O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining nizom I i bob. Umumiy qoidalar


V BOB. TASHKILOTNING TASHKILIY TUZILISHI


Download 22.78 Kb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1789100
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Kamalak” bolalar tashkilotining Nizomi

V BOB. TASHKILOTNING TASHKILIY TUZILISHI
VA UNI BOSHQARISH
5.1. Tashkilotning eng quyi bo‘g‘ini – ta’lim muassasalaridagi “Kamalak” bolalar tashkilotining Sardorlar Kengashi bo‘lib, u bolalarni o‘z atrofida birlashtiradi.
Sardorlar Kengashi ta’lim muassasalari (umumiy o‘rta ta’lim maktablari, gimnaziyalar, mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlari va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalari)dagi Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti qoshida faoliyat yuritadi.
Har o‘quv yilining boshida har bir sinfda 1 nafardan iborat sinf sardori saylanadi.
4-7-sinflarda “Kamalak” sardori hamda 8-11-sinflarda Ittifoq sardori faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 14 nafar sardorlar Kengashi a’zolari saylanadi.
Sardorlar Kengashining asosiy vakolat va vazifalari quyidagilardan iborat:
- tashkilotga oid masalalarni yig‘ilishlarda muhokama etish;
- Kengash ishini faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etish;
- Kengash a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
- ish rejalarni belgilash, mas’ullarning hisobotlarini eshitish;
- a’zolarning manfaatlarini himoya qilish.
Sardorlar Kengashi tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar hamda Respublika darajasida ham tashkil etiladi.
Tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar hamda Respublika darajasidagi Sardorlar Kengashining asosiy vakolat hamda vazifalari quyidagilardan iborat:

  • qabul qilingan qarorlar va rejalarning bajarilishini ta’minlashda Rayosatga ko‘maklashish;

  • sardorlarga uslubiy yordam ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda Rayosatga ko‘maklashish;

  • turli maqsadli dastur va loyihalarni amalga oshirish, ta’lim muassasalaridagi Sardorlar Kengashining faoliyatini yo‘nalishlar asosida tashkil etishga ko‘maklashish.

5.2. Tashkilotning mahalliy bo‘limlari tuman (shahar) “Kamalak” bolalar tashkilotidir. Barcha ta’lim muassasalaridagi Sardorlar Kengashi Ittifoqning tuman (shahar) Kengashiga birlashadi va bo‘ysunadi.
5.3. Tashkilotning hududiy bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkilotidir. Barcha tuman (shahar) “Kamalak” bolalar tashkilotlari ma’muriy-hududiy bo‘linishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkilotiga birlashadi va bo‘ysunadi.
5.4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkilotlari Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotiga birlashadi va bo‘ysunadi.
5.5. Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi tashkilotga umumiy rahbarlik qiladi. Raisning asosiy vakolat va vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • tashkilotning umumiy faoliyati, uning ijroiya organiga rahbarlik qilish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;

  • turli idora, muassasa va tashkilot vakillari bilan tashkilot nomidan ish yuritish;

  • tashkilotning ijroiya organi yig‘ilishlari bayon va qarorlarini imzolash;

  • tashkilot nomidan ishonch qog‘ozisiz turli sub’ektlar (xalqaro, xorijiy va respublikaga oid yuridik hamda jismoniy shaxslar) bilan shartnomalar, shu jumladan, xo‘jalik shartnomalarini imzolash;

  • belgilangan tartibda tashkilot mablag‘larini tasarruf etish, tashkilotning umumiy faoliyatini, shu jumladan moliya-xo‘jalik ishlarini tashkil etish.

5.6. Tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi muassisning qarori bilan saylanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda maqomiga ko‘ra yoshlar ittifoqi Kengash raisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan lavozimga saylanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari hisoblanadi.
5.7. Tashkilotning ijroiya organi Rayosatdir. Rayosatning:
- Respublikada - o‘ttiz besh nafargacha;
- Hududlarda - yigirma besh nafargacha;
- Tuman (shahar)larda - o‘n besh nafargacha a’zolari bo‘ladi, uning yig‘ilishlari har olti oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Rayosatga tashkilot raisi rahbarlik qiladi. Rayosatning asosiy vakolat va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tashkilot faoliyatiga doir masalalarni muhokama etish, qarorlar qabul qilish;

  • ish rejalarni tasdiqlash va mas’ullarning yarim yillik, yillik faoliyati bo‘yicha hisobotlarini eshitish;

  • Rayosat tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;

  • tashkilot tizimlarida uslubiy yordam ko‘rsatish, xodim va faollarning malakasini oshirish ishlarini olib borish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;

  • ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish, faollarni rag‘batlantirish;

  • turli maqsadli dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, ta’lim muassasalaridagi Sardorlar Kengashining faoliyatini yo‘nalishlar asosida tashkil etishga ko‘maklashish.

5.9. Yoshlar ittifoqi Markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlari:
- tashkilot hisobotini tinglash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
- tashkilotning faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.


Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling