsda yangi materialni o`rganish va qo`yilgan muammoni butunlay hal qilish uchun tayanch bo`ladi.
Kirish hikoyasi oldidan topshiriqlar bajartirib, o`qituvchi o`simliklardagi o`xshashlik faqat yer usti ildizlaridagina emas, balki yer osti ildizlarida ham bo`lishini belgilaydi va o`z hikoyasini binafsha, chuchmoma, boychechak, lola ildizlarini ko`rsatish bilan tugatadi.
Ikkinchi sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlarini, ularda zarur botanik bilimlar zaxirasining yo`qligini va qo`yilgan muammoning murakkabligini hisobga olib, o`qituvchi o`quvchilarga ko`rsatilgan erta gullovchi o`simliklar to`g‘risida har xil mulohazalar aytishlarini taklif qiladi, e'tiborini barcha erta gullovchi o`simliklarda yer osti qismlari yo`g‘onlashgan bo`lishiga qaratadi. Yer osti qismlariga qarab chiqib va taqqoslab, bolalar boychechak va binafshada ular har xil ekanligini payqaydilar. o`qituvchi binafshaning yerosti qismini ildizpoya, boychechak va lolada - piyozbosh deb atalishini ta'kidlab aytadi. Piyozbosh va ildizpoyada kuzda oziq moddalar to`planadi, ular o`simliklarga erta rivojlanish va gullashga yordam beradi. Keyin o`qituvchi piyozbosh bilan ildizpoyani kesadi va ularning ichki tuzilishini ko`rishni taklif qiladi.
O`quvchilarning ekskursiyadagi kuzatishlariga asoslanib, o`qituvchi erta guilovchi o`simliklarni qayerda (quyosh ko`p tushadigan joylarda) ko`rganliklarini aniqlaydi. Javoblarni umumlashtirib, o`qituvchi o`quvchilarni shunday xulosaga olib keladi: erta gullovchi o`simliklarda yil davomida yer osti qismlarida oziq moddalar to`planadi, ulardan o`simliklarbahoida foydalanadi. Bahoigi o`sish jarayonini kuchayishiga bu xilda to`plangan oziq moddalar yordam beradi. o`simliklaming erta gullashini o`quvchilar oziq moddalar zaxirasining bo`lishi va bahorda haroratning isishi bilan tushuntirishlari kerak.
Shunday qilib, o`quv materialini muammoli bayon qilish uning isbotlanishini va zarur miqdordagi bilimlarning ongli o`zlashtirilishini ta'minlaydi, ularga bo`ladigan qiziqishni oshiradi va bolalar tafakkurini faollashtiradi.
Bundan tashqari, muammoli bayon qilish o`quvchilarga o`zlarining shaxsiy farazlarini aytib, ulardan faqat haqiqatga muvofiq keladiganlarini tanlab olishga imkon beradi, ya'ni mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. Yana shu narsa muhimki, muammoli bayon qilish ancha hissiyotli bo`ladi, shuning uchun ham o`rganishga qiziqishni oshiradi.
Chunonchi, “O`lkamizda kuz”, “Qish” (2- sinf) mavzularini o`rganishda bolalar oldiga quyidagi muammoli savollarni qo`yish mumkin: Nima uchun kuzda qushlar issiq o`lkalarga uchib ketadilar? Nima uchun ba'zi hayvonlar qishda uxlaydi? Nima uchun kuzda sovuq tushadi?
O`quvchilar oldiga u yoki bu muammoni qo`yishda ularning har biri qanchalik dars mazmunidan kelib chiqayotganini, didaktik va tarbiya maqsadlariga xizmat qilishini puxta hisoblab chiqish kerak. Bu talablarga javob bermaydigan muammolarni qo`yish darsda ko`rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatini aniqlashga xalaqit beradi. Shuningdek, o`quvchilar oldiga, ular zarur bilimlarga ega bo`lmasalar, ongli hal qilinishi uchun muammo qo`yish mumkin emas.
O`qituvchi darsning har xil bosqichlarida: materialni tushun-tirish vaqtida, amaliy ish, tajribalarni namoyish qilish jarayoni va hokazolarda uning mazmuniga qarab, muammoli vaziyatlar hosil qilish va muammoli savollar qo`yishi mumkin. Faqat shuni esda tutish kerakki, tabiatshunoslikni o`qitishga muammoli yonda-shishda yetakchi rolni o`qituvchi o`ynaydi, o`quvchilarning fikrlash mustaqilligi, amaliy va aqliy ishlari ularning bilish faoliyatiga o`qituvchi doimo izchillik bilan va mohirona rahbarlik qilganda muvaffaqiyatli rivojlanadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling