O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet102/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Texnik hujjatlar uskunalar va uzoq muddat foydalaniladigan texnik iste’mol tovarlarini yetkazib berishda talab qilinadi va ularni o‘z vaqtida o‘rnatish hamda to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash uchun zarur. Bu hujjatlarga mahsulotlarning pasporti, formulyarlari va tasviri, montaj va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, turli sxemalar, chizmalar va boshqalarni kiritishadi. Zarur texnik hujjatlarning ro‘yxati odatda standart yoki texnik shartlarda ko‘rsatiladi. Texnik hujjatlar xaridorning mamlakati tilida yoki xaridorning ko‘rsatmasiga binoan boshqa tilda tayyorlanadi.
O‘rash-qadoqlash varog‘i har bir tovar o‘rnida joylashgan tovarlar barcha turlari va navlarining ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. O‘rash-qadoqlash varag‘i o‘rashda shunday joylashtiriladiki, toki xaridor uni oson topa olishi kerak va har bir nav va o‘rash-joylashtirish nomeri (joyi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Mashina-texnik mahsulotlar yig‘ilmagan holda va bir nechta tovar o‘rinlari bilan yetkazib berilishida eksportchi odatda butlash qaydnomasi deb nomlanadigan hujjatni rasmiylashtiradi. Bu hujjat detallar, tarmoqlar, bir nechta tovar o‘rnida o‘ralgan-joylangan butun mashinaning agregatlarini har birining joyini ko‘rsatgan holdagi ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Tayyorlovchi subyekt tomonidan butun tovar partiyasi yuklangunicha butlash qaydnomasi tuziladi. Bu qaydnoma bo‘yicha tovarni oluvchi yig‘ish va montaj ishlarini amalga oshiradi.
Yetkazib berilgan tovarlarning sifati haqida guvohlik beruvchi hujjatlar sirasiga sifat sertifikati, kafolat majburiyati, sinab ko‘rish bayonnomasi, yuklab jo‘natishga ruxsatnomani kiritish mumkin.
Sifat sertifikati – haqiqatda yetkazib berilgan tovarning sifati va uning shartnoma shartlariga mos kelishini tasdiqlaydigan guvohnomadir. Unda tovarning
tavsifi beriladi yoki tovar sifatining ma’lum standartlarga yoki buyurtmaning texnik shartlariga mos kelishi ko‘rsatiladi. Sifat sertifikati tegishli vakolatli organlar, davlat organlari, savdo palatalari tomonidan beriladi, lekin ayrim hollarda, tayyorlovchi firma tomonidan ham berilishi mumkin.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling