O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Birinchi instansiya sudining ajrimlari


Download 284.5 Kb.
bet115/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

24-bob. Birinchi instansiya sudining ajrimlari
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori.
271-modda. Sud ajrimini chiqarish
Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etishda sud o‘z joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol o‘qib eshittiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi birinchi, yettinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
272-modda. Ajrimning mazmuni
Sud ajrimida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi;
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlariga havolalar;
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan o‘z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 271-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 4, 5-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling