O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shartnomani ijro etish tartibi


Download 0.57 Mb.
bet18/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112

Shartnomani ijro etish tartibi


Shartnomani bajarish usuli. Har bir tomonning shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarish tartibi ma’lum meyoriy qoidalarga bo‘ysunadi.
Tajribadan ko‘rinib turibdiki, shartnomani bajarish bitta amalni, masalan do‘konda tovarlarni savdo-sotig‘i kabi amalni bajarish bilan tugamaydi. Aksariyat hollarda, shartnomani bajarish bu bir jarayon, yani ketma-ket bajariladigan amallarning ma’lum tizimidir. Ko‘rilayotgan jarayonda ikki asosiy ishni ajratib olish mumkin.
Shartnoma bajarishning moddiy pog‘onasi. Mazkur pog‘onada ikki o‘zaro bog‘liq amal bajariladi: bir tomon bajargan ishni topshiradi va boshqa tomon bajarilgan ishni qabul qilib oladi.
Majburiyatlarni bajarish tartibi amaldagi qonun hujjatlaridagi talablarga muvofiq bajariladi.
Shartnomani bajarish muddati. Agar shartnomada uning bajarilish kuni belgilangan bo‘lsa, uni aynan shu kunda bajarish darkor. Agar shartnomada majburiyatning bajarilish muddati belgilangan bo‘lsa, uni aynan shu muddat ichidagi ixtiyoriy vaqtda bajarish mumkin. Umumiy qoidaga ko‘ra, ishtirokchi majburiyatni muddatidan oldin bajara olmaydi. Biroq, agar bu hol tomonlar uchun bu shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, muqobil tomonning roziligi mavjud bo‘lsa yoki bu majburiyat mohiyatidan, ishlbilarmonlik yuzasidan kelib chiqsha, tomonlar majburiyatlarni muddatidan ilgari bajarishi mumkin. Aks holda, muqobil tomon bajarilgan ishni qabul qilmasligi yoki qabul qilib, qarshi tomondan, majburiyat o‘z vaqtida bajarmaganligi bois yetkazilgan ziyon uchun mablag‘ undirib olishi mumkin.
Shartnomani bajarish joyi. Agar shartnomani bajarish joyi shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, umumiy qoidaga ko‘ra, majburiyat uni qabul qilib olayotgan ishtirokchi joylashgan hududda bajarishi kerak.
Ammo bu qoidadan bazi istisnolar mavjud:

  • ko‘chmas mulkni obekti o‘zining turgan joyida topshirish majburiyati;

  • biror bir joyga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan yukni, uning birinchi yuk qabul qiluvchi turgan joyda topshirish majburiyati;

  • tadbirkorning tovar ishlab chiqarayotgan yoki saqlagan joyi xaridorga ma’lum bo‘lsa, uni o‘sha yerda topshirish majburiyati.

Shartnoma bahosi. Maqsadli shartnoma ishtirokchilar tomonidan kelishilgan narxda baholanadi. Shartnoma tuzilganidan keyin narxni o‘zgartirish faqat shartnomada nazarda tutilgan holda mumkin.
Shartnomani bajarish usuli. Bajarish usuli – bu bajarish jarayonidagi tomonlarning shartnomada belgilangan tartibdagi harakatlaridir. Umumiy qoidaga ko‘ra, agar tomonlar kelishuviga binoan majburiyatni qismlab bajarish nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiyat butunligicha bir marta bajarilishi shart. Tomonlarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bir vaqtda bajariladi. Yana, agar kelishuvda aks holat kelib chiqmasa. Shuning uchun, shartnoma tuzishda tomonlar majburiyatlar qanday bajarilishini aniq va jiddiy belgilab berishlari zarur.
Shartnoma bajarilishing texnik-huquqiy pog‘onasi. Mazkur pog‘onaning mohiyati - bajarilgan ishning miqdori va sifatini teksirish hamda buni rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlashdir.
Bajarilgan ishni qabul qilib olgan shaxs qarama - qarshi tomonga tegishli hujjatni taqdim etishi shart. Faqat majburiyatning bajarilishigina, majburiyat olgan tomon uchun uning tugashini anglatadi. Bundan tashqari, majburiyat olgan tomon majburiyat bajarganligi haqida rasmiy hujjat olmasa, u o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni to‘laligicha bajargan bo‘lsa ham yuridik jihatdan qarzdor hisoblanadi. Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak,
aks holda, majburiyatlar bajarilmagan hisoblanadi.
Majburiyatlarning bajarganliligi haqida rasmiy tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar:

  1. tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) topshirish - qabul qilib olish akti;

  2. tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xaq to‘langanligi haqida, bank tomonidan tasdiqlangan, to‘lov qog‘ozi;

v) transport tashkilotidan yuk qabul qiluvchi manziliga yo‘naltirilgan, tovar tushirib bo‘linganligi haqida kvitantsiya;

  1. sotuvchi omboriga yuk tushirilishi haqida kvitantsiya;

  2. qabul qilib oluvchining tilxati;

  3. boshqa hujjatlar va guvohliklar.

Shuning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi tuzayotgan bitimi uchun qaysidir qonunchilikni to‘g‘ri tanlab, uni o‘rganib, mo‘ljallab olishi kerak.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling