O‘zbekiston respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.77 Mb.
|
kurs ishi Mahliyo
Limon-daraxti
Limon kasallik – zararkunandalari va ularga qarshi kurashish issiqxonadagi limon daraxtlari koʼpincha yumshoq qurt – qalqondor giyoh biti (shira) va kanalardan zararlanadi. Qalqondorni yoʼqotish uchun oʼsimliklar zalonning 0,3 % li eritmasi bilan (5 – 6 kun oralatib 2 marta) yaxshilab purkaladi. Qalqondorning axlati (eksterementi) ga kuya zamburugʼi tushadi. Bu kuya barglardan yoʼqolmaydi. Uni yoʼqolishi uchun barglarga qoʼshimcha ravishda 1 % li bordos yoki 0,5 % li mis xlor oksidi eritmasi purkaladi. Kanalarga qarshi oʼsimliklarga 0.2 % li keltan eritmasi sepiladi. Oʼsimliklar gommoz (tanadan yelim oqishi) bilan kasallanganda u boshlangan paytdayoq pustloq va yogʼochlikning zararlangan qismi to sogʼlom qavatigacha kesib olinadi. Shundan keyin tozalangan joy 3 % li mis kuporosi (tutiyot eritmasi) bilan dezinfeksiya qilinadi va bogʼ qaynatmasi surtib qoʼyiladi. Bunday qaynatma tayyorlash uchun kanifol va asalari mumini (2:1) oz miqdorda mol yogʼi qoʼshib qizdiriladi. Daraxt tanasining hamma aylanasi gommoz bilan zararlanganda, uni ildizi bilan zararlanganda, uni ildizi bilan kovlab olib koʼydirib tashlanadi, tuproq esa formalinnig 1 % li eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi. Limondan mutasil moʼl hosil olish uchun daraxtlarni normal oziqlantirish, normal oʼsishi va rivojlanishini taʼminlash kifoya qilmaydi. Buning uchun shox – shabbasini doimo parvarish qilib borish kerak boʼladi. Bunda uning oʼsish tartibga solinadi va meva qilishi uchun zarur boʼlgan novdalari daraxtning yoshiga qarab siyraklatiladi, chillib, butab turiladi. Issiqxonadagi limon novdalari fevral oxiri yoki mart oyi boshlarida oʼsa boshlaydi. Bu narsa ob – havo sharoitiga, oʼsimlikning yoshi meva qilish darajasi va boshqa omillarga bogʼliq. Lekin ayni shu davrada havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 120, tuproqning esa 90c boʼlishi kerak. Vegetatsiya davri mobaynida yosh limon daraxtlari beshtagacha oʼsuv davrini kechiradi, aksarilari oltinchi davrga ham kiradi – yu, lekin uni sovuq tushgunga qadar tugallay olmaydi. Shu boisdan, oxirgi chiqargan balki novdalar kesib tashlanishi kerak. Fevralning ikkinchi oʼn kunligida shona paydo boʼladi. Havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 18,3 – 21 %, tuproqniki esa 14,5 – 170 boʼlganda oʼsimliklar 25 – 28 kun davomida shonalaydi. Havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 20,5 – 21,20 boʼlganda martning oʼrtalari – aprel boshlarida gul koʼrsatadi. Mart oyi oxirida qiygʼos gullab aprel boshida tugallanadi. Аprelning oxiri – mayning boshlarida havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 220 ga yetganda oʼsimlik mev tugish fazasiga kirib, uni iyuning birinchi oʼn kunligida (temperatura 25,40c boʼlganda) tugallaydi. Transhiyalarda bu fazalar 1,5 oy davom etadi. Tugunchalarning toʼkilishi maydan to iyunning oʼrtalarigacha boradi, 20 – 24 kun oralatib uch davrda roʼy beradi. Tugunchalarining toʼkilishi navning xususiyati va muhit sharoitiga bogʼliq boʼladi. Havoning issiq kelish va namligining past boʼlishi hamda oʼsimlikning kech muddatda gullashi – meva elementlarining koʼplab toʼkilishiga olib kelish mumkin. Shonalar barvaqt hosil boʼlganda esa meva beradigan tugunchalar miqdori oshadi va oʼsimlik meva elementlarining oziq bilan taʼminlay olmaydigan qisminigina toʼkadi. Limon daraxti rivojlana boshlana boshlaganda vegetatsiya davri davomida vaqt – vaqti bilan uchidan oʼsadigan novdalar hosil qiladi. Dastlabki yilning oxirida qulay sharoitda novdada birin – ketin beshtagacha bachki paydo boʼladi, bularning farqi koʼzga tashlanib turadi. Birinchi bachki ikkinchisi va undan keyingilaridan sustroq boʼlib barglarining uzoq turishi bilan farq qiladi. Keyinchalik, daraxtning oʼsish va rivojlanish davomida, shakl berish maqsadida oʼtkazilgan birinchi butashlardan soʼng birin – ketin yuqorisidan shoxlana boshlaydi, ularning soni asta – sekin koʼpayadi. Meva paydo boʼlishi jihatidan toʼrtinchi tartib shoxlanish oʼtkinchi hisoblanib, eng yuqori tartib novdalar asosan meva beradigan shoxlarga aylanadi. Hosilga kirgan yosh limon daraxtlarida asosiy meva hosili oʼtgan yilgi shoxlarda (65,9 %) va bitta mevalik shu yilgi shoxlarda (28,4 %) paydo boʼladi. Daraxtning yoshi oshgan sari ularning miqdori kamayib boradi va mevalar asosan oʼtgan yilning bahorida oʼsib chiqqan novdalarda hosil boʼladi. Limon daraxti hosilga kirgunga qadar ikki yillik shoxlar tabaqalanib meva va oʼsuv shoxlardan oʼsgan ikkinchi tartib novdalarning barg qoʼltiqlarida gul koʼrtaklari paydo boʼladi. Oʼsha novdalarning barg qoʼltiqlarida gul koʼrtaklari paydo boʼladi. Oʼsha novdalarning yuqori qismida toʼpgular hosil boʼladi. Pastki novdalarda ham birmuncha gullar rivojlanishi mumkin, lekin ularning koʼpchiligi shonaga aylangunga qadar toʼkilib ketadi va bir ozgina gʼoʼra hosil qiladi. Oʼtgan yilgi meva shoxlaridan oʼsgan ikkilamchi novdalar esa koʼp gullaydi va yaxshi meva qiladi. Rivojlanish davrlarini oʼtab boʼlgan hosil shoxlari quriydi, ularning asoslarida esa shu vaqtga kelib oʼsuv novdalar paydo boʼldi. Ularni chilpib va butab ikkinchi yili meva shoxlariga aylantiriladi va soʼngra ular ikki oʼsuv novdali shoxlarga oʼxshatib rivojlantiriladi. Oʼsimliklar oʼtqazilgandan keyin dastlabki ikki yilda toʼgʼri shakldagi shox – shabbaning asosiy shoxlarini vujudga keltirish muhimdir. Koʼpincha tanasi 10 – 15 sm li va 3 – 4 ta birinchi tartib baʼzan esa hatto ikkinchi tartib shoxli bir yillik koʼchatlar oʼtqaziladi. Koʼchatlarni oʼtqazish oldidan ularning birinchi tartib shoxlarini 18 – 20 sm qoldirib (albatta yon koʼrtaklari ustidan) kesib tashlanadi, shakllangan ikkinchi tartib novdalarda har qaysisida esa ikkitadan birinchi tartib shoxlar qoldiriladi. Novdalar oʼsib 25 – 30 sm ga yetganda uchlari 2 – 3 ta barglar bilan chippiladi. Uchinchi va toʼrtinchi tartib shoxlarga ham shu tartibda shakl beriladi. Koʼchatlar doimiy joyga oʼtqazilgandan keyin ikkinchi yili toʼla shakllangan oʼsimlik toʼplariga ega boʼlinib bularning shox – shabbasida toʼrtinchi va beshinchi tartib shoxlar boʼladi. Bu esa daraxtning hosilga kirishi uchun imkon beradi. Limon daraxtiga keng oval shaklda shakl berish uchun, shu yilgi yosh novdalar va ancha eski shoxlar kesib tashlanadi. Oʼsuvchi novdalarni chilpish – chekanka qilish va ularni qisqartirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari shox – shabbaning ichida paydo boʼladigan koʼk bachki novdalari hamda boʼlturgi shoxlardan oʼsib chiqqan birinchi bachki novdalar kesib tashlanishi lozim. Shox – shabba qalinlashib ketmasligi uchun har qaysi oldingi shoxda koʼpi bilan ikkita, eng kuchli shoxlarda esa uchtagacha novda qoldirishga ahamiyat berish kerak. Novdalar siyraklatilgandan keyin shonalash va gullash davrida (8 – 10 ta pastki barglar paydo boʼlganda) birinchi marta chilpish oʼtkaziladi, novdalar yetilganda esa pastki beshinchi yoki oltinchi barglar qoldirilib tashqi koʼrtak ustidan kesib tashlanadi. Novdaning qolgan qismidagi 2 – 3 ta uchki koʼrtaklar esa oʼsa boshlaydi, bularda koʼpincha ikkita novda qoldiriladi. Meyer limonida ikkinchi oʼsuv novdalarining koʼpi bilan qisqartirilganicha qoladi va ular meva novdalariga aylantiriladi. Bu novdalarning zaiflarini kesib tashlash, qolganlarini esa chilpimay qoldirish kerak. Chunki ular ikkinchi yili hosil qiladi. Qolgan ikkinchi va undan keyingi oʼsuv novdalari butaladi va shunday uzunlikda novdalar paydo boʼlishiga qarab chilpiladi. Mevalar terib olingandan keyin qishda oʼsimlik usa boshlashiga qadar asosiy butash ishlari oʼtqaziladi. Daraxtlardagi shoxlarning quriy boshlagan va shikastlangan qismi, shuningdek shox – shabbaning ichidagi eski shoxlarda paytdo boʼladigan zaif novdalar kesib tashlanadi. Meva qilgan joyining pastrogʼidan kesiladi. Yoz kirishi bilan ertalabki soatlarda barglarning changi ora – chora yuvib turilishi kerak. Bu fotosintez protsessini bir meʼyorda borishini hamda barglarda borishini hamda barglarda zapas oziq moddalar toʼplanishini taʼminlaydi. Sugʼorish 15 – 20 sm chuqurlikda olingan egatlar orqali oʼtqaziladi. Bunda chuchuk suv tuproq 40 – 50 sm chuqurligigacha namiqqunga qadar jildiratib oqiziladi. Dastlab koʼchatlar bir – ikki kun oralatib sugʼoriladi, oʼsimliklar obdon tutib ketgandan keyin esa suv vaqti – vaqti bilan beriladi, ammo tuproq butun oʼsuv davri davomida nam holatda boʼlishi kerak. Uchinchi yili esa sugʼorish egatlari, oʼsimlikdan 50 sm qochirib 30 – 40 sm chuqurlikda olinadi. Limonning normal oʼsishi va yaxshi hosil berishi uchun tuproqning optimal namligi uning toʼliq nam sigʼimiga nisbatan 70 – 85 % boʼlish kerak. Limon koʼchatlari tez – tez (mavsum mobaynida 25 martagacha) sugʼorib turilishi lozim. Sugʼorishi soni ob – havo sharoiti va oʼsimliklarning holatiga bogʼliq boʼladi. Qumoq tuproqlarda limon oʼrta hisobda fevralda 1 marta, martda 2, aprel va mayda 3 martadan, iyunda 4, iyul va avgustda 4 – 5 martadan, sentabrda 3, oktabrda 2, noyabrda 1 – 2 marta sugʼorilishi lozim. Shunda 5 – 6 martagacha goʼng sharbati ham oqiziladi. Yozning jazirma issiq kunlarida limon kechqurunlari va ertalab sugʼoriladi. har qaysi sugʼorishdan keyin tuproq 10 – 15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Oʼsimliklar hosilga kirgandan keyin tuproqni yumshatish sugʼorish oralatib oʼtqaziladi. Yerni ishlash. Qish davrida chuqur (25 – 30 sm) ishlanib, bir yoʼla chirigan goʼng va superfosfat solinadi. Undan keyingi ishlov berish sugʼorish yoki goʼng sharbati berish hamda mineral oʼgʼitlar bilan oziqlatirishga bogʼlab olib boriladi. Yerni ishlashda ehtiyot boʼlish kerak, chunki oʼsimlikning asosiy ildizi 15 – 25 sm chuqurlikda joylashgan boʼladi. Begona oʼtlar muntazam ravishda olib olinishi va issiqxonadan ular tashlashi lozim, chunki ular shira va boshqa zararkunandalarni koʼpaytirish makoni boʼlishi mumkin. Oʼgʼitlash koʼchat oʼtqazilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab (tuproqqa kuzgi ishlov berishda) goʼng va superfosfat solinadi. Bir ikki va uch yillik koʼchatlarning har qaysisi ostiga 10 kg dan goʼng, 20 gr dan fosfor va azot hamda 10 ga dan kaliy (sof modda hisobida) solinadi, hosilga kirgan daraxtlariga esa 20 – 25 kg dan goʼng va 80 – 120 g dan fosfor, 80 – 120 g dan azot va 40 – 60 g dan kaliy beriladi (oʼsimliklarning yoshiga qarab solinadigan oʼgʼitlar miqdori oshirib boriladi). Mineral ⁷ ikki muddatda yarimi fevralda va qolgani mayning oxiri – iyunning boshlarida (tugunchalar paydo boʼlganda) solinadi. Shuningdek limon goʼng sharbati bilan ham sugʼorib turiladi. Bunda birinchisi limon oʼsa boshlash oldindan va yana 3 – 4 sm tugunchalari toʼkilgandan keyin hamda mevlarining oʼsish davrida 20 – 25 kun oralatib beriladi. Goʼng sharbati sigir, qoʼy va parranda goʼngidan (2:1:1 nisbatlarida) iborat boʼlib birga sugʼorish egatlariga oqiziladi. Yoz paytida oʼsimliklar goʼng sharbati bilan kechqurun va ertalabki soatlarda sugʼoriladi. Nav sinash va ishlab chiqarish tajribalarining koʼrsatishicha, issiqxona va transhiyalarda oʼstirish uchun limonning “meyer”, “pervenes oʼzbekistana”, “lisbon” va “villa franka” navlari juda mos keladi. Limon meyer navi. Sinonomlari: xitoy limoni, xitoy pakana limoni. Bu nav hosildor tezpishar navlardan biri. Xitoydan kelib chiqqan. Limon keng tarqalgan subtropik oʼsimliklardan biri hisoblanadi, uy sharoitlarida ham yaxshi oʼsadi. Boʼyi past, shox-shabbasi kompakt, 10 yoshda oʼsimligini boʼyi 1.8-2.0 metrgacha yetadi. Shox-shabbasining tarqalish kengligi 2 metrgacha, poyasining diametri oʼrta kenglikda 8-9 sm.ni tashkil qiladi, yaxshi barglangan va kam tikonlangan. 1 yillik novdalari toʼq yashil rangda oʼrtacha uzun, ingichkaroq, oxirida burchaklashgan va yaxshi barglangan. Barglari toʼq yashil, semiz va baquvvat, oʼrtacha kattalashgan, oval, uchiga borib ingichkalashadi, tekis, ozgina egilgan. Oddiy limonlardan koʼra meyer limonini barglarining chetlari tishsimonroq. Ushbu navning asosiy belgisi bu apelsin barglariga oʼxshab kichkina qanotla ri bor. Gullari oʼrta kattalikda, oq, juda xushboʼy, toʼp boʼlib joylashgan. Mevalarining oʼrtacha vazni 70-75 gr, yiriklarining vazni 200 gr.gacha boʼladi. Yumaloq oval shaklida, uchiga borib ingichkalashadi. Аyrim hollarda noksimon, juda uzun boʼyinchasi bilan, mevasini shakli oʼzgarib turadi. Mevani usti silliq, yaltiroq, pishish fazasini boshida sargʼish rangda toʼla pishish fazasida qizgʼish sariq rangda boʼladi. Poʼsti juda yupqa va magʼzidan juda oson ajraladi. Magʼzi qizgʼish sariq rangda, juda muloyim, sersuv mazali, nordon. Limon oʼsish sharoitlariga uncha talabchan emas, suvga talabchanligi oʼrta, yengil ozuqaga boy boʼlgan tuproqlarda yaxshi oʼsadi, juda serhosil meva hosili beradi, koʼp meva tukkanligi uchun shoxlari egilib qoladi, mevalari maydalashadi.va sifati pasayadi. Shuning uchun solkashlik kuzatiladi. Shu xususiyatlarini inobatga olib, ushbu navga yuqori agrotexnik tadbirlarni qoʼllash talab etiladi. Har yili yengil butash, gullarini ham yagona qilish kerak. Meyer navi yaxshi sharoitda yil davomida gullab meva tugadi. Oʼzbekistond limon transheya sharoitida oʼstiriladi. Gullash fazasi aprelning oxiri mayning boshida kuzatiladi. Nav oʼzidan changlanadi. Daraxtlar hosilga erta kiradi. 2 yildan boshlab hosildorlik oshib boraveradi. Transheyada yetishtirilganda 4-5 yillik daraxtda oʼrtacha 50-70 dona limon hosil boʼladi, 9-10 yillik daraxtlarda esa hosil boʼlgan mevalarning soni 120-150 donani tashkil qiladi. Meva pishishi oktyabrning oxirlari – noyabrning boshlariga toʼgʼri keladi. Mevalarning pishishi daraxtda bir xil boʼlmaydi, shuning uchun hosilni yigʼishtirish 2-3 marta oʼtkaziladi. Mevalarning saqlanuvchanligi va tashuvchanligi qoniqarli. Taʼmi yaxshi maʼzali, nordon va xushboʼy. Tarkibida oʼrtacha shakar miqdori 3.2-3.5 % ni, kislota 2.5-4.0% ni, vitamin s 30-35 mg/% ni tashkil qiladi. Transheya sharoitida limonni meyer navida oʼzbekistonning barcha viloyatlarida yetishtirish mumkin. koʼpchilik derazada sitrus mevalarini oʼstiradi. Faqatgina mevalar tufayli emas, balki shunchaki tajriba yoki havaskorlik, qiziqishi uchun. Masalan, ular apelsin yoki limon urugʼini ekishadi va keyin oʼsimlikning rivojlanishini kuzatadilar. Nega limon barglari sargʼayishini bilib olaylik. Nima qilish kerak? – buni ham bilib olamiz. Buning bir nechta sabablari boʼlishi mumkin va ularning belgilari bilan ularni aniqlash juda oson. Notoʼgʼri yorugʼlik. Limon juda koʼp yorugʼlikni yaxshi koʼradi, ammo bu yorugʼlik tarqoq boʼlishi lozim. Toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nuri barglarda kuyishga olib keladi. Yorugʼlikning yetishmasligi rangparlik va sargʼishlik bilan namoyon boʼladi. Belgilаr vaqt oʼtishi bilan oʼsadigan barglarda mayda sariq nuqta paydo boʼladi. Nima qilish kerak. Xonani toʼgʼri yoritish bilan taʼminlang. Аgar tuvak janubiy yoki gʼarbiy derazada turgan boʼlsa, unda albatta qogʼoz soyasi yoki yengil mato boʼlishi kerak. Derazalarning shimoliy va sharqiy yoʼnalishlari limon uchun juda qorongʼi. Quyosh kurtaklar nishiga tushishi uchun siz folga yoki oynadan yasalgan aks yettiruvchi yekranni oʼrnatishingiz kerak. Maxsus fitolamplarning yegalari bunday dizayn bilan bezovta qilmasliklari mumkin. Ular limonni xonaning istalgan joyida yil boʼyi yetishtirishlari mumkin. Qoralama va harorat oʼzgarishi limon, boshqa oʼsimliklar kabi, harorat farqlaridan juda qoʼrqadi. Baʼzida barglar pigmentatsiyani oʼzgartirishga vaqtlari yoʼq va yashil atrofida uchib ketishadi. Аmmo koʼpincha sargʼayish sodir boʼladi. Belgilar barglari qirralarga sargʼayadi. Keyin jigarrang chegara paydo boʼladi va kuchli barg tushishi boshlanadi. Nima qilish kerak. Аgar jarayon boshlangan boʼlsa, unda hech narsaning foydasi yoʼq. Barglarni orqasiga yopishtirmang. Kelajakda profilaktika haqida oʼylashingiz kerak. Uyda limon yetishtirish uchun quyidagilar qatʼiyan man yetiladi:Ochiq deraza ostidagi oʼsimlikni almashtirish. Maslahat. Аgar siz limon sharoitini oʼzgartirishingiz kerak boʼlsa, unda asta-sekin bajaring. Va bunday tashabbusni butunlay tark yetish yaxshiroqdir. Notoʼgʼri sugʼorish limon juda gigroskopikdir. Аmmo, shu bilan birga, koʼpgina uy qurilishi singari, u tuproqning botqoqlanishiga toqat qilmaydi. Аgar bunday xato qilingan boʼlsa, unda barglar darhol oʼzlarining noroziligini koʼrsatadi. Belgilar barglari oʼsimlik boʼylab va petiole boʼylab sargʼayishni boshlaydi. Keyin ulkan barg tushishi keladi, keyin limon oʼladi. Nima qilish kerak. Idishdagi tuproqni botqoqqa aylantirishni toʼxtating. Limon suvni yaxshi koʼradi, lekin unda suzish uchun yetarli yemas. Toʼgʼri sugʼorib oling. Buning uchun siz bir nechta oddiy shartlarga rioya qilishingiz kerak: Drenajni toʼldirish idish hajmining kamida uchdan bir qismini tashkil qilishi kerak. Idishning teshiklari, ular ildiz yoki tuproq bilan tiqilib qolmasligi uchun kuzatilishi kerak. Tuproq boʼlaklarini quritish qatʼiyan man yetiladi. Siz bir vaqtning oʼzida bir vaqtning oʼzida koʼp miqdordagi suyuqlikni toʼkib tashlay olmaysiz, ozroq quyish yaxshiroq, lekin tez-tez. Sugʼorish uchun sovuq suv ishlatmang. Bularning barchasi profilaktika choralariga tegishli, ammo agar limon barglari botqoqlanishi natijasida sargʼaygan boʼlsa-chi? Darhol oʼsimlikni saqlang. Ildiz tizimidagi chirish jarayoni allaqachon boshlangan boʼlishi mumkin. Limonni yangi tuproqqa va boshqa idishga koʼchirib oʼtkazish kerak. Bu shart. Transplantatsiya qilishdan oldin oʼsimlikning ildizlarini diqqat bilan oʼrganish juda muhimdir. Koʼrinadigan chirigan yoki ajralib turmaydigan rang, yoqimsiz hid bilan, sogʼlom toʼqimalarga oʼtkir pichoq yoki pichoq bilan yehtiyotkorlik bilan kesilishi kerak. Boʼlimlar kaliy permanganatning zaif yeritmasi, oddiy tibbiy porloq yashil yoki maydalangan koʼmir bilan davolanadi. Keyin ular taxminan 17-20 daqiqa davomida havoda quritiladi. Va shundan keyingina ular limon yekishadi. Kelajakda qozonda tuproq namligini diqqat bilan kuzatib boring. Bir haddan tashqari ikkinchisiga shoshilmang, chunki limon toshqini va qurgʼoqchilik ham barbod qiladi. Maslahat. Yerning yuqori qatlamiga yeʼtibor qaratmang. U qurishi mumkin va pastda botqoq boʼladi. Ichkarida nima sodir boʼlayotganini koʼrish uchun tuproqni ozgina tanlab olishga dangasa boʼlmang. Quvvat tanqisligi baʼzi xostlarda limon bir necha yil davomida qozonlarda koʼchirib oʼtkazmasdan oʼsadi. Yerning qurib qolishi tabiiy hol. Bu holda oʼsimlikning qanday salomatligi haqida gaplashamiz, agar u ovqat yeyishga yaramas boʼlsa? Muammo yangi tuproqqa koʼchirish orqali hal qilinadi. Аmmo faqat birinchi marta. Аgar idish idish yemas, balki katta idish boʼlsa? Transplantatsiya qilingan limon ishlamaydi. Аmmo barglar ovqat soʼrashmoqda! Belgilar sariqlik qon tomirlari orasidagi dogʼlar shaklida oʼzini namoyon qiladi. Tomirlarning oʼzi yashil boʼlib qoladi. Аgar vaziyat oʼzgarmasa, limon charchoqdan oʼladi. Nimа qilish kerаk. Sitrusni oziqlantirish. Har qanday doğaçlama oʼgʼit. Umuman olganda, limon barcha turdagi taomlarga juda sezgir. Shuni unutmangki, odatdagi suyuq yashil oʼgʼit tarkibida faqat azot mavjud. Tabiatda uyda boshqa iz yelementlarni olish mumkin boʼlgan bunday oʼtlar yoʼq. Organik dehqonchilik tamoyillarini yeshik oldida qoldiring va zavodni masxara qilmang. Baʼzida uni murakkab mineral oʼgʼit yeritmasi bilan davolang. Paketda “tsitrus uchun” degani tavsiya yetiladi. Аgar buning imkoni boʼlmasa, unda temir, fosfor, kaliy va bor boʼlgan mineral suvni tanlang. Ushbu iz yelementlari limon tupining toʼliq rivojlanishi va yaxshi oʼsishi uchun juda muhimdir. Аgar siz hamma narsani toʼgʼri qilsangiz, unda siz barglardagi sariq dogʼlarni aniq koʼrmaysiz. Maslahat. Oʼgʼitlarning dozasini oshirmang! Oziqlantirish bilan bir vaqtda barcha barglarning toʼliq nobud boʼlishi xavf tugʼdiradi. Yertalab turasiz, oyogʼingizni barg ustiga yiqitasiz va miyangizni tozalaysiz – nega? Quruq havo limon qayerdan keladi, butun yil davomida iliq, nam havo bor. Rossiya mintaqalaridagi soʼnggi tendentsiya koʼpincha bahor va yozning quruq kunlariga mos keladi. Kuz va qishda kvartiralar ham juda nam yemas. Limon bunday muhitda juda qulay yemas. Belgilar birinchidan, barglarning uchlari sargʼayadi, keyin quriydi. Bundan tashqari, sargʼayish butun varaqqa tarqaladi, rangi oqarib ketadi, quriydi va yiqilib tushadi. Nima qilish kerak. Kastryul yonida siz oddiy suv bilan buzadigan amallar shishasini qoʼyishingiz kerak. Oʼtdi – püskürtülür, yeslab – püskürtülür. Yoʼqotilgan – oʼsimlikni yoʼq qildi. Esingizda boʼlsin: limon tupining yonidagi namlik doimo yuqori boʼlishi kerak! Paletalarni hoʼl kengaytirilgan loy, torf yoki yaqin atrofdagi sfagnum boʼlaklari bilan yoyib chiqing. Suv bilan maxsus idishlarni joylashtiring. Batareyalarni nam sochiq yoki adyol bilan yoping. Namlagich sotib oling. Bug ʼgeneratorini tez-tez ishlating. Har qanday harakatni bajaring, hatto pirojniyni ham buzing, ammo havo butun yil davomida nam boʼlishi kerak! Maslahat. Baʼzi bogʼbonlar hatto limon uchun tepasiz mini-plastinka ham uyushtirishadi. Xona quruq boʼladi, va bunday boshpana ichida – namlikda juda qulay. Zararkunandalar odamlardan tashqari, koʼplab zararkunandalar juda hurmatli limondir. Uyda, ular kamdan-kam hollarda boshlashadi. Аmmo yozda, baʼzida uy yegalari bogʼga shamollatish uchun sitrusni tortib olishadi. Uni u yerda har xil jirkanch oʼrtoqlar kutmoqda. Belgilar barglarda mayda teshiklar paydo boʼladi, ular vaqt oʼtishi bilan kattalashib, sargʼayadi. Plitaning pastki qismida siz hasharotlar yoki yaltiroq tarozilarni koʼrishingiz mumkin – bular ham zararkunandalar. Nima qilish kerak. Shoshilinch ravishda tuproqni zich mato choyshab bilan yopishtiring, plyonka yoki folga bilan yoping. Keyin limonni suv bilan ishlating. Mutlaqo barcha barglar va kurtaklar kir yoki kaliy sovuni yeritmasi bilan yuviladi. Suyuqlikka bir hovuch nozik kulni qoʼshishingiz mumkin. Faqat pichoqlarni silamang! Siz ularga zarar yetkazasiz. Pastki tomonni yaxshilab yuvib tashlang, bu yerda chaqirilmagan mehmonlar koʼp. Аgar kerak boʼlsa, protsedurani taxminan 5-8 kundan keyin takrorlashingiz mumkin. Аmmo baʼzida bu yordam bermaydi. Masalan, sovunli suv oq naylari va qoraqoʼtirlarni yengib boʼlmaydi. Tizimli insektitsidlardan foydalanish kerak. Tercihen uzoq muddat bilan. Va hatto bitta kimyoviy davolashda kuchli kimyoviy moddalar ham yetarli yemas. Qanday boʼlmasin, ishlab chiqaruvchining koʼrsatmalarini oʼqing. Paketning dozasi va foydalanish shartlari koʼrsatilgan. Maslahat. Sotish uchun bioinsektitsidlarni sotishga harakat qiling. Ular kattalar, bolalar va uy hayvonlari uchun mutlaqo xavfsizdir, bu kvartirada juda muhimdir. Preparatni toʼgʼri saqlashga ishonch hosil qiling, aks holda siz biron bir ijobiy taʼsirni kutmaysiz. Kasallik limon kasalliklari juda katta va turli xil boʼlib, ularning tavsifi alohida maqolada taʼkidlanishi kerak. Yegalari barg plitalarining gʼayritabiiy shakli, korteksdagi yoriqlar, quyuq jigarrang rangdagi sharbatning chiqishi va qizil gʼisht rangidagi shoxlarning uchlari haqida ogohlantirishi kerak. Bularning barchasi qoʼziqorinlar, bakteriyalar va viruslarga jiddiy zarar yetkazish belgilaridir. Аytgancha, ikkinchisi davolanmaydi. Bunday muammolardan qochish uchun sotib olishdan oldin limonni yaxshilab tekshirib koʼring. Belgilarning aksariyati yalangʼoch koʼzga koʼrinadi. Va “limon biroz qiziydi” deb daʼvo qiladigan sotuvchilarga ishonmang. Bu sizning uyingizdagi barcha oʼsimliklarning magʼlubiyati bilan issiq boʼladi. Bizning tavsiyalarimizga rioya qilganingizdan soʼng, yendi limonning barglari nega sargʼayganligi bilan qiziqmaysiz. Nima qilish kerak? – yendi oʼzingiz maslahat bera olasiz. Shubhasiz sizning oʼsimliklaringiz malakali parvarish bilan juda mamnun boʼladi va albatta sargʼaymaydi. Yopiq limon daraxtingizning sariq barglari bilan bogʼliq maslahatlar boʼlishi mumkin. Bunday vaziyatlarda nima qilish kerak? Аvvalo, yopiq oʼsimliklarning barglari uchlari sargʼish rangga yega boʼlishining sababini aniqlang. Limon barglarida sariq dogʼlar paydo boʼlishi mumkin boʼlgan yeng keng tarqalgan sabablardan biri. Gap shundaki, kislotali sitrus mevalari issiq mamlakatlardan keladi, shuning uchun u yorugʼlik rejimiga juda talabchan. Garchi bu daraxtning kuydiruvchi nurlari ostida qulay boʼlishini anglatmasa-da, uni yorqin, ammo tarqoq nur bilan taʼminlash yaxshiroqdir. Barglardagi sargʼayish, agar oʼsimlik sovuq mavsumda ayniqsa keng tarqalgan quyosh nuriga yega boʼlmasa, paydo boʼlishi mumkin. Buning sababi – tarixiy madaniyat vatanida mavsumiylik tushunchasining yoʼqligi. Аgar sizning limoningiz quyoshda aniq boʼlmasa, hech qanday maxsus choralarni koʼrishga hojat yoʼq: potani janubiy derazaga olib boring yoki oʼsimlikni qoʼshimcha yorugʼlik bilan taʼminlang. Uyda limon uchun qoidalarga va sugʼorish rejimiga rioya qilish juda muhimdir. Xususan, tuproqning botqoqlanishiga yoʼl qoʼymaslik juda muhimdir, shuning uchun tuproq yanada zichroq tuzilishga yega boʼladi, shuning uchun ildizlarga havo kirish qiyinlashadi va ular asta-sekin yoʼq boʼlib ketadi. Natijada, oʼsimlikka kiradigan ozuqa moddalari miqdori kamayadi, shuning uchun barglari avval qirralarda sargʼayadi va keyin butunlay tushib ketadi. Yetarlicha sugʼorish ham shunga oʼxshash taʼsirga olib keladi – quruq tuproqli komadan oʼsimlik, zaruriy namlikni hisobga olmaganda, hatto zaruriy ozuqani ham olishga qodir yemas. Kichik limoningizni qulay his qilish uchun uni muntazam, moʼl-koʼl sugʼorishga harakat qiling. Sariq boʼlmasligi va barglarni tashlamasligi uchun limon uchun maqbul harorat sharoitlari +20 darajagacha boʼlgan koʼrsatkichlardir. Daraxtni vaqtincha ochiq balkonga yoki lodjiyaga koʼchirishga ruxsat beriladi, lekin kechasi uni xonaga joylashtirish yaxshiroqdir. Limoningizni markaziy isitish batareyalari yoniga qoʼymaslikka harakat qiling, ayniqsa kuz-qish davrida. Isitma va haddan tashqari quruqlik nima uchun limon barglari sargʼayishini tushuntiradi. Ushbu muammo oldingi xatboshida tasvirlanganiga mos keladi. Havoning haddan tashqari quruqligi barglarning asta-sekin sargʼayishiga, ularning qurib ketishiga va keyinchalik parchalanishiga olib keladi. Yuqori namlikning namoyon boʼlishi biroz boshqacha, ammo daraxt uchun zararli emas – bu qoʼziqorin kasalliklarining rivojlanishiga turtki boʼlishi mumkin. Uy qurigan limon uchun maqbul namlik darajasi 80% hisoblanadi. Bunga yerishish uchun daraxtlarni muntazam ravishda suv bilan purkab turish lozimdir. Namlik darajasida buzilishlardan qochib, sitrus yekinlarini parvarish qilish uchun maqbul sharoitlarni bajarishga harakat qiling. Uy qurilishi limonining barglari nima uchun sargʼayadi va tushadi, degan savolga yana bir javob madaniyatning parheziga rioya qilmaslik bilan bogʼliq. Аgar sizning daraxtingizda nuqta sariq dogʼlar paydo boʼlsa, bu azot yetishmasligining aniq belgisidir va sargʼaygan yoki quritilgan barg barglari oʼsimlik oʼsimlikning fosforga juda muhtojligini koʼrsatadi. Uy qurilishi limonining normal rivojlanishi yoki oʼsishi uchun, yuqorida koʼrsatilgan fosfor va azotga qoʼshimcha ravishda magniy, temir, rux, kaliy, kaltsiy, oltingugurt kabi yelementlar muhim ahamiyatga yega. Shunday qilib, rux yoki magniy yetishmasligi barglarning sargʼayishiga olib kelishi mumkin, yetarli miqdordagi kaltsiy boʼlmasdan, ildiz tizimi rivojlanmaydi, shunga koʼra, oʼsimlik ozuqaviy moddalarni toʼliq qabul qila olmaydi va azotning yeng yaxshi singishi uchun javob beradigan kaliy ham limon uchun juda muhimdir. Ixtisoslashgan doʼkonlarda siz uy limoniga moʼljallangan murakkab oʼgʼitlarni osongina topishingiz mumkin, buning yordamida siz nafaqat sargʼayishni, barglarning tushishini oldini olasiz, balki kelajakdagi mevalarning sifati va hajmini sezilarli darajada yaxshilay olasiz. Uydagi limon daraxti boshqa uy sharoitlarini buzadigan zararkunandalar tomonidan hujum qilinadi, ammo koʼlamli hasharotlar, oʼrgimchak oqadilar va oqqushlar ayniqsa faol. Ularga qarshi kurashish uchun maxsus preparatlar qoʼllaniladi – аctellik (oʼrgimchak oqidan), fitoverm (koʼlamdan). Va nihoyat, keling limon daraxti barglari pigmentatsiyasining oʼzgarishi uchun yeng yoqimsiz sabab haqida gaplashamiz – bu kasallik. Koʼpincha limon namlik rejimining buzilishi tufayli qoʼziqorin infektsiyasiga duchor boʼladi – bu qoraqoʼtir, kech blight yoki siğil boʼlishi mumkin. Bunday bezovtalikni oldini olish uchun siz namlik darajasini diqqat bilan kuzatib borishingiz kerak, agar siz boshlangʼich kasallikning kichik belgilarini aniqlasangiz, shikastlangan barglarni shafqatsiz olib tashlasangiz va sugʼorishni keskin kamaytirsangiz, purkashni butunlay toʼxtating. Sevimli oʼsimlikingizni yaqinlashib kelayotgan oʼlimdan qutqarish uchun shoshilinch choralarni koʼrish kerak. Muammoning dastlabki belgilarini aniqlayotganda, siz daraxtning holatini sinchkovlik bilan tahlil qilib, ularni ushbu maqolada keltirilgan standartlarga muvofiqlashtirishingiz kerak. Аgar hamma narsa toʼgʼri bajarilgan boʼlsa, yopiq oʼsimliklarda patologik jarayon toʼxtatiladi va daraxt yangi kuchlar bilan rivojlana boshlaydi, bu sizni va sizning mehmonlaringizni sogʼlom koʼrinishi bilan quvontiradi. Limon shifobaxshligi bilan qadrlanadi . Limon mevasining yumshoq qismida 5-8 % atrofida organik kislotalar (limon , olma kislotasi) , fitonsidlar, vitaminlar c,b1,b2,p karotin , flavonoidlar , efir moylari , qand , pektin moddalar ,shuningdek unda natriy ,kaliy , kalsiy , fosfor , magniy , temir kabi elementlar mavjud . Meva po’stida 0,6 % ga yaqin efir moylari (limonen, sitral), urug’larida esa moy hamda achchiq modda — limonin bo’ladi. Limonning shox va barglarida 0,24 % gacha efir moylari bor . Xalq tabobatida limon lavsha, sariq , istisqo , siydik yo’lidagi tosh , bavosil , o’pka sili , bod kasalliklarini davolashda shuningdek podagra, ateroskleroz , qon bosimi , vitaminlar yetishmasligida tavsiya etiladi . Limon sharbati bezgak bilan og’rigan bemorning isitmasini tushirish , chanqog’ini qondirishda yordam beradi . Limondan teri kasalliklarini davolashda ham foydalaniladi . Limondan tayyorlangan lasyon (xushbo’y suv) bilan yuzdagi husnbuzarlar hamda dog’larni ketkazish mumkin . Limon , bor kislotalari hamda timol aralashtirib vanna qabul qilib turilsa , oyoq terlashiga chek qo’yish mumkin . Ilmiy medetsinada limon va uning sharbati oshqozon -ichak kasalliklarida , organizmda mineral tuzlarning almashinuvi buzilganida iste`mol qilinadi , shuningdek limon sharbati angina , faringit kasalliklarini tuzatishda yordam beradi . Limon mevalari , shuningdek undan olinadigan limon kislotasi organizmda kislota yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni davolashda yordam beradi . Limon o’simligining novdalari , barglari , meva qobig’idan efir moyi olinib , undan oziq-ovqat , parfyumera hamda farmatsevtika +sanoatida foydalaniladi . Farmatsevtikada limonning efir moyi ayrim dori-darmonlar ta`mini yaxshilashda ishlatiladi . Sovuq kunlar boshlanishi bilan ko‘pchilikni xalq orasida shamollash deya umumiy nom bilan ataluvchi turli viruslar sababli yuzaga keladigan gripp va o‘rvi bezovta qiladi. Shunda ayrim bemorlargina xalq tabobati usulida davolanishga harakat qilishadi. Ko‘proq xastalar dorixonalarga murojaat etib, sun’iy, kimyoviy dori vositalari bilan davolanishni afzal bilishadi. Quyida sizga sariq sabzi va limondan tayyorlangan shakarli “assorti” malhamini tavsiya etamiz. Yarim kilo limon va sariq sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Keyin unga yarim kilo shakar aralashtiriladi. So‘ngra ushbu barcha masalliq sirli yoki chinni idishga solib, bo‘yalmagan oddiy yog‘och qoshiq bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan malham shisha idishlarda va og‘zi mahkam holatda muzlatgichda saqlanadi. Bu “assorti” malhami tarkibida s darmondorisi mo‘lligi sababli qon tomirlar devorini mustahkamlaydi hamda immunitetni ko‘taradi. Ammo, gastrit (me’da yallig‘lanishi) hamda o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari mavjud, shuningdek, pankreatit (me’da osti bezi yallig‘lanishi)ning o‘tkir xuruji davri hamda allergiyaga moyilligi bor bemorlarga tavsiya etilmaydi. Sariq sabzi o‘rniga uning qizil ranglisini qo‘llasa ham bo‘ladi. Biroq, qizil sabzi nisbatan shirinroq. Malhamga shakar qo‘shilganligi sababli u o‘ta shirin bo‘lib ketadi. Shuningdek, sariq sabzi tez me’daga tegmaydi. Limon mevasining shifobaxsh xususiyatlari haqida barcha o‘qigan, eshitgan. Ammo ushbu maqolada limon po‘stlog‘ining siz bilmagan jihatlari haqida so‘z yuritiladi. Zaminimiz issiqxonalarida yetishtiriladigan bu ajoyib mevaning foydali jihatlari haqida bugun ma’lumot beramiz. Limon po‘stlog‘i yordamida ko‘pgina ishlarni bajarsa bo‘lar ekan va bu bilan siz kimyoviy moddalarni ishlatishingizga sira ham hojat qolmaydi. Tozalovchi choy Limon po‘stlog‘ida mavjud bo‘lgan pectin moddasi va c vitamini jigar, ichak faoliyati va buyraklarning to‘g‘ri ishlashi uchun o‘ta muhim. Limon po‘stlog‘i tarkibidagi faol bug‘lovchi moddalar organizmdan zararli moddalarni chiqarishda va organizmga salbiy ta’sir etuvchi moddalardan himoya sifatida yaxshi choradir. Choy tayyorlash uchun ikki dona limon po‘stlog‘i, 1 litr suv kerak bo‘ladi. Qanday tayyorlanadi? A) limon po‘stlog‘ini idishga solib, suv quying va uni past olovda qaynash holatiga kelgunicha gaz plitasiga qo‘ying. So‘ng damlamani 15 daqiqa dam oldiring. B) damlamani sovutib kuniga uch mahal iste’mol qiling. xushbo‘y o‘simlik yog‘i Salat, taomlaringiz xushbo‘y hid taratishi uchun, limon po‘stlog‘ini qirg‘ichdan o‘tkazib o‘simlik yog‘i qo‘shing. Qanday tayyorlanadi? Buning uchun sizga ikki dona limon po‘stlog‘i va bir shisha zaytun moyi kerak bo‘ladi. Limon po‘stlog‘ini qirg‘ichdan o‘tkazib, zaytun moyiga qo‘shing va hovur olishi uchun bir necha kunga qo‘yib qo‘ying. Keyin taom tayyorlagan paytingizda undan ta’bga ko‘ra foydalaning. Xushbo‘ylantiruvchi vosita Bu sitrus mevasining kuchli hidi xona havosini tozalashda samarali vositadir. Buning uchun bizga 2 dona limon po‘stlog‘i, yarim litr suv, quritilgan rozmarinning 3 dona shoxi va bir choy qoshiq vanilin ekstrakti kerak bo‘ladi. Qanday tayyorlanadi? Limon po‘stlog‘i va rozmaringa suv quyib, o‘n daqiqa mobaynida qaynatamiz. Vanil qo‘shib yana 5 daqiqa qaynatamiz. Tayyor bo‘lgan qaynatmani suyuqlik purkagichga quying va kerakli xonaga sepib chiqing. Efir yog‘i. Limon efir yog‘i – och sariq yoki yashil rangda bo‘lib, undan limon hidi kelib turadi. Efir yog‘ini olishda endigina pisha boshlagan limonning dum tarafining ichki qismini sovuq presslash orqali olinadi. Bunda 1 kg efir yog‘i olish uchun 60–70 kg xomashyo kerak bo‘ladi. Pishgan limonlarda ko‘kiga nisbatan efir yog‘i kamroq bo‘ladi. 2) limon sharbati. Limon sharbati juda foydali bo‘lib, tarkibi mineral tuzlar, olma va limon kislotasi, fitonsidlar s, v2 vitaminlari, shuningdek, a, r provitaminlariga boydir. Diyetologlar limon sharbatini inson tanasini ortiqcha zararli unsurlardan tozalash va ortiqcha vaznga ega bo‘lganlarga ozish uchun tavsiya etishadi. 3) limon sedrasi. Limon sedrasi – limonning eng ustidagi yupqa po‘stidir, uning rangi yashil-sariq bo‘ladi. Sedrani tayyorlash uchun limon mevalarini bir necha bor sovuq suvda yuvgach, ustidan qaynab turgan suv quyiladi va o‘tkir pichoq bilan po‘sti yupqa qilib artiladi (olma po‘sti archilgandek). Po‘sti ostidagi oq qobig‘iga tekkizilmay olingan sedra yaltiroq limon rangli bo‘lib chiqadi. Limon sedrasi davolashda qo‘llanilishi bilan birgalikda turli sharbatlar, salatlar, souslar, baliq taomlari va konditer mahsulotlari tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 4) limon yog‘i. Kuz-qish oylarida shamollash va o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklarining avj olishi hammaga ma’lum. Shunday paytda limon yog‘idan foydalanib davolash yaxshi samara beradi. Uni tayyorlash uchun limon mevalarini issiq suvda yaxshilab yuvgach, po‘sti bilan kesib go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan massaga 100 g yumshatilgan sariyog‘ va ikki osh qoshiqda toza asal qo‘shiladi. Barchasi yaxshilab aralashtirilgach, nonga surkab, buterbrod shaklida yoki yarim choy qoshiqda kuniga 4–5 mahal iste’mol qilish mumkin. Ammo shuni yodda tutish lozimki, tarkibida sariyog‘ bo‘lgan bunday dorivor mahsulotni ko‘p miqdorda tayyorlab bo‘lmaydi. Aks holda, uning sifati tez buziladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling