Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Boshlang‘ich sinflar tabiatshunoslik fanidan ekskursiya darslarini takomillashtirish yoilari haqida ma'lumot yig‘ing.
2. Hoziigi zamon maktablarida ekskursiya darslarining innovatsion va integratsiyalash xususiyatlarini yoritib bering.
3. Tayanch maktablarida tabiat qo`yniga ekskursiyalar tashkil etish va o`tkazish uslublarini tahlil qiling.
Nazorat uchun test savollari
1. Tabiatshunoslik darslarida gigienik talablar . o`z ichiga oladi.
A) o`quvchilarning goyaviy siyosiy, mexnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini
V) darslar o‘tkazishni aniqligini, vaqtdan oqilona foydalanish, dars temasi, maqsadi va vazifalarini to‘gri qo‘yishni
S) sinfni tozaligi, harorati, yoritish normasini
D) o`quvchilarning ruxiyatini to‘la o‘rganishni
E) o`quvchi va o`qituvchining tashqi ko‘rinishini
2. Kaysi tipdagi darslarda o`quvchilar sinfda tabiiy ob’ektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari xamda xodisalari to‘grisida muayyan konkret bilimlar yig‘indisini ola oladilar.
A) mustahkamlash darsi
V) yangi materialni o‘rganish darsi
S) predmetli dars
D) eskursiya darsi
E) o`quv uchastka darsi
18 -mavzu. Tabiatshunoslik ta'limida turli uslublardan foydalanish, muammoli ta'lim va o`quv jarayonida undan foydalanishni amalga oshirish.
Reja:
Tashkiliy uslublar.
Texnik uslublar.
Muammoli o`qitish keyingi yillarda psixolog olimlar.
Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o`qitish elementlari.
Metodik uslublar xilma-xilligi ularni bir tizimga keltirishni talab qiladi. Ular mantiqiy, tashkiliy va texnikaviy xarakterda bo`lishi mumkin. Berilgan jadvalda amaliyotda ancha ko`p uchraydigan metodik uslublar keltirilgan (“Metod va metodik uslublar”jadvali).
Shunga e'tibor berish kerakki, barcha metodlarda bir xil mantiqiy uslublardan: belgilarni aniqlash, o`xshashlik va farqiga qarab obyektlarni solishtirish, xulosalar chiqarish, umumlashtirishdan foydalaniladi. Bu hol barcha metodlarning o`quvchilar tafakkuri va ularning ishdagi mustaqilligini rivojlantirishda muhim imkoniyatlarni ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |