Oʻzbekiston tibbiyotida islohotlar va innovatsiyalar


Download 1.29 Mb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1486920
1   2   3   4   5
Bog'liq
oʻzbek tarixi

Qolaversa, shunday murakkab davrda oʻz hayotini garovga qoʻyib, yurtimizda koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish ishiga oʻzining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qoʻshgan 300 dan ziyod tibbiyot xodimlari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlangani soha xodimlari faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.

Eng muhimi, bugun yurtimiz tibbiyotidagi ijobiy oʻzgarish va yangilanishlarni mamlakatimizning har bir fuqarosi oʻz hayotida, turmush tarzida chuqur his etmoqda.

  • Birlamchi tibbiyot boʻgʻini kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylanmoqda

Maʼlumki, tibbiyotning birlamchi boʻgʻini aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos oʻringa ega. Biroq tan olish kerak, mamlakatimizda yaqin-yaqingacha tibbiyotning mazkur boʻgʻinida bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatining pastligi sohadagi eng ogʻriqli muammolardan biri boʻlib kelgan. Xususan, oʻtgan yillar davomida yurtimizdagi oʻlim holatlarining 60 foizi ana shu boʻgʻindagi kamchiliklar, masalan, yurak-qon tomir kasalliklariga oʻz vaqtida toʻgʻri tashxis qoʻya olmaslik holatlari tufayli sodir boʻlgani, onkologiya yoʻnalishidagi bemorlarning yarmida xastalik ikkinchi va uchinchi bosqichga oʻtib boʻlganidan keyin aniqlangani mazkur tizimning oʻz vazifasini toʻla-toʻkis amalga oshira olmaganidan dalolat beradi.

  • Maʼlumki, tibbiyotning birlamchi boʻgʻini aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos oʻringa ega. Biroq tan olish kerak, mamlakatimizda yaqin-yaqingacha tibbiyotning mazkur boʻgʻinida bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatining pastligi sohadagi eng ogʻriqli muammolardan biri boʻlib kelgan. Xususan, oʻtgan yillar davomida yurtimizdagi oʻlim holatlarining 60 foizi ana shu boʻgʻindagi kamchiliklar, masalan, yurak-qon tomir kasalliklariga oʻz vaqtida toʻgʻri tashxis qoʻya olmaslik holatlari tufayli sodir boʻlgani, onkologiya yoʻnalishidagi bemorlarning yarmida xastalik ikkinchi va uchinchi bosqichga oʻtib boʻlganidan keyin aniqlangani mazkur tizimning oʻz vazifasini toʻla-toʻkis amalga oshira olmaganidan dalolat beradi.
  • Avvalo shuni aytish kerak, bir paytlar qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borgan umumiy amaliyot shifokorlari zimmasiga shu qadar koʻp vazifalar yuklab tashlangan ediki, bu oʻz-oʻzidan tizimda tibbiy xizmat sifatiga salbiy taʼsir etgan. Shifokorlarga yaratilgan sharoit bilan ish hajmi mutanosib emasligi, xususan, 146 turdagi kasallikka diagnoz qoʻyish va davolash, 213 turdagisiga birlamchi diagnoz qoʻyish va yoʻllanma berish, shuningdek, reabilitatsiya, dispanserizatsiya va profilaktika boʻyicha juda koʻp vazifalar yuklatilgani tizimdagi aksariyat muammolarga sabab boʻlgan.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling