O‘zbekiston respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.77 Mb.
|
kurs ishi Mahliyo
Kichik issiqxona qanday boʼladi
Limon tanasini yekgan tuvagingizni kichik plastmas idish yoki “banka” bilan yopishingiz lozim boʼladi. Bu holatda limon tanasi xuddi issiqxonada joylashtirilgandek boʼladi. Idish ichida doimiy harorat ushlanib turadi hamda tananing yashovchanligini ikki barobarga koʼpaytiradi. Ishni nimadan boshlash lozim? Аlbatta limon daraxtidan tanani kesib olganingizdan keyin ushbu tanani ildiz chiqarishga yordam beradigan dori vositasi bilan suvli aralashma ichiga qoʼyiladi. Shundan soʼng tana ekiladigan idish yoki tuvak kerakli qumli aralashma bilan toʼldiriladi. Idish diametri 10 sm boʼlishi tavsiya etiladi. Tuvakka limon tanasini joylashtirganingizdan keyin tananing atrofini qum bilan presslashga harakat qiling. Shundan keyin tananing atrofiga suv quyib yuqorida aytilgan idishlardan biri bilan yopib quying. Tanada limon barglari boʼlib, ular ypilgan idishga tegadigan boʼlsa(xuddi rasmdagide) ham hech qanday zarari yoʼq. Koʼchatni ekkaningizdan soʼng uning qumi qurib qolmasligiga eʼtibor bering. Sitrus oʼsimliklari namlikni yoqtirishadi. Аgar siz limon tanasini qishda yekkan boʼlsangiz, hamda tana koʼkarayotganin koʼrsangiz ham ustiga qoplangan idishni birdaniga olib tashlashga harakat qilmang. Olib tashlash uchun koʼchatni sekinlik bilan muhitga oʼrgatish lozim boʼladi. Har kuni 15 daqiqadan qoplangan idishni olib qoʼyib, 15 daqiqadan qoʼshib boriladi(birinchi kun 15 daqiqa, 2 kun 30, 3 kun 45 va h.k). Limon o’simligini qanchalik yaxshi parvarishlamang ko’p o’tmay zararkunandalar paydo bo’ladi. Ularga qarshi kurashishning ko’p martalab sinalgan usullari mavjud, shuningdek fan ham chetda turgani yo’q. Zararkunandalarga qarshi kurashga kirishishdan avval uning turini aniqlash zarur. Chunki kurash samarasi zararkunanda turi, yetkazgan zarari va o’simlikning qaysi qismidaligiga bog’liq. Masalan, oqqanot limonning yetilgan barglarini hush ko’rsa, trips yosh shiralisini yemiradi, kana zararkunandasi tana va shoxlari po’stlog’iga, burglar orqasiga yopishib oladi, sertuk qurtlar ham o’simlikning haqiqiy kaushandasidir. Har qanday holatda ishni zararkunanda paydo bo’lgan o’simlikni boshqalaridan ajratishdan boshlash kerak. Zararkunanda tushgan o’simlikni vannaga olib kirib, kuchli suv oqimida har bir bargi yaxshilab yuvilsa, ular keskin kamayadi. Shundan so’ng zararkunandalarni butunlay yo’qotishga kirishiladi. Issiqxona yoki transheyadagi ko’chatlarga kuchli suv oqimi bilan yuviladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling