O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet82/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Tashkiliy uslublar bilan o`quvchilarning diqqati, qabul qilishi va ishi yo`naltiriladi.
Texnik uslublarga har xil jihoz, yordamchi vosita va materiallardan foydalanish kiradi. Qo`llaniladigan metoddagi metodik uslublarning o`rnini tasavvur qilish uchun ushbu misollarni ko`rib chiqamiz.
Buni o`qituvchi amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanayotganda nazarda tutishi kerak.
Metod amaliy, uning turi aniqlash (masalan, o`simlik barglarining shakllarini aniqlash)dir.
Mantiqiy uslub barg shakllarining belgilarini aniqlash bo`lib, ulami ko`rsatmaviy jadvaldagi tasvirlar bilan solishtirish, xulosa chiqarish, shaklni aniqlashdan iboratdir.
Tashkiliy uslublarda - masalan: baiglarning shaklini aniqlash bo`yicha individual (hamma o`quvchilarga bir xil) ish tanlanadi. Ish ko`rsatmaviy jadval bo`yicha bajariladi, bu texnik uslubdir.
Natijalarni qayd qilish jadvalini to`ldirish, rasm chizish, gerbariy daftariga barglarni yelimlashdan iborat bo`ladi. Metodik uslublarni turli-tumanligi, ayniqsa, ularning birga olib borilishi o`qituvchining ijodiy tashabbusi va pedagogik mahoratini oshiradi. Shu jumladan, maktabdagi o`qitish o`quvchini turmushga, jamiyatdagi foydali mehnatga tayyorlashning zaruriy bosqichidir. Tabiatshunoslikni o`qitishda ham o`quvchilarning bir qator faoliyatlari rivojlantiriladi:
1. Boshlang‘ich sinflarda kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida atrof tabiat haqida aniq tasavvurlar hosil qilinadi va shu asosda tizimlashgan bilimlar berib boriladi. Bunga: bolalarning erta yoshdan hayvonlarning farqiga bora olishlari, yesa bo`ladigan va zaharli o`simliklar (rezavor meva va zamburug‘lar)ni bilishlari, Quyosh va kompasga qarab tomonlarni aniqlay olishlari, ob-havo belgilariga ahamiyat berishlari, tabiatning oddiy hodisa-larini tushuna olishlari, yil fasllarining farqlay bilishlari misol bo`la oladi.
2. Tabiatshunoslik predmetlarini o`qitish to`g‘ri yo`lga qo`yilganda bolalarga tabiatga muhabbat singdiriladi, o`simlik va hayvonlarga qiziqish vujudga keltiriladi, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va ma'noli nutq rivojlantiriladi.
3. Tabiat hodisalarini kuzatish o`quvchilarga taqqoslash, utnumlashtirish, o`z taassurotlarini og‘zaki va yozma bayon qilish uchun xilma-xil aniq material beradi.
4. O`quvchilarning jonli tabiat bilan muloqotda bo`lishi (to`qnashishi) ularning jismoniy mehnat va estetik tarbiyasi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham o`quvchilar tabiat bilan qanchalik ertaroq tanishsalar, tabiatning ular tarbiyasi va aqliy rivojlanishiga ta'siri shunchalar ijobiy boiadi.
Albatta, bu maqsadlarga erishish uchun tabiatshunoslikni o`qitish metodlarini yanada takomillashtirish kerak.
Boshlang‘ich sinf o`qituvchilarining e'tibori o`quvchilar bilan ishlash tadqiqiy metodiga qaratilmog‘i zarur, chunki bu metod keng bilimlar beribgina qolmay, bolalarni mnstaqil bilim olishga ham o`igata oladi.
Tadqiqiy izlanish faoliyatida o`quvchilarning bilish faolligini rivojlantirish muammoli o`qitishning asosidir. Bu tabiatshunoslik darslariga ham taalluqlidir, chunki unda tayyor ilmiy bilimlarni bayon qilish va ularni tushuntirish bilan bir qatorda materialni muammoli bayon qilish tobora ko`proq qo`llanila boshlanadi. Muammoli o`qitishni o`z ichiga olgan darslarda o`quvchilarga yangi ma'lumotlarni o`zida saqlagan masalalarni hal qilish taklif qilinadi. Bundan o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo`llash usullarini egallashlari ko`zda tutiladi. Bunday masalalardan bilimlarni tekshirishda o`zlashtirishning chuqurligi va onglilikni aniqlash uchun foydalaniladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling