O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida


-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlash


Download 70.96 Kb.
bet12/39
Sana18.06.2023
Hajmi70.96 Kb.
#1578389
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida

42-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlash
Hisob palatasining raisi maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, Hisob palatasi raisining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga, Hisob palatasining mas’ul xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga lavozim maoshiga nisbatan alohida mehnat sharoitlari va uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda miqdorlarda koeffitsiyentlar qo‘llanilgan holda har oylik ustamalar to‘lanadi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qo‘shimcha to‘lovlar saqlanib qoladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda bo‘lgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi.
Hisob palatasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
Hisob palatasida ishlash davrida harbiy va maxsus unvonlarni berish avvalgi ish joyi bo‘yicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur bo‘lgan muddatlar o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi, majburiyatlarini namunali bajarganligi, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun Hisob palatasining mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.

Download 70.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling